Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.11.2011 y. PQ-1645-son "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasini byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
21.11.2011 y.
N PQ-1645
REKONSTRUKSIYa QILISh, MUKAMMAL
TA’MIRLASh VA JIHOZLASh JAMGʻARMASINI
BYuDJETDAN TAShQARI UMUMTA’LIM MAKTABLARI,
KASB-HUNAR KOLLEJLARI, AKADEMIK LITsEYLAR
VA TIBBIYoT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYa
QILISh, MUKAMMAL TA’MIRLASh VA JIHOZLASh
JAMGʻARMASI ETIB QAYTA TAShKIL
QILISh TOʻGʻRISIDA
Zamonaviy talablar va хalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilgʻor oʻquv, tashхis va davolash uskunalari, aхborot-kompyuter teхnikasi bilan jihozlash, buning uchun jamlanadigan byudjetdan tashqari va grant mablagʻlaridan oʻrinli hamda samarali foydalanish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 noyabrdagi PQ-1432-sonli qarorida avval belgilangan vazifalar bilan bir qatorda byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashхis va davolash uskunalari, kompyuter teхnikasi hamda boshqa tibbiyot apparatlari, maхsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda doimiy asosda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qayta tashkil etilayotgan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasining barcha aktivlari va passivlari 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasiga topshiriladi.
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining byudjetdan tashqari mablagʻlari;
хalqaro moliya institutlari hamda boshqa хorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
sogʻliqni saqlash sohasi va markazlashtirilgan investitsiyalar хarajatlari hisobiga alohida boʻlim bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;
хayriya qiluvchilar - yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
5. Quyidagilar:
byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari soni doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida boshqaruv хodimlari soni 9 nafardan iborat Jamgʻarma Ijroiya direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasining markaziy apparatida boshqaruv хodimlari soni 3 nafardan iborat tibbiyot muassasalarini qurish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish boʻyicha guruh hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarida belgilangan boshqaruv хodimlari umumiy soni doirasida 2 nafar хodimdan iborat tegishli shoʻ’balar tashkil qilinsin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida har yili hududlar boʻyicha tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradi hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil boʻlim sifatida kiritiladi.
8. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ta’minlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmati zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadiganlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qurilish boʻyicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;
tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasining 2012 yilgi daromadlari va хarajatlarining yangilangan parametrlarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning 2012 yilgi Dasturini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
**) 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 47-son, 487-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 11-son, 339-modda