Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 19.10.2011 y. 242-mh-son "Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.10.2011 y. 2018-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.10.2011 y.

N 2018-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

19.10.2011 y.

N 242-mh


BUYRUI



"Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining

shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni

tasdiqlash toʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirish

kiritish haqida


(2011 yil 29 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 14 oktyabrdagi 229-mh-son "Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2018, 2009 yil 14 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 42-son, 455-modda) muqaddimasidagi "Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 138-modda)" degan soʻzlar "Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻrisidagi nizomga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.


5. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                               N. Yoʻldoshev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 42-son, 458-modda