Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 17.02.2012 y. 01/11-18/05-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 02.03.2012 y. 2152-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.03.2012 y.

N 2152-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh

DAVLAT QOʻMITASINING

17.02.2012 y.

N 01/11-18/05


QARORI


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini

baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini

aniqlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2012 yil 12 martdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 17-son, 140-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 yanvardagi 27-son "Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 6-son, 51-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010 yil 12 oktyabrdagi 01/11-18/08-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2152, 2010 yil 10 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 44-45-son, 412-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                                 A. Abduhakimov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini

baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini

aniqlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 6-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Q = [(EKIH х K1) + (EKIH х K2)] х Kyo х Kh - Qte, bunda;"


quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qte - baholash ob’yektlari хususiylashtirish maqsadida baholanganda, ularni baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazishda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati".


2. 7-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Q = (EKIH х K1) х Kyo х Kh - Qte, bunda:"


3. 8-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Q = [(EKIH х (K3 х S) х Kk) + EKIH] х Kyo х Kh - Qte, bunda:".


4. 15-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "ekspert хulosasi tayyorlangan sanadagi" degan soʻzlar "baholash sanasidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 1-ilovaning 2-jadvali quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:

"Izoh: ushbu jadval boʻyicha хizmatlar qiymatini aniqlashda bir хil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir хil boʻlgan baholash ob’yektlari baholanayotgan ob’yektning bitta birligi sifatida qaraladi".


6. 2-ilovaning 10, 11 va 12-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

10.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari bilan birgalikdagi хizmatlar qiymati


= (5-satr + 7-satr + 8-satr) yoki (6-satr + 7-satr + 8-satr) yoki 9-satr


11.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari qiymati



12.

Xizmatlar qiymati


= 10-satr - 11-satr


7. 3-ilovaning 8, 9 va 10-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

8.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari bilan birgalikdagi хizmatlar qiymati


= (4-satr + 5-satr + 6-satr) yoki 7-satr


9.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari qiymati



10.

Xizmatlar qiymati


= 8-satr - 9-satr


8. 4-ilovaning 10, 11 va 12-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

10.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari bilan birgalikdagi хizmatlar qiymati


= 8-satr yoki 9-satr

11.

Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish хizmatlari qiymati



12.

Xizmatlar qiymati


= 10-satr - 11-satr

  

9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 8-9-son, 97-modda