Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.02.2012 y. 58-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlarida aholiga va byudjet tashkilotlariga koʻmir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.02.2012 y.

N 58


QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI,

BUXORO VA XORAZM VILOYaTLARIDA AHOLIGA

VA BYuDJET TAShKILOTLARIGA KOʻMIR SOTIShNI

TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlari iste’molchilarini yoqili-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilansinki:

"Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2,1 mlrd. soʻm miqdoridagi oʻz mablalari va "Xalq banki" davlat-aksiyadorlik tijorat bankining 1 yil imtiyozli davrni qoʻshgan holda 3 yilgacha muddatga yillik 16 foizli stavka bilan beriladigan 7,4 mlrd. soʻm miqdoridagi kredit mablalari hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;

hududiy distribyutorlik markazlarini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish "Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining loyihalash ishlari boshqarmasi tomonidan 2012 yil 1 aprelgacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;

"Oʻzbekkoʻmir" ochiq aksiyadorlik jamiyatining "Koʻmir kon qurilish" unitar korхonasi hududiy distribyutorlik markazlarini qurish va jihozlash boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari hududiy distribyutorlik markazlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini bir oy muddatda ta’minlasinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan koʻmirning hajmlari va narхlari yuzasidan nazorat va monitoringni belgilangan tartibda amalga oshirsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 8-9-son, 87-modda