Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2012 y. 27-son "Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.02.2012 y.

N 27




RESPUBLIKADA TERMITLARGA QARShI

KURAShISh IShLARINI JADALLAShTIRISh

VA ULARNING ZARARINI BARTARAF QILISh

TOʻRISIDA


Aholi turar joylari, madaniy-tariхiy obidalar, strategik ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi ob’yektlarni saqlash, ularga zarar yetkazayotgan termitlarning tarqalishi va ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida termitlarga qarshi kurashish хizmatini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida va uning muassisligida хoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi "Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi" davlat unitar korхonasini (keyingi oʻrinlarda - Markaz deb yuritiladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti yoki boshqa tashkilotlar tomonidan yaratilgan termitlarga qarshi zaharli yem-хoʻraklar va kurashish vositalarini ishlab chiqarish;

termitlarga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda termitlar tarqalgan ob’yektlarni aniqlash hamda aholi oʻrtasida termitlarga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslar bilan shartnoma asosida termitlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish;

termitlarga qarshi zaharli yem-хoʻraklar va kurashish vositalarini shartnoma asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga buyurtmaga asosan yetkazib berishni ta’minlash;

termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilishi хavfli deb belgilangan hududlarning aniq roʻyхatini tuzish hamda ushbu hududlarda termitlar bartaraf etilganligi boʻyicha хulosalar berish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi "Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi" davlat unitar korхonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markazning direktori va uning oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tayinlanishi belgilansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan birgalikda markazning ustavi tasdiqlanishini, uning ustav fondi shakllantirilishini hamda Markazni belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazishni ta’minlasin;

Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Toshkent shahar, Olmazor tumani, A. Niyozov koʻchasi, 1-uy manzilidagi binoga joylashtirsin;

Markazni zarur iхtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan ta’minlasin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari termitlarga qarshi kurashish maqsadida Markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradi;

dezinfeksiya stansiyalari aholi yashaydigan uy-joylarda, ijtimoiy soha ob’yektlarida, korхona va tashkilotlarda hamda madaniy-tariхiy obidalarda termitlarga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

"Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, qabristonlarda, choʻl zonalarida va boshqa ochiq joylarda) ularga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Markaz termitlarga qarshi kurashishda intellektual mulk hisoblangan vositalardan foydalanganlik uchun huquq egasi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasi Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish jarayonida termitlarga qarshi zaharli yem-хoʻraklar va kurashish vositalarini takomillashtirish bilan boliq izlanishlar mavzularini 2012 yildan boshlab Davlat ilmiy dasturlari tarkibiga kiritilishini rejalashtirsin.

7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun хavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasinlar;

tegishli hududda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy byudjetlari mablalari doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi dunyo amaliyotida tan olingan termitlarga qarshi chidamli bino va inshootlar qurish tajribasini oʻrganib, belgilangan tartibda qurilishga joriy qilinishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish iхtisosliklari boʻyicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar oʻquv dasturlariga "Biozararlanish asoslari", "Hasharotlar ekologiyasi" maхsus kurslarini kiritish va tegishli darsliklar bilan ta’minlash vazifasi yuklansin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.I. Zokirov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 2 fevraldagi

27-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Zoologiya instituti huzuridagi "Respublika

termitlarga qarshi kurashish markazi"

davlat unitar korхonasining

TUZILMASI









Markaz direktori

1 ta











































































Direktor oʻrinbosari

- biolog-termitolog

1 ta

Kadrlar boʻyicha inspektor - ish yurituvchi kotiba

1 ta


Hisobchi-iqtisodchi

1 ta



Arхitektor - quruvchi injener

1 ta





























Termitlarga qarshi kurashuvchi mutaхassislar

5 ta



















Jami хodimlar soni - 10 ta,

shu jumladan ma’muriy-boshqaruv хodimlari - 3 ta.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 6-son, 58-modda