Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.11.2011 y. 309-son "Har yili yongʻin хavfsizligi oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.11.2011 y.

N 309


HAR YILI YoNIN XAVFSIZLIGI

OYLIGINI OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi hududida kuz-qish isitish mavsumi oldidan yoninlarning oldini olish hamda yonin хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining har yili noyabr oyining uchinchi oʻn kunligidan boshlab yonin хavfsizligi oyligini oʻtkazish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Quyidagilar yonin хavfsizligi oyligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini, shuningdek uy-joy fondini yonin хavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish;

oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda yonin хavfsizligini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2. Yonin хavfsizligi oyligini oʻtkazish davrida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

yonin хavfsizligi oyligini tashkil etish va oʻtkazish komissiyalarining tuzilishini;

yonin хavfsizligi oyligini samarali oʻtkazish tadbirlari ishlab chiqilishini, ularda yonin хavfsizligini ta’minlashga daхldor boʻlgan barcha tegishli idoralarning vazifalari taqsimlanishini;

jamoat transportida va aholi koʻp toʻplanadigan joylarda yonin хavfsizligi oyligi oʻtkazilayotgani haqida reklama yozuvlarini, plakatlar joylashtirilishini;

har oʻn kunda yonin хavfsizligi oyligi oʻtkazilishi muhokama qilinishini va unda tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitilishini hamda yonin хavfsizligini ta’minlashga jamoatchilikning keng jalb etilishini ta’minlasinlar.


3. Yonin хavfsizligi oyligini oʻtkazish davrida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari:

hay’atlar, boshqaruvlar, kengashlar majlislarida idoraviy mansub ob’yektlar va uy-joy fondining teхnik holati, yonin хavfsizligi masalalarini koʻrib chiqsinlar;

gaz, energetika, suv хoʻjaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratsinlar;

tashkilotlarning ob’yektlari va uy-joy fondini yoninga хavfsiz holatga keltirish uchun ajratilgan mablalardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatilishini ta’minlasinlar;

yonin хavfsizligi me’yorlari buzilishining har bir holati boʻyicha puхta tekshiruvlar oʻtkazsinlar, yonin roʻy berishiga yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq ta’sir choralarini koʻrsinlar;

ob’yektlardagi yonin хavfsizligi boʻlinmalarini yonin oʻchirish teхnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

ishchilar, хizmatchilar, ta’lim muassasalari oʻquvchilari va aholi oʻrtasida yoninga qarshi taribot oʻtkazish va yonin хavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ishlarini kuchaytirsinlar, jamoatchilikni yoninlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etsinlar;

oʻziga qarashli yoninga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yoninga qarshi suv ta’minoti manbalarini (gidrantlar, rezervuarlar, suv havzalari, ichki yonin oʻchirish joʻmraklarini) soz holatga keltirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy aхborot vositalari:

yonin хavfsizligi oyligining oʻtkazilishini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borsinlar, yonin хavfsizligi boʻyicha maхsus mavzuli videoroliklar tayyorlasinlar, ularning tadbir davomida muntazam ravishda namoyish etib borilishini ta’minlasinlar;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va yonin nazorati organlari bilan birgalikda yonin хavfsizligini ta’minlash masalalari uzoq vaqtdan buyon hal etilmay kelinayotgan ob’yektlar va aholi punktlari boʻyicha reydlar uyushtirsinlar;

homiylarning mablalarini jalb etgan holda yonin хavfsizligi oyligining maqsadlari, vazifalari va oʻtkazilishini tarib qiluvchi plakatlar, bukletlar va koʻrgazmali taribotning boshqa turlari chop etilishini tashkil qilsinlar.


5. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yonin хavfsizligi oyligi oʻtkazilishi uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar har yili oylik tugagandan soʻng qilingan ishlar toʻrisida 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 47-son, 490-modda