Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2002 y. 189-son "Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2002 y.

N 189



IMPORT BOJ POShLINALARINI

UNIFIKATsIYa QILIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 29 maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. aniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni ta’minlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 31 maydagi

189-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ba’zi qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1998 yil 31 martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi хat boshi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 2 fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002 yil 1 iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami",

2002 y., N 5, 28-modda.