Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.11.2011 y. PQ-1648-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.11.2011 y.

N PQ-1648



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


1. MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining yiilishida davlatlararo aхborot almashinuvini tashkil etish hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish boʻyicha hamkorlik toʻrisida 2009 yil 20 noyabrda Yalta shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bitimni amalga oshirishda mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani haqida va Bitimni amalga oshirishda mas’ul boʻlgan vakolatli organ toʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 48-son, 491-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 11-son, 340-modda