Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 05.11.2011 y. 34/7-son "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 14.12.2011 y. 2093-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

14.12.2011 y.

N 2093-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

05.11.2011 y.

N 34/7


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2011 yil 24 dekabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 36-son, 363-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-sonli qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                                F. Mullajonov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3-bandning toʻrtinchi хatboshisi "ustav fondining" degan soʻzlardan keyin "milliy valyutadagi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 4-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2012 yil 1 yanvardan boshlab mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 100 ming yevro ekvivalenti miqdorida belgilanadi. Faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlari 2013 yilning 1 yanvariga qadar oʻz ustav fondlarini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim".


3. 13-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "notarial tasdiqlangan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 21-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "notarial tasdiqlangan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 22-band quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi".


6. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun Markaziy bankka taqdim etishi mumkin. Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 50-son, 533-modda