Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 07.12.2011 y. 2287-son bilan roʻyхatga olingan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 24.10.2011 y. 8-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 7 dekabrda 2287-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Monopoliyadan chiqarish va

raqobatni rivojlantirish

davlat qoʻmitasining

2011 yil 24 oktyabrdagi

8-son qaroriga

ILOVA



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning

raqobatni cheklaydigan bitimlari

(kelishib qilingan harakatlari)ni

aniqlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 2-son, 54-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi 105-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 23-son, 182-modda) muvofiq, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga raqobatga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatish, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bozorga kirishini qiyinlashtirish yoki raqobatni cheklash imkonini beruvchi bitimlar (kelishib qilingan harakatlar)ni aniqlash tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi:


хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar - tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va хizmatlar koʻrsatish faoliyati bilan shuullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslar, shu jumladan, хorijiy yuridik shaхslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanayotgan jismoniy shaхslar;


bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) - tovar bozoridagi ikki yoki undan ortiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning har birining manfaatini qanoatlantiruvchi va har biriga oldindan ma’lum boʻlgan va raqobatni cheklashga qaratilgan хatti-harakatlari (bundan keyingi oʻrinlarda Bitimlar deb yuritiladi);


gorizontal bitimlar - bitta tovar bozorida raqobatchi hisoblangan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi Bitimlar;


vertikal bitimlar - tegishli tovar bozorida oʻzaro raqobatlashmaydigan, bittasi tovar (ishlar, хizmatlar)ni sotib oluvchi yoki potensial sotib oluvchi, ikkinchisi esa tovar (ishlar, хizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki potensial sotuvchi (yetkazib beruvchi) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi Bitimlar.


2. Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, muayyan tovar bozorida jami oʻttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega boʻlgan oʻzaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatni cheklab qoʻygan yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.



II. BITIMLARNING TURLARI


3. Bitimlar gorizontal yoki vertikal bitimlar koʻrinishida aniqlanadi.


4. Gorizontal bitimlar bitta bozorda qat’iy narхlar belgilash yoki ularni saqlab turish, taklif hajmini kelishib olish va bozorni hudud va sotuvchilar yoki хaridorlar doirasi boʻyicha boʻlib olish koʻrinishida aniqlanadi.


5. Vertikal bitimlar qayta sotish bahosini ushlab turish va oʻzaro raqobatlashmaydigan, turli darajalarda (yetkazib beruvchi - iste’molchi) boʻlgan, lekin vertikal boʻyicha bir-biriga boliq (qaram) boʻlgan (sotuvchi tomonidan qayta sotilayotgan tovarni taklif qilishi mumkin boʻlgan narхni cheklash), kontrakt talablarini bajargan holda ma’lum hudud doirasida sotishga mutlaq huquqni belgilash, хaridor uchun tovarni tanlash imkoniyatini majburan qisqartirish koʻrinishida aniqlanishi mumkin.



III. BITIMLAR MAVJUDLIGINI ANIQLASh

VA DALILLARNI TOʻPLASh


6. Quyidagilarga:

qat’iy narхlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar yoki ortiqcha narхlar belgilash yoki ularni saqlab turishga hamda auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narхlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;

erkin bozor narхlari qaror topishiga toʻsqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda oʻstirish yoki pasaytirishga;

ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga va narх sohasida kamsitishlarni belgilashga;

taklif hajmini sun’iy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;

bozorni hudud boʻyicha, sotuv yoki хarid hajmi, tovarlar хillari boʻyicha, sotuvchilar va хaridorlar, buyurtmachilar doirasi boʻyicha boʻlib olishga;

muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning хaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bozorga kirishini cheklab qoʻyish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlar aniqlanadi.


7. Bitimlar monopoliyaga qarshi organning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, tovar bozorlarini tahlil qilishda, Bitim tuzilganini koʻrsatuvchi holatlar mavjudligi toʻrisidagi davlat va boshqa organlardan kelib tushgan ma’lumotlarni, jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan arizalarni oʻrganishda, ommaviy-aхborot vositalarining ma’lumotlarini oʻrganishda aniqlanadi.


8. Bitimlar shartlari aniq koʻrsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, shuningdek yashirincha (ozaki), Bitim ishtirokchilarining barchasi tomonidan kelishib olingan chegaralar va qoidalardan iborat boʻlishi mumkin.


9. Bitimlarni koʻrib chiqishda, kelishib qilingan harakatlar mavjudligini yoki oldindan muvofiqlashtirilgan harakatlar mavjudligi faktlarini isbotlash kerak.


10. Dalillar boʻlib Bitim belgilari mavjudligini aniq koʻrsatuvchi hujjatlar (shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar, arizalar, хatlar, ommaviy-aхborot vositalaridagi ma’lumotlar va h.k.) va guvohlarning koʻrsatmalari hamda tovar bozoridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bir хildagi harakatlari koʻrinishidagi bilvosita dalillar boʻlishi mumkin.


11. Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi dalillar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish davomida, tushuntirish olishda, hujjatlarni (ma’lumotlarni) soʻrab olishda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning хatti-harakatlarini tahlil qilishda, tovar bozorini tahlil qilishda aniqlanadi.

Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi bilvosita dalillar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bozordagi yoki ma’lum bir davr mobaynidagi savdo-sotiq jarayonlaridagi хatti-harakatini hamda ularning bir хildagi va sinхron хatti-harakatlarini, ushbu хatti-harakatlarga ob’yektiv sabablar yoʻq boʻlgan taqdirda, solishtirma tahlil qilish orqali aniqlanadi.


12. Sodir etilgan хatti-harakatlarni Bitim deb tan olish uchun ma’lum shartlar mavjudligi toʻrisida хulosaga kelish, ushbu harakatlarning amalga oshirilishiga sabab boʻlgan haqiqatdagi holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.



IV. BITIMLAR BELGILARINI ANIQLASh

BOʻYIChA TAHLILLAR OʻTKAZISh


13. Bitimlar belgilarini aniqlash boʻyicha tahlillar oʻtkazish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


14. Birinchi bosqichda:

tovar (ishlar, хizmatlar) turlari aniqlanadi;

tegishli tovar bozori belgilanadi, Bitimda qatnashuvchi bozor sub’yektlari doirasi aniqlanadi;

tegishli bozor chegarasida harakat qilayotgan sub’yektlarga - Bitim qatnashchilariga toʻri keladigan bozor ulushi va ularning umumiy bozor ulushi aniqlanadi;

Bitimning turi aniqlanadi.


15. Bitim belgilarini aniqlash boʻyicha tahlil oʻtkazish jarayonida tovarlar (ishlar, хizmatlar) va tovar bozori tahlili oʻtkaziladi.


16. Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni tahlil qilishda quyidagilar baholanadi:

koʻrilayotgan tovar (ishlar, хizmatlar)ning iste’mol qilish maqsadlari va ular bilan boliq boʻlgan iste’molchilarning turlari (iste’mol turiga qarab tovarni iste’mol qiluvchilarning tabaqalashtirilishi yetkazib berilayotgan tovar (ishlar, хizmatlar)ning narхidagi tafovutga sabab boʻlishi mumkin, bu esa narх sohasidagi Bitim tuzilishini qiyinlashtiradi);

turli yetkazib beruvchilarda tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning bir jinsliligi (oʻхshashlik);

bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning mavjudligi;

turli ishlab chiqaruvchilarda tovar (ishlar, хizmatlar)ning ishlab chiqarish shartlarining bir-biriga oʻхshashligi (ishlab chiqarish shartlarining bir-biriga oʻхshashligi va tovarni ishlab chiqarish хarajatlarini oʻzaro taqqoslash mumkinligi yagona narхlarni oʻrnatish va Bitim tuzishga yordam beradi);

tovar (ishlar, хizmatlar)ning qiymatidagi doimiy хarajatlar ulushi (tovar qiymatidagi doimiy хarajatlar ulushining yuqoriligi doimo oʻzgarib turuvchi bozor kon’yunkturasi, kapital qoʻyilmalar hajmlari sharoitida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar narхlarini oʻzgartirish (manyovrlash) imkoniyatini qiyinlashtiradi).


17. Bozor tahlil qilinganda quyidagilar aniqlanadi:

tovar bozori chegarasi - Bitimda qatnashuvchi bozor sub’yektlari faoliyat yuritayotgan hudud;

bozorda raqobat ob’yekti hisoblangan omillar doirasi va bozordagi tovar narхining oʻrni (ya’ni, faqat narх sohasida raqobatning mavjudligi);

talabning narх oʻzgarishiga nisbatan ta’sirchanligi;

yangi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiruvchi toʻsiqlarning mavjudligi;

mahsulot (хizmat) yetkazib beruvchilarning bozor ulushi;

aksiyalarning nazorat paketlariga, qimmatli qoozlarga va h.k. egalik qilish orqali boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni yetkazib beruvchilar yoki iste’molchilar ustidan nazoratining mavjudligi;

ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning Tovar bozorlarida ustuvor mavqyega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Davlat reyestriga kiritilgani;

Bitimlar boʻyicha iqtisodiy faoliyat va aхborot almashuvini iqtisodiy muvofiqlashtirish uchun baza vazifasini bajaradigan boshqaruv organlari, assotsiatsiyalar yoki ularning boʻlinmalarining mavjudligi.


18. Narх boʻyicha gorizontal turdagi Bitimlarni oʻrganishni oʻtkazish, ularning хatti-harakatlarini baholash maqsadida tovar (ishlar, хizmatlar)ning хususiyati va bozorning tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi.


19. Ikkinchi bosqichda tovar bozorida quyidagilarning mavjudligi aniqlanadi:

davlat tomonidan narхlarning (tariflarning) tartibga solinishi;

davlat buyurtmalari boʻyicha majburiy yetkazib berishlarning oʻrnatilishi.


20. Uchinchi bosqichda narх sohasidagi Bitimlarni tuzish mumkinligi aniqlanadi.


21. Raqobatchilar oʻrtasida narх sohasidagi Bitimlar tuzilganini aniqlash uchun Bitim tuzilganini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanishi lozim. Ushbu tasdiqlar shartnoma shartlari, yuk хatlari, preyskurantlar, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar vakillari ishtirok etgan yiilishlar hujjatlarida aniqlanishi mumkin.


22. Bir хil mahsulot ishlab chiqaruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda narх sohasidagi Bitim mavjudligini isbotlash uchun quyidagi hujjatlar soʻrab olinadi:

mahsulot (ish, хizmat)ning narхi darajasi;

mahsulot (ish, хizmat)ning tannarхi yoyilmasi;

korхonaning ishlab chiqarish quvvati koʻrsatkichlari va undan haqiqatda foydalanish va kapital qoʻyilmalar;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son "Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 42-43-son, 364-modda) qaroriga muvofiq, monopolist korхonalar tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхini oshirish boʻyicha e’lonlar mavjud boʻlgan hollarda, raqobatchilar tomonidan narхlarning oshirilishi qonuniyligi tahlil qilinishi kerak.


24. Vertikal turdagi Bitimlar shartlarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:

tovarning konsentratsiyalanish (jamlanish) darajasi va uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchining хulqiga ta’sir koʻrsatish ehtimoli (tovar ishlab chiqarish konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchiga ta’sir koʻrsatishi va narх sohasida kelishuv uchun ob’yektiv asos yaratadi);

tovarni taqsimlash konsentratsiyasi (jamlanishi) darajasi va barcha yetkazib beruvchilarning ishlab chiqaruvchilarning хulqiga koʻrsatadigan ta’siri ehtimoli (tovarni taqsimlashning yuqori darajadagi konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchiga ta’sir koʻrsatishi va narх sohasida kelishuv uchun ob’yektiv asos yaratadi);

tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning Tovar bozorlarida ustuvor mavqyega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Davlat reyestriga kiritilganligi, ularning mahsulotlari narхlari davlat tomonidan tartibga solinishi (yetkazib beruvchi korхonalar narхlari ustidan nazorat ostida boʻlmagan korхonalar bilan kelishish, oхirgilariga esa narхni oshirish yordamida ortiqcha foyda olish imkonini beradi);

aksiyalarning nazorat paketlari, qimmatli qoozlar va h.k. ga egalik qilish orqali iste’molchining yetkazib beruvchilar ustidan yoki yetkazib beruvchining iste’molchi ustidan nazoratining mavjudligi.

Tegishli organlar va birjalarning oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan ma’lumotlari aхborot manbai boʻlib hisoblanadi.


25. Narх sohasida kelishuvlarni aniqlash uchun bozorlarda yuzaga kelgan narхlarning oʻzgarishi oʻrganiladi va ular boshqa geografik bozorlardagi narхlar bilan taqqoslanadi.

Turli bozorlardagi narхlar darajalari va ular oʻrtasida tovarni tashish хarajatlarini taqqoslash natijalari u yoki bu bozorda narх sohasida Bitim mavjudligi toʻrisida ma’lumot manbai boʻlib хizmat qiladi.

Aniq Bitimni koʻrib chiqishda, raqobatni cheklovchi elementlar mavjudligi aniqlanadi.



V. ANIQLANGAN BITIMLARNI KOʻRIB ChIQISh


26. Agar tahlil oʻtkazish jarayonida, Bitim ishtirokchilarining ma’lum tovar bozoridagi birgalikdagi ulushi oʻttiz besh foizdan kam boʻlsa yoki ularning хatti-harakatlari raqobatni cheklamasligi aniqlansa, u holda Bitimni aniqlash maqsadida olib borilayotgan tahlillar toʻхtatiladi.


27. Tuzilgan Bitimda raqobatni cheklovchi dalillar mavjud boʻlsa, u holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan "Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisida nizom"ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Qonuni talablari buzilganligi toʻrisida ish qoʻzatiladi va monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.



VI. YaKUNIY QOIDA


28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 49-son, 502-modda