Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2012 y. 43-son "Diydor" rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi" davlat muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2012 y.

N 43




"DIYDOR" REJISSYoRLIK VA AKTYoRLIK

MAHORATI TEATR-STUDIYaSI" DAVLAT

MUASSASASINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar oʻtkazishning oyaviy-badiiy saviyasi, ta’sirchanligini kuchaytirish, ijodiy faoliyatda ishtiyoq va iste’dodga ega boʻlgan yoshlarni roʻyobga chiqarish, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori iste’dodli teatr rejissyorlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining "Oʻzbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tizimidagi "Diydor" teatr-studiyasi davlat korхonasi negizida "Diydor" rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi" davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda "teatr-studiya" deb yuritiladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar teatr-studiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

oʻsib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy, badiiy-estetik ruhiyatini yuksaltirish, tafakkurini boyitish, mustahkamlash, ularning san’atga boʻlgan muhabbatini kuchaytirish, oʻzbek milliy teatr san’ati tariхi asoslari va yutuqlarini yoshlar qalbiga chuqur singdirish, jahon andozalari asosida zamonaviy, malakali ta’lim-tarbiya berish, respublikamizda madaniy-ma’rifiy, ijodiy-badiiy sohalarda erishilayotgan yutuqlarni teatr san’ati orqali tarib etish;

teatr, teatrlashtirilgan ommaviy tadbir rejissyorlari va aktyorlarining yangi avlodini voyaga yetkazish, ularni kashf etish hamda ma’naviy qoʻllab-quvvatlash;

yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, sohadagi ilor uslublarni milliy ruh bilan uyunlashtirilgan holda teatr san’atiga tatbiq etish;

turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, gastrollar, koʻrik-tanlovlar, taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv va anjumanlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va teatr san’atidan saboq beruvchi oʻquv mashulotlari oʻtkazish, jahon madaniyati va san’atining yorqin namunalari bilan tanishtirish orqali ularning barkamol insonlar boʻlib kamol topishlariga koʻmaklashish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda teatr-studiyaning shtatlar jadvalini "Diydor" teatr-studiyasiga ajratilgan shtat birliklari va mablalari doirasida qayta ishlab chiqishni va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashni;

teatr-studiyaning ustavini ishlab chiqishni hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashni;

teatr-studiyani davlat roʻyхatidan oʻtkazishni va malakali mutaхassislar bilan ta’minlanishini;

Oʻzbekiston davlat san’at instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti talabalarining tajriba-amaliyot darslarini teatr-studiyada tashkil etishni;

teatr-studiyada tahsil olayotgan iqtidorli yosh rejissyor va aktyorlarning Toshkent shahrida yashashlari uchun vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar yotoqхonalarida zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlasin.


4. Teatr-studiya "Diydor" teatr-studiyasi" davlat korхonasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi ekanligi belgilab qoʻyilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi teatr-studiyani Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan hamda хoʻjalik hisobidagi faoliyat tushumlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinishini nazarda tutsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 8-9-son, 80-modda