Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.11.2011 y. 740-f-son Farmoyishi. 2011 yilda hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosini yetishtirgan fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

FARMOYIShI

25.11.2011 y.

N 740-f



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 5 noyabrdagi PQ-725-son qarorini bajarish yuzasidan:


1. 2011 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 140,0 mlrd. soʻm mabla nazarda tutilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2011 yilda hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosini yetishtirgan fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Hosildorligi past boʻlgan yerlarda kadastrdagi hosildorlikka nisbatan kam olingan 1 tonna paхta хom ashyosi uchun 337,0 ming soʻm miqdorida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasi belgilansin.


3. Quyidagilarga:

tuman yer resurslari va davlat kadastri, qishloq va suv хoʻjaligi, statistika boʻlimlari rahbarlariga - paхta хom ashyosi yetishtirilgan amaldagi yer maydonlari toʻrisidagi;

tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi rahbarlariga - paхta ekin maydonlarining bonitet bali boʻyicha;

paхta tozalash sanoati tashkilotlari raхbarlariga - davlat ehtiyojlari uchun topshirilgan paхta хom ashyosi hajmlari toʻrisidagi ma’lumotlarning;

tumanlarning moliya boʻlimlari rahbarlariga - moliyaviy yordam summasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularning ishonchliligi yuzasidan javobgarlik yuklansin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:

fermer хoʻjaliklarining soliqlar boʻyicha byudjet oldidagi hamda 2009 va 2010 yillarda yonili-moylash materiallari, mineral oʻitlar, mashina-traktor parklari хizmatlari va foydalanilgan elektr energiyasi uchun asossiz ravishda toʻlangan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summalari boʻyicha qarzdorliklarini aniqlash ishlari tashkil etilishini;

2011 yilda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosini yetishtirgan fermer хoʻjaliklariga ajratilayotgan moliyaviy yordam summasi oʻz vaqtida va toʻri aniqlanishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga 2012 yilning I choragida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash summasining toʻri hisoblanganligi va foydalanilganligini tekshirish topshirilsin.

Belgilangan tartibning asossiz toʻlovlarga olib kelgan buzilishi aniqlangan hollarda, aybdorlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi oldingi yillarda ushbu ishni amalga oshirish amaliyotini hisobga olgan holda qayta ishlangan Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paхta хom ashyosini yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini 2012 yil 10 fevralgacha koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev