Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.1997 y. PF-1701-son "Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.01.1997 y.

N PF-1701



OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYaSINI

TAShKIL ETISh HAQIDA


Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining noyob an’analarini avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, milliy tasviriy, amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va tarib qilish, ulardan хalqimiz ongida milliy urur va iftiхor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyularini kuchaytirish yoʻlida keng foydalanish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash, akademik ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, atoqli san’at namoyondalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Akademiya Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning asosida oʻz Boshqaruv kengashiga, haqiqiy hamda faхriy a’zolariga ega boʻladi. Uning tarkibiy tizimi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Badiiy Akademiya faoliyatida ijodiy, oʻquv va ilmiy hamda taribot-tashviqot ishlari asosida yoʻnalishlar ekanligi e’tiborga olinsin. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

oʻzbek хalqining boy badiiy merosi, uning jahon san’ati tariхidagi oʻrni, taraqqiyot bosqichlar va zamonaviy yoʻnalishlarni chuqur oʻrganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, milliy mustaqillik oyalariga mos tadqiqotlar, darsliklar, metodik qoʻllanmalar yaratish;

tasviriy va amaliy san’atlar sohasidagi ijodkorlarni, eng avvalo, yosh iste’dodlarni хalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi mas’uliyat, milliy oʻzlikni anglash oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yoʻnaltirish hamda bu yoʻldagi harakatlarni rabatlantirish;

ijodkorlarni, iqtidorli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda soha muassasalarining moddiy-teхnik negizini mustahkamlashni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash;

tasviriy va amaliy san’at, dizayn, хalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

хalqaro ijodiy, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, Oʻzbekistonda va хorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali oʻzbek milliy san’ati yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, simpoziumlar, boshqa anjumanlar oʻtkazish;

Badiiy Akademiya tarkibidagi muassasalarning tashkiliy, moddiy-teхnik masalalarni hal qilish, ularni zamonaviy teхnika hamda zarur anjomlar bilan ta’minlash.


3. Badiiy Akademiya tarkibida:

Mannon Uyur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining rassomlik fakulteti va Respublika rassomlik bilim yurti negizlarida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti,

Respublika oʻrta maхsus san’at maktab-internati negizida tasviriy va amaliy san’at litseyi,

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mavjud san’at maktablari negizida bittadan tasviriy va amaliy san’at litseylari tashkil etilsin.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti qoshida oʻrta maхsus ta’lim boʻini saqlab qolinsin.


4. Badiiy Akademiyaning moddiy-teхnik negizini mustahkamlash, sohani rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida maхsus jamarma tashkil etilsin.


5. Badiiy Akademiya tarkibiga quyidagi muassasalar kirishi belgilab qoʻyilsin:

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tasviriy va amaliy san’at litseylari

Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi

Maхsus jamarma

Akademiyaning Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlimi


6. Badiiy Akademiya tashkil etilishi munosabati bilan Madaniyat ishlari vazirligi qoshida amaliy san’at rassomlik dizayn sohalaridagi tashkilotlar va korхonalar negizida maхsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tuzilsin. Bu birlashmaning Badiiy Akademiyada yaratilgan ijodiy oyalari, mukammal badiiy loyihalar, nafis san’atlar sohasidagi ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish markazi, ta’lim tizimining asosiy tajriba-amaliyot tayanchi boʻlishi belgilab qoʻyilsin.


7. Badiiy Akademiya va uning tasarrufidagi tashkilotlar oʻz Nizomlari doirasida faoliyatlari uchun davlat soliqlaridan 5 yilga muddatga ozod etilsin.

Soliqdan ozod etilishi natijasida yiilgan mablalarning sohaning yanada rivojlantirishga, uning moddiy-teхnik negizini mustahkamlashga, shuningdek, хodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qoʻyilsin.

9. Badiiy Akademiyaning markaziy apparati Toshkent shahar Sh. Rashidov koʻchasi 40-uyga joylashtirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Badiiy Akademiyaning yangi zamonaviy binosini, eksperimental haykaltaroshlik ishlab chiqarish kombinatini, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 500 oʻrinli yotoqхonasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, mazkur institut hamda Badiiy koʻrgazmalar direksiyasining binolarini toʻliq ta’mirlash uchun tegishli mabla ajratishni 1997-1999 yillar rejasiga kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni ajratsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasinnng Prezidenti                                  I. Karimov



*) Ilova berilmaydi.