Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 03.10.2011 y. 226-mh-son "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.10.2011 y. 1689-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.10.2011 y.

N 1689-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

03.10.2011 y.

N 226-mh


BUYRUI



"Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat

hokimiyati   organlarida   qonun   hujjatlarining

turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini

tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar

kiritish haqida


(2011 yil 13 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007 yil 14 iyundagi 112-mh-son "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 1689, 2007 yil 14 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 24-son, 256-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                              N. Yoʻldoshev






Buyruqqa

ILOVA



"Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat

hokimiyati   organlarida   qonun   hujjatlarining

turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini

tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqqa kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida BUYuRAMAN:".


2. Qoidalar muqaddimasining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 454-son "Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻrisida"gi, 2000 yil 5 avgustdagi 304-son "Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy aхborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi oʻrinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 436-modda