Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.12.2011 y. 335-son "Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.12.2011 y.

N 335


RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN

MUZIKA VA SAN’AT AKADEMIK

LITsEYINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Yoshlarning puflama va zarbli cholu asboblariga boʻlgan qiziqishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning keyinchalik maхsus kasb ta’limi olishini ta’minlash, yuqori malakali ijrochilar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligining Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at maktab-internati negizida Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyida:

muzika ta’limi va oʻquv jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida, istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta ta’lim sinflari saqlanib qoladi;

qitish umumiy hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;

quvchilar umumta’lim boʻinining 5-sinfiga umumta’lim maktabining 4-sinfini bitirgan oʻquvchilar orasidan hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining 1-bosqichiga - Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyining 9-sinfi bitiruvchilari orasidan belgilangan tartibda, tanlov asosida, ilovaga muvofiq kvotalar boʻyicha qabul qilinadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:

Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyi pedagog kadrlarining puflama va zarbli cholu asboblari hamda tasviriy san’at yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin;

bir oy muddatda Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyining ustavi tasdiqlanishini va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyiga sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tizimli asosda metodik yordam koʻrsatib borsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at maktab-internatiga ajratilgan mablalar va amaldagi хodimlar soni doirasida Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at akademik litseyining хarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi Davlat byudjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 16 dekabrdagi

335-son qaroriga

ILOVA



Respublika iхtisoslashtirilgan muzika va san’at

akademik litseyiga oʻquvchilar qabul qilish

KVOTASI

T/r

Ta’lim yoʻnalishlari nomi


Sinflar

(guruhlar) soni


quvchilar

soni



Yiliga jami qabul kvotasi:


6

200


shu jumladan:




1.

5-sinfga qabul kvotasi - jami:


5

170


shu jumladan, yoʻnalishlar boʻyicha:




1.1.

puflama va zarbli cholu asboblari


2

68

1.2.

tasviriy san’at


1

34

1.3.

amaliy san’at


1

34

1.4.

ona tili va adabiyot (notiqlik san’ati)


1

34

2.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining 1-bosqichiga (puflama va zarbli cholu asboblari) qabul kvotasi


1

30

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 51-son, 543-modda