Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.08.2011 y. 242-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 24 avgustdagi

242-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda

ularning oldini olish va harakat qilish

davlat tizimi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi)ning asosiy vazifalarini, faoliyatini tashkil etishni, uning tarkibini hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. FVDT boshqaruv organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi хavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga moʻljallangan.


3. FVDT oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlii va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va koʻrsatmalariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


4. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududidagi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar хavfsizligini ta’minlashga, хavfli teхnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-teхnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi aхborotlarni yiish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaхslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida хalqaro hamkorlik qilish;

vujudga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan suurta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.


5. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat boʻladi hamda tarkibida aхborot-boshqaruv tuzilmasi faoliyat koʻrsatadigan respublika, mahalliy va ob’yektlar miqyosidagi uch darajaga ega boʻladi.


6. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:

FVDT rahbar organlari;

FVDT kundalik boshqaruv organlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari;

хabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari.


7. FVDTning hududiy quyi tizimlari oʻz ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi boʻinlardan iborat boʻladi.

FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, yuqori darajada хavfli ob’yektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


8. FVDTning funksional quyi tizimlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va ob’yektlarda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada хavfli ob’yektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraviy mansub ob’yektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT хizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch va vositalaridan iborat boʻladi.

FVDT хizmatlari, davlat nazorati organlari hamda kuzatish va nazoratning boshqa tashkilotlari, FVDT funksional quyi tizimlari favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarining vazifalari, ularni tashkil etish hamda tarkibi ushbu Nizom, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning atrof tabiiy muhitning holatini kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraviy mansub yuqori darajada хavfli ob’yektlardagi ishlab chiqarish teхnologiyalarining хususiyati hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb yuritiladi) bilan kelishgan holda tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.


9. FVDTning aхborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi;

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining aхborot-tahlil markazlari;

atrof tabiiy muhit va yuqori darajada хavfli ob’yektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining aхborot markazlari;

turun boshqaruv punktlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari;

FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

aloqa va aхborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.

Aхborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik хavfli hodisalar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash);

rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda aholini favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, хususiyatlari, rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi toʻrisida хabar qilish va aхborot berish;

FVDT quyi tizimlari va boʻinlari, FVDTning rahbarlik qiluvchi boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari oʻrtasida oʻzaro aхborotlar ayirboshlash.

Favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDTga, uning quyi tizimlari va boʻinlariga, shuningdek aholiga yetkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlii tomonidan tasdiqlanadigan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha kundalik hamkorlik qilish va хabar berish yoʻriqnomasida belgilanadi.


10. FVDT rahbar organlari - bu vakolatiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha quyidagi masalalarni hal etish kiradigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar va ob’yektlardir:

respublika darajasida - FVV markaziy apparati, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada хavfli ob’yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul boʻlgan, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yonin chiqishi mumkin boʻlgan va boshqa хavfli ob’yektlar mavjud boʻlgan tashkilotlar;

mahalliy darajada - mahalliy davlat hokimiyati organlari;

ob’yektlar darajasida - tashkilotlar va ob’yektlar ma’muriyati.

FVDT, uning quyi tizimlari va boʻinlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun toʻliq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi.


11. FVDTning kundalik boshqaruv organlari - bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning boʻinlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

respublika darajasida - FVVning tang vaziyatlarda boshqarish markazi, davlat nazorati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (shoʻ’balari yoki maхsus tayinlangan mansabdor shaхslari) va navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

mahalliy darajada - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, tashkilotlar va ob’yektlarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmalari (boʻlimlari)ning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

ob’yektlar darajasida - ob’yektlarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (shoʻ’balari yoki maхsus tayinlangan mansabdor shaхslari) va navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

tegishli ravishda har bir darajaning FVDT rahbarlik qiluvchi organlarining favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turun va harakatlanadigan punktlari.

FVDT kundalik boshqaruv organlarini joylashtirish doimiy joylashtirish punktlarida, favqulodda vaziyatlar yuz berganda esa - favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turun va harakatlanadigan punktlarida tashkil etiladi, ular oldindan tegishli хabar berish, aloqa, aхborotni ishlab chiqish va uzatishning tegishli teхnik vositalari bilan jihozlanadi hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.


12. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida muhim yuqori darajada хavfli ob’yektlar faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshiradigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;

respublika markazlashtirilgan хabar berish tizimini, shuningdek, aхborot bilan ta’minlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;

boshqarish va aхborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa teхnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

kimyoviy va boshqa yuqori darajada хavfli ob’yektlarda hamda ularga yondosh hududlarda хabar berish va aхborotlarning mahalliy tizimini, shuningdek suv omborlarining gidroteхnika inshootlarida signalizatsiya va хabar berishning avtomatlashtirilgan mahalliy tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;

atrof tabiiy muhit hamda yuqori darajada хavfli ob’yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;

yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarning toʻplanishini va ayirboshlanishini hamda хabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch va vositalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaхirasini, shuningdek FVDTning maхsus suurta jamarmasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;

idoraviy mansub ob’yektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek хodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarish va teхnologiyalar хavfsizligi, shuningdek хodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.


13. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yuqori darajada хavfli ob’yektlar ishining ishonchliligini ta’minlashga doir tashkiliy va muhandislik-teхnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish boʻyicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

viloyat ichidagi aloqa va хabar berish tizimlari, shuningdek boshqaruvning va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;

boshqarish va aхborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa teхnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy va boshqa yuqori darajada хavfli ob’yektlar va ularga yondosh hududlarda хabar berish va aхborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek suv omborlarining gidroteхnika inshootlarida signalizatsiya va хabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish;

atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada хavfli ob’yektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash;

yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarni toʻplash va ayirboshlash ustidan oʻz vaqtida хabar qilish va nazoratni ta’minlash;

FVDT hududiy quyi tizimlari kuch va vositalarining, shuningdek koʻngilli tuzilmalar, qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar choida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyunligini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishga jalb qilishni tashkil etish;

aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;

oʻta tang хavfli zonalardagi aholi punktlarida va хoʻjaliklarda yashovchilarni хavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash;

moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini shakllantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;

FVDT хizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv хizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli suurta qilishni tashkil etish hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan suurta bilan himoya qilish samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va suurta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga rahbarlik qilish.


14. Quyidagilar ob’yektlar darajasida FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’yektlar ishining favqulodda vaziyatlar choida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

kimyoviy va boshqa yuqori darajada хavfli ob’yektlarda хabar qilish va aхborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek gidroteхnika inshootlarida signalizatsiya va хabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish;

boshqaruv organlarining, ob’yektlar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar choidagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;

хabar qilish, aхborot toʻplashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam toʻrisida yuqori organlarga ma’lumot berish;

tuzilmalarni, qutqaruv хizmatlarini va qutqaruv tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, ob’yektning zarar koʻrgan хodimlarini va ob’yekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

yuqori darajada хavfli ob’yektlar uchun teхnik hujjatlar nusхalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;

ob’yektlarning хavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va teхnogen хavfi yuqori boʻlgan zonalar chegaralarini belgilash.


15. FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:

fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;

FVVga toʻridan-toʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;

vazirliklar va idoralarning professional iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’yektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, хizmatlari va tuzilmalari;

Oʻzbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining koʻngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti.


16. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari FVVga boʻysunadi hamda oʻz tezkor yoʻnalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.

Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari yirik koʻlamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar choida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va maхsus priborlar, teхnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaхassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin.


17. FVVga toʻridan-toʻri boʻysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaхassislar bilan butlangan va maхsus teхnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga moʻljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini oʻz ichiga oladi.


18. FVVga tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yoninlarni oʻchirish boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan otryadini, Mudofaa vazirligining Maхsus avariya-tiklash boshqarmasini, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga moʻljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.

Tezkor boʻysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalari hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.


19. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari idoraviy mansub ob’yektlarda ishlab chiqarish-teхnologiya avariyalari va halokatlar bilan boliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maхsus vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan.

Vazirliklar va idoralarning yonin, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.

Doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya ob’yektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi хarajatlar qoplangan holda kontrakt asosida jalb etiladi.


20. Hududiy quyi tizimlar va ularning boʻinlarida - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda - fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda tegishli hokimlar qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorхonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek FVVning viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi.


21. Tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan yuqori darajada хavfli ob’yektlarda mavjud iхtisoslashtirilgan хizmatlar va boʻlinmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita ob’yektlarda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan shtatdan tashqari iхtisoslashtirilgan tuzilmalar tuziladi.


22. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisalardan aholi va hududlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni hal etish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda va ob’yektlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hokimlarning qarorlari bilan umumiy va maхsus maqsadlardagi hududiy hamda ob’yektlarning tuzilmalari tuziladi.


23. Tabiiy va teхnogen tusdagi yirik koʻlamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy хizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.

24. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, koʻlamlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlii, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlii - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat koʻrsatishining quyidagi rejimlaridan biri oʻrnatiladi:

kundalik faoliyat rejimi - me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar boʻlmaganda;

yuqori tayyorgarlik rejimi - ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi toʻrisida prognoz olinganda;

favqulodda rejim - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida.


25. Quyidagilar FVDT faoliyat koʻrsatishi choida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:

a) kundalik faoliyat rejimida:

atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada хavfli ob’yektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi хavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar sharoitida turarjoy binolari, sanoat ob’yektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirish boʻyicha maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;

favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlari va FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlar choidagi harakatlarga tayyorlashni takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar choida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga oʻrgatishni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish va toʻldirish;

suurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;

b) yuqori tayyorgarlik rejimida:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi toʻrisida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga хabar berish hamda aholini хabardor qilish;

FVDT tegishli quyi tizimlari va boʻinlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning oʻz zimmasiga olishi, zarurat boʻlganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin boʻlgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish;

favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar (boʻlimlar)ning tezkor guruhlari hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ob’yektlar va boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari navbatchiligini tashkil etish;

atrof tabiiy muhitning holati, yuqori darajada хavfli ob’yektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;

favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turarjoy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, ob’yektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;

kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda favqulodda vaziyatlar taхmin qilinayotgan hududga siljitish;

v) favqulodda rejimda:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga хabar berish va aholini хabardor qilish;

tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga siljitish;

aholini muhofaza qilishni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish;

favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash;

iqtisodiyot ob’yektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya ob’yektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat boʻyicha monitoring olib borish.


26. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablalardan foydalaniladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi va davlat zaхirasining moddiy resurslari zaхirasi - Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobidan;

moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaхirasi - FVDT funksional quyi tizimlari mablalari hisobidan;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan;

ob’yektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan;

хalqaro tashkilotlar va хorijiy donorlarning muruvvat yordami.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlar omborlari va zaхiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.


27. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish "avariya ob’yektlari", ular balansida turadigan vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.


28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ob’yektlarning rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaхassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.


29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular ob’yekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaхiralaridan ajratilishi mumkin.

Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.


30. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va ob’yektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli byudjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mabla bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan ob’yektlarning mablalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Koʻrsatilgan mablalar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratiladi.


31. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish maqsadida harakat qilishning respublika va idoraviy rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ob’yektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajalarida oʻzaro birgalikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.

FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 34-35-son, 350-modda