Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.11.2011 y. 303-son "Yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.11.2011 y.

N 303




YOʻL-TRANSPORT HODISALARINI

HISOBGA       OLISh        TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA



"Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika hududida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni tahlil qilish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;

2011 yil 31 dekabrgacha ichki ishlar organlarida yoʻl-transport hodisalarini hisobga olish varaqasini toʻldirish va ma’lumotlarni elektron aхborot tizimlari orqali uzatish tartibi haqidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ijrosini nazoratga olsin;

mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan tahliliy aхborotni Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni boʻyicha taqdim etib borsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 45-46-son, 476-modda