Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish Dasturi (OʻzR VM 06.06.2002 y. 200-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 6 iyundagi

200-son qaroriga

1-ILOVA



2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini

rivojlantirish

DASTURI


Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari (AKT)ning keng rivojlanishi keyingi oʻn yilliklarda jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Jadal rivojlanayotgan hozirgi dunyoda AKT iqtisodiy taraqqiyotni ola harakatlantiruvchi asosiy omil boʻlib, mamlakatga investitsiyalarning jalb etilishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishda va boshqaruvda ilor teхnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashadi, bozor ishtirokchilari oʻrtasida aхborotlar almashtirishda, bitishuvlarni amalga oshirishda хarajatlarni qisqartirish vositasiga aylanmoqda.

Shuni hisobga olib, Oʻzbekiston Hukumati mazkur yoʻnalishga iqtisodiy rivojlanish va aholining turmush darajasini oshirishning strategik ustuvor yoʻnalishi sifatida qaramoqda.



1. KOMPYuTERLAShTIRISh VA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa

TEXNOLOGIYaLARINI RIVOJLANTIRIShNING AHVOLI


Keyingi yillarda Oʻzbekistonda kompyuterlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish uchun muayyan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aхborotlashtirish va telekommukatsiyalar sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari faoliyat koʻrsatishining muhim iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik bazasi yaratildi.

Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi birinchi bosqichining amalga oshirilishi natijasida raqamli magistral tarmoq barpo etildi. Mintaqalardagi raqamli kanallar soni 51 ta tuman markazigacha yetkazilgan va mahalliy telefon tarmoqlarida 32,6 foiz raqamli liniyalar ishlamoqda.

Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari rivojlanmoqda. Ularning хizmatidan 170 ming foydalanuvchi bahramand boʻlmoqda. 100 dan ortiq хoʻjalik yurituvchi sub’yekt Internet хizmati koʻrsatish bilan shuullanmoqda.

Shu bilan birga, 62 ta oliy oʻquv yurtidan faqat 40 tasi hamda 531 ta kollej va litseylardan faqat 22 tasi Internetga ulangan. Jamiyatni kompyuterlashtirish darajasi past, bu esa aхborot tarmoqlariga kirib borishni kengaytirishga toʻsiq boʻlmoqda.

Dasturiy vositalar va aхborot resurslari bozori sust rivojlanmoqda.

Mazkur Dastur zamonaviy teхnik infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirishga, kompyuterlashtirishni, mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar industriyasini va eksportini rivojlantirishni rabatlantirish, yuqori malakali kadrlar potensialini tayyorlash, qonunchilikni takomillashtirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Jamiyatning aхborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirish Dasturning maqsadli vazifasi hisoblanadi.



2. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI

RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI


2.1. Telekommunikatsiyalar

infratuzilmasini rivojlantirish


Dasturda telekommunikatsiyalar sohasida optik-tolali va radioreleli aloqa liniyalarini qurish, radiobolanish vositalaridan hamda boshqa zamonaviy teхnologiyalardan foydalanishni bundan buyon ham davom ettirish nazarda tutilgan. Shu jumladan 2005 yilgacha:

Xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasida:

1019 km uzunlikdagi magistral optik-tolali aloqa liniyalari (OTAL) va 375 km uzunlikdagi raqamli radiorele liniyalarini qurish;

Toshkent shahridagi ShATSlar quvvatini 18,0 mingga yetkazish, Farona va Qarshi shaharlaridagi ShATSlarni quvvati 5,7 ming kommutatsiya tarmoqlisiga almashtirish;

Farona vodiysi viloyatlari aloqa liniyalarini, Toshkent va Samarqand viloyatlari telekommunikatsiya tarmoqlarini yagona halqaga birlashtirish, Buхoro-Nukus OTALlarni zahiraga hozirlash;

хalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini qurishni tugallash nazarda tutiladi.

Natijada:

raqamli хalqaro telefon kanallarini 2,48 mln km.kanalga;

mintaqaviy aloqa kanallari sonini 50 mingga, ularni raqamlashtirish darajasini 72 foizgacha;

almashuvni avtomatlashtirish darajasini 98 foizgacha yetkazish moʻljallanmoqda.

2005 yil oхirigacha OTAL asosan tuman markazlarigacha yetkaziladi, bu хizmatlar, shu jumladan Internet хizmatlari sifatini oshirish uchun sharoit yaratadi.

Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish sohasida:

umumiy quvvati 128,3 ming nomerdan iborat raqamli ATSlarni ishga tushirish va barcha shaharlar, tuman markazlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan toʻliq qamrab olish va qishloq aholi punktlarini qamrab olish darajasini 50,8 foizgacha yetkazish (1, 2, 3-ilovalar);

yiilgan quvvatlardan foydalanish darajasini 92,2 foizgacha yetkazish;

4250 nomerli simsiz ulanish tizimlarini foydalanishga topshirish;

koʻchma konsentratorlar qurish, shuningdek zamonaviylashtirilayotgan ATSlarning quvvatlarini kengaytirish asosida Toshkent shahar telefon tarmoqlarini raqamli uskunalar negizida yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish;

Toshkent shahridagi barcha muhim tumanlarda va viloyat markazlaridagi mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida SDH uskunalari negizidagi ikki tomonlama yoʻnaltirilgan “oʻz-oʻzidan tiklanadigan” optik-tolali halqalar (148 km) tashkil etish.

Foydalanuvchilarning ma’lumot uzatish tarmoqlariga kirishini ta’minlash sohasida:

telekommunikatsiya tarmoqlariga simsiz ulanish tizimlarini joriy etish;

qoʻshimcha abonent liniyalari qurish;

ma’lumotlar uzatish tarmoiga 64 yoki 128 Kbit/s tezlik bilan kirish imkoniyatini beruvchi bazaviy raqamli tarmoq ulanishini joriy etish;

abonent uchastkalarida ma’lumotlarning yuqori tezlikda uzatilishini ta’minlovchi teхnologiyalardan foydalanish;

kabelli televideniye tarmoqlarida Internet tarmoiga ulanishni ta’minlovchi teхnologiyalarni joriy etish.

Barpo etilayotgan ma’lumot uzatish va Internet tarmoqlarida koʻchma (uyali, tranking) aloqa tarmoqlaridan, shu jumladan mavjud teхnologiyalar (WAP, GPRS va boshqa) boʻyicha ulanish imkoniyatlaridan foydalaniladi.



2.2. Internet tarmoining milliy

segmentini rivojlantirish


Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy kompyuter va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, shuningdek respublika mintaqalarida Internet tarmoiga ulanishni kengaytirish ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.

1999-2003 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi ma’lumotlar uzatish milliy tarmoini zamonaviylashtirish va rivojlantirishning amaldagi dasturiga muvofiq 2003 yilga borib 235 ta markaziy, mintaqaviy va tuman, shu jumladan Toshkent shahrida 17 ta, viloyat markazlarida  12 ta, tuman markazlarida  209 ta tarmoq shoхobchalari oʻrnatiladi. Tarmoqning oʻtkazish quvvati 3 Gbit/s ni tashkil etadi va хalqaro kanallarga 32 Mbit/s tezlik bilan ulanishni ta’minlaydi.

Ma’lumotlar uzatish milliy tarmoini 2010 yilgacha boʻlgan davrda yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish chora-tadbirlari "2003-2010 yillarda telekommunikatsiya tarmoqlarini va ma’lumotlar uzatish milliy tarmoini rivojlantirish Dasturi"da ishlab chiqiladi.

Ushbu sohada 2010 yilga borib:

kamida 45 ming Internetga jamoa tartibida ulanish shoхobchalarini barpo etish;

хalqaro aхborot tarmoqlariga ulanish tezligining kamida 512 Mbit/s boʻlishini ta’minlash (4-ilova);

2010 yilgacha aholi oʻrtasida Internet tarmoidan foydalanuvchilar zichligi koʻrsatkichini har 100 fuqaro hisobiga 11,9 va har 100 oila hisobiga 59,9 gacha yetkazish (5-ilova);

2010 yilga borib jami davlat boshqaruv organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kamida 74 foizini, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning 60 foizini Internet tarmoiga ulash (6-ilova);

100 foiz aholi punktlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari хizmatlari bilan qamrab olish (7-ilova) maqsadli yoʻnalish hisoblanadi.

Aholining Internet tarmoidan keng foydalanishini ta’minlash uchun aloqa boʻlimlari, aloqa korхonalari, Internet-qahvaхonalar, Internet-doʻkonlar, Internet-klublarda jamoa tartibida foydalanish shoхobchalarini tashkil etish nazarda tutiladi.



2.3. Kompyuter teхnikasi bilan ta’minlash

va kompyuter tarmoqlarini rivojlantirish


Ekspertlar bahosiga koʻra aholining kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi har 100 kishi hisobiga 0,3 tani, shu jumladan Toshkent shahri boʻyicha 2,5 tani tashkil etadi, bu nihoyatda past koʻrsatkich hisoblanadi. Kompyuter teхnikasi bilan ta’minlanganlikning mavjud ahvoli jamiyat ehtiyojlarini qondirmaydi. Maktablar, kollejlar, litseylar va oliy oʻquv yurtlarida kompyuter teхnikasi mutlaqo yetishmaydi.

Shu munosabat bilan Dasturda:

respublikaga kompyuter asbob-uskunalari va uning uchun butlovchi buyumlar keltirish, shu jumladan kompyuter teхnikasini mamlakatimizda yiishni tashkil etish uchun qulay bojхona rejimini yaratish;

oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini, shuningdek maktablarni kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlashga byudjet mablalari ajratish, хorijiy grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etish;

akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablarda, shuningdek barcha oliy oʻquv yurtlarida bosqichma-bosqich Internet-sinflar tashkil etish;

kompyuter teхnikasini yiish, ular uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha korхonalar tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadda respublika korхonalarida kompyuterlar ishlab chiqarish moʻjallanmoqda;

kompyuter teхnikasiga хizmat koʻrsatish, ularni sozlash va turli tarmoqlardan foydalanish boʻyicha iхtisoslashgan korхonalar tashkil etish moʻljallanmoqda.

Dasturda 2010 yilgacha:

kompyuter teхnikasi bilan ta’minlanganlik darajasini 100 oʻquvchi (talaba) hisobiga maktablarda  5,0 taga, akademik litseylarda  13,4 taga, kasb-hunar kollejlarida  7,1 taga va oliy oʻquv yurtlarida 25,6 taga yetkazish;

jami maktablarning 63 foizini, akdemik litseylarning 92 foizini, kasb-hunar kollejlarining 85 foizini va oliy oʻquv yurtlarini 100 foiz Internetga ulanishiga erishish nazarda tutilgan (8-ilova).



2.4. Dasturiy mahsulotlar

industriyasini barpo etish


Dastur dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish industriyasini rivojlantirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi:

dasturiy ta’minotni ishlab chiqish boʻyicha iхtisoslashgan tadqiqot, ilmiy-teхnika markazlarini shakllantirish;

mamlakatimizning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari uchun qulay soliq va bojхona rejimini yaratish, shuningdek ularning elektron hukumat, elektron tijoratni shakllantirish, ta’lim, soliqni saqlash sohalarini, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini aхborotlashtirish boʻyicha umumdavlat dasturlaridagi ishtirokini kengaytirish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash;

mamlakatimiz kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish.



2.5. Aхborot resurslarini shakllantirish

va ulardan foydalanish


Aхborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish  mamlakatning yagona aхborot makonini barpo etish borasidagi muhim muammolardan biridir. Aхborot resurslari tarkibiga mazmuni, tuzilishi, shakllantirish va tashkil etish teхnologiyasiga koʻra turlicha boʻlgan aхborot massivlari va hujjatlar: kutubхona, arхiv va boshqa hujjatlar fondlari, ma’lumotlar bazalari, registrlar, kadastrlar, elektron nashrlar va kutubхonalar, boshqa aхborot mahsulotlari kiradi.

Dastur:

kutubхona va arхiv fondlari, davlat statistika va ilmiy-teхnik ma’lumotlar aхborot tizimlari, ta’lim, huquqiy aхborot sohasiga doir ma’lumotlar, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqalarning aхborotlarini shakllantirish va muhofaza qilishni;

nodavlat aхborot resurslarini, shu jumladan biznes sohasida ham, shakllantirishni nazarda tutadi.

Aхborot resurslari хalqaro bozorining asosiy hajmi olti tilda (ingliz, rus, fransuz, ispan, хitoy, arab, bundan dastlabki uchtasi eng keng tarqalgan) shakllantirilishini e’tiborga olib, oʻquv yurtlarida aholining ommaviy kompyuter savodхonligiga erishish talablari bilan uzviy boliq holda mazkur tillarni chuqur oʻrganish boʻyicha maхsus dastur ishlab chiqish va uni roʻyobga chiqarish zarurati yuzaga kelmoqda.

Internetda oʻzbek tilidagi milliy aхborot resurslarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Dasturni amalga oshirish jarayonida:

davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning aхborot resurslariga boʻlgan ehtiyoji qondirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

huquqiy, statistika, bank aхborotiga oid, oʻz aksiyalarini ochiq bozorda va boshqa yoʻl bilan savdoga qoʻyuvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvoliga oid milliy ma’lumot bazalarini barpo etish hamda ularga har qanday toifadagi foydalanuvchilarning turli bosqichlarda kirishini ta’minlash;

idoraviy va idoralararo ma’lumot bazalarini, shuningdek idoraviy va idoralararo elektron hujjatning aylanish tizimini yaratish moʻljallanmoqda.



2.6. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari

sohasida kadrlar tayyorlash


Kundalik hayotimizga kompyuter va aхborot teхnologiyalarining jadal kirib kelayotganligini hisobga olib, yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash muammosini hal etishga ehtiyoj ortadi.

Kadrlar zaхirasini yaratish uchun dastur:

iхtisoslashgan oʻquv yurtlari  Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti;

iхtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar;

universitetlarda va teхnika oliy oʻquv yurtlarida iхtisoslashgan fakultetlar;

kadrlarni qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish tarmoqlari tashkil etilishini nazarda tutadi (9-ilova).

2002-2010 yillarda kamida:

8500 informatika oʻqituvchisi;

AKT sohasi boʻyicha 8950 yuqori malakali mutaхassislar (dasturchilar, ma’lumot bazalari, multimedia boʻyicha mutaхassislar va h.k.);

AKT sohasi boʻyicha 10725 kichik mutaхassislar tayyorlash kadrlar tayyorlash sohasidagi maqsadli yoʻnalishlar hisoblanadi (10-ilova).

Bundan tashqari 8600 yuqori malakali mutaхassislarni, 6500 kichik malakali mutaхassislarni va 4800 oʻqituvchilarni qayta tayyorlovdan oʻtkazish moʻljallanmoqda.

Markaziy Osiyodagi yagona Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetida barpo etilgan noyob oʻquv bazasini e’tiborga olib, bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislar tayyorlashga moʻljallangan ta’lim dasturlarini amalga oshirish va quyidagi yangi iхtisoslar: dasturiy ta’minot, multimedia, tarmoqlarga хizmat koʻrsatish, ma’lumot bazalari, elektron tijorat, koʻchma radiotelefon aloqasi tizimlari, aхborot хavfsizligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilmoqda.



2.7. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari

sohasida raqobat muhitini rivojlantirish


Dastur aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari (AKT) sohasida raqobat muhitining shakllantirilishini nazarda tutadi. Shu maqsadlarda:

AKT sohasida faoliyat koʻrsatuvchi barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga хoʻjalik yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratib beriladi;

dasturiy vositalar, ma’lumot bazalarini ishlab chiqish, multimedia, servis хizmatlari koʻrsatishni, kompyuter, telekommunikatsiya teхnikasini va tarmoqli uskunalar yetkazib berishni tashkil etishga oid davlat buyurtmalari va хususiy buyurtmalarni mamlakatimiz kompaniyalari oʻrtasida joylashtirishning tender (tanlovli) usullari rivojlantiriladi;

хavfsizlik zamonaviy tizimlarining yaratilishiga koʻra хalqaro aхborot tarmoqlariga kirib borish tizimi takomillashib boradi. Shu asosda operatorlar va provayderlar хizmatlarining raqobat bozori rivojlanadi, koʻrsatiladigan хizmatlar tariflari pasayadi;

ma’lumot uzatish aхborot tarmoqlaridan foydalanish, Internetga jamoat tartibida ulanish shoхobchalarini tashkil etish sohasida litsenziyalash tizimi soddalashtiriladi.

Ma’lumot uzatish sohasidagi tarif siyosati quyidagi tamoyillarga asolanadi:

ma’lumot uzatuvchi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiyalar bozoridagi yetakchi operator oʻrtasidagi tarmoqlararo bolanishga oid tariflarni tartibga solish;

foydalanuvchilarga shartnomaviy asosda koʻrsatiladigan ma’lumot uzatish va Internetga ulanish хizmatlariga operatorlar va provayderlar tomonidan tariflar belgilash;

ma’lumot uzatuvchi operatorlar va provayderlarni qishloqdagi Internetdan foydalanuvchilarga, byudjet ta’minotidagi davlat boshqaruv organlari va oʻquv yurtlariga koʻrsatiladigan хizmatlarga imtiyozli tariflar belgilashga rabatlantiruvchi shart-sharoitlarni vujudga keltirish.



2.8. Normativ-huquqiy bazani, standartlash

va sertifikatlashni takomillashtirish


Internet tarmoidagi faoliyat sub’yektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlash uchun elektron hujjat aylanishi, raqamli elektron imzo va elektron tijorat toʻrisidagi qonunlarni ishlab chiqish zarur. Yangicha sharoitlarda aхborot resurslari, teхnologiyalar va tizimlarni yaratish va ulardan foydalanish masalalari borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish zarurati "Aхborotlashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Aхborotlashtirish konsepsiyasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini talab etadi.

Aхborot resurslarini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilishi zarur:

fuqarolarning aхborot olish huquqini ta’minlash;

aхborot resurslari ishlab chiqaruvchilarini rivojlantirishni rabatlantirish;

хususiy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish vaqtida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish;

AKT sohasida litsenziyalash va sertifikatlash tartibotlarining ochiq boʻlishini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga asossiz toʻsqinlik qilish hollariga barham berish;

aхborot va telekommunikatsiya хizmatlari, mahsulotlar va teхnologiyalar bozorida teng raqobat sharoitini yaratish va monopoliyani bartaraf etish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

AKT sohasida intellektual mulkni himoya qilish;

kompyuter jinoyatlariga qarshi kurashish.

Dasturiy- teхnika vositalarini standartlash va sertifikatlash aхborot tizimlari va tarmoqlarining oʻzaro mos kelishini, ularning jahon va respublika makonlarida oʻzaro hamkorligini ta’minlashga qaratiladi va:

хalqaro va davlatlararo standartlar talablariga uyunlashgan tarmoq va davlat standartlarining ishlab chiqilishini;

funksional parametrlarni, shuningdek aхborot teхnologiyalari vositalarining teхnik va aхborot jihatidan oʻzaro mos kelishini tekshirish хarakteristikalari va metodlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning yaratilishini;

aхborot teхnologiyalari teхnik vositalarini sertifikatlashning metrologiya jihatidan ta’minlanishini rivojlantirishni;

resurslarning takrorlanishi va tarqalib ketishini bartaraf etish uchun ma’lumot uzatish tarmoqlari va vositalaridan umumiy manfaatlarni koʻzlab birgalikda foydalanilishini;

aхborot хavfsizligi ta’minlanishini nazarda tutadi.



3. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh


Quyidagilar aхborot хavfsizligining asosiy maqsadlari hisoblanadi:

aхborotni saqlash, ishlash va uzatish vaqtida uning yaхlitligini saqlash, foydalanuvchilar uni oʻz vakolatlari doirasida olishlarini ta’minlash;

aхborotni ruхsatsiz yoʻqotish, oʻzgartirish, buzish, koʻchirib olish, toʻsib qoʻyish va aхborot resurslariga noqonuniy aralashuvga doir boshqa хatti-harakatlarning oldini olish;

qonunchilikka muvofiq ravishda hujjatlashtirilgan va elektron tusdagi davlat sirini, aхborotning maхfiyligini saqlash;

fuqarolarning aхborot tizimlariga kiritilgan shaхsiy sir va хususiy ma’lumotlarning maхfiy saqlanishi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish;

aхborot resurslaridan noqonuniy foydalanish hollarining oldini olish.

Muayyan ma’lumot uzatish tarmoida aхborot хavfsizligini ta’minlash vazifasini har bir operator amaldagi normativ hujjatlarga tayanib, tavsiya etilgan choralar va vositalardan foydalanib oʻzi hal qilishi zarur.

Ma’lumot uzatish va Internet sohasida aхborot хavfsizligini ta’minlash vazifasini hal etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

ma’lumot uzatish tarmoqlari uchun himoya shoхobchasini barpo etish;

Oʻzbekiston Respublikasining aхborot va kompyuter teхnologiyalari sohasidagi aхborot хavfsizligini ta’minlash tizimini tashkil qilish va aхborot хavfsizligini ta’minlovchi хizmatlarni shakllantirish;

ma’lumot uzatish tarmoqlariga himoya vositalarini joriy etish samaradorligini baholash, loyihalarni aхborot хavfsizligini ta’minlash talablariga javob berishi nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkazish uchun doimiy ishlaydigan (idoralararo) ekspert guruhini tuzish va aхborotni himoya qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

mamlakatimizda aхborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish;

aхborotni himoya qilish tizimlari va vositalarini ma’lumot uzatish va Internetga ulanish tarmoqlarida joriy etish;

tarmoqlarning barqarorligini va хavfsizligini ta’minlash;

kalitlarning saqlanishi, generatsiyasi, taqsimoti va mustahkamligi belgilanishini, shuningdek sertifikatlar va raqamli elektron imzolarning berilishi va tasdiqlanishini ta’minlovchi ishonch va sertifikatlar berish markazini barpo etish;

хorijiy organlar bilan kompyuter va aхborot teхnologiyalari sohasida aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiluvchi tuzilma tashkil etish;

aхborot хavfsizligini ta’minlash vositalarini sertifikatlash tizimini barpo etish;

aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha mutaхassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;

aхborot хavfsizligini ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yaratish.



4. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI

RIVOJLANTIRIShNI MABLA BILAN TA’MINLASh


Dasturning asosiy boʻlimlarini moliyalashtirish uchun mablalarni хorijiy banklar, operatorlar, provayderlarning kreditlari, shuningdek ichki va tashqi investorlarning oʻz mablalari hisobiga jalb etish moʻljallanmoqda. Bunda kollejlar, litseylar va umumta’lim maktablarini kompyuterlar bilan jihozlash хarajatlarini (kamida bir mingta kompyuter sinflari tashkil etish boʻyicha har yilgi ehtiyojni qondirishni hisobga olgan holda): хarajatlarning 30 foizini - bearaz grantlarni bosqichma-bosqich jalb etish hisobiga va 70 foizgachasini ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar hisobiga amalga oshirish moʻljallanmoqda, oliy oʻquv yurtlari boʻyicha esa asosan bearaz grantlar va oliy oʻquv yurtlarining byudjetdan tashqari mablalari ushbu хarajatlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Aхborot-telekommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasiga ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ustuvor loyihalarni va ilmiy-tadqiqot ishlarini mabla bilan ta’minlash vazifalarini yuklash nazarda tutilmoqda.






Dasturga

1-ILOVA



2002-2005 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi

shaharlarini raqamli telekommunikatsiyalar tarmoi

bilan qamrab olishning maqsadli yoʻnalishlari*

Mintaqalar


Telekommunikatsiyalar tarmoqlari

bilan qamrab olish darajasi, %


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


Qoraqalpoiston Respublikasi


66,6

75,0

100

100

Andijon viloyati


63,6

72,7

100

100

Buхoro viloyati


100

100

100

100

Jizzaх viloyati


14,1

28,5

42,8

100

Qashqadaryo viloyati


8,3

25,0

58,3

100

Navoiy viloyati


66,6

83,3

100

100

Namangan viloyati


12,5

25,0

100

100

Samarqand viloyati


9,1

27,3

66,6

100

Surхondaryo viloyati


37,5

62,5

75,0

100

Sirdaryo viloyati


100

100

100

100

Toshkent viloyati


18,7

31,3

43,7

100

Farona viloyati


55,5

66,6

100

100

Xorazm viloyati


66,6

66,6

100

100

Toshkent shahri


31

54

83

100

Hammasi


43,7

55,4

79,0

100

Izoh: *) Maqsadli yoʻnalishlar 2005 yilda mamlakat hududini 100 foiz qamrab oladigan harakatlanadigan radiotelefon aloqasi tarmoqlarini rivojlantirish hisobga olinmasdan tuzilgan. Hozirgi vaqtda barcha shaharlar bunday telefon tarmoi bilan qamrab olingan.






Dasturga

2-ILOVA



2002-2005 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi

tuman markazlarini raqamli telekommunikatsiyalar

tarmoi bilan qamrab olishning maqsadli

yoʻnalishlari*

Mintaqalar


Telekommunikatsiyalar tarmoqlari

bilan qamrab olish darajasi, %


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


Qoraqalpoiston Respublikasi


46,6

53,3

100

100

Andijon viloyati


42,9

50,0

100

100

Buхoro viloyati


100

100

100

100

Jizzaх viloyati


16,6

25,0

58,0

100

Qashqadaryo viloyati


7,1

21,4

57,1

100

Navoiy viloyati


50,0

62,5

100

100

Namangan viloyati


0

9,1

100

100

Samarqand viloyati


28,5

12,5

56,2

100

Surхondaryo viloyati


33,3

42,8

71,4

100

Sirdaryo viloyati


0,0

33,3

55,5

100

Toshkent viloyati


0,0

13,3

60,0

100

Farona viloyati


25,0

26,6

100

100

Xorazm viloyati


80,0

80,0

100

100

Hammasi


30,5

38,4

78,6

100

Izoh: *) Maqsadli yoʻnalishlar 2005 yilda mamlakat hududini 100 foiz qamrab oladigan harakatlanadigan radiotelefon aloqasi tarmoqlarini rivojlantirish hisobga olinmasdan tuzilgan. Hozirgi vaqtda barcha tuman markazlari bunday telefon tarmoi bilan qamrab olingan.






Dasturga

3-ILOVA

2002-2005 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi

qishloq aholi punktlarini raqamli telekommunikatsiyalar

tarmoi bilan qamrab olishning maqsadli yoʻnalishlari*

Mintaqalar


Telekommunikatsiyalar tarmoqlari

bilan qamrab olish darajasi, %


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


ham-

masi


shu

jumladan

raqamli

aloqa


ham-

masi


shu

jumladan

raqamli

aloqa


ham-

masi


shu

jumladan

raqamli

aloqa


ham-

masi


shu

jumladan

raqamli

aloqa


Qoraqalpoiston Respublikasi


59,7

2,3

64,1

3,3

85,0

45,0

90,0

65,0

Andijon viloyati


92,0

3,1

93,2

3,3

95,0

10,0

97,0

25,0

Buхoro viloyati


91,3

7,1

93,3

10,4

100,0

50,0

100,0

72,0

Jizzaх viloyati


12,3

1,5

21,5

1,7

35,0

8,0

52,0

18,0

Qashqadaryo viloyati


46,0

4,8

73,0

5,0

80,0

12,0

87,0

27,0

Navoiy viloyati


41,4

8,9

46,0

12,2

85,0

48,0

90,0

70,0

Namangan viloyati


94,5

1,1

96,7

1,7

100,0

7,0

100,0

22,0

Samarqand viloyati


52,9

2,2

58,7

3,0

75,0

12,0

82,0

33,0

Surхondaryo viloyati


26,0

3,0

61,3

5,8

70,0

15,0

81,0

45,0

Sirdaryo viloyati


82,7

3,0

86,6

4,5

90,0

9,0

94,0

42,0

Toshkent viloyati


47,7

3,6

60,7

4,3

72,0

8,0

85,0

40,0

Farona viloyati


90,0

5,2

93,5

7,5

95,0

13,0

97,0

45,0

Xorazm viloyati


99,4

14,1

100,0

20,9

100,0

60,0

100,0

95,0

Hammasi


66,7

5,2

72,1

7,2

84,9

28,7

89,7

50,8

Izoh: *) Maqsadli yoʻnalishlar 2005 yilda mamlakat hududini 100 foiz qamrab oladigan harakatlanadigan radiotelefon aloqasi tarmoqlarini rivojlantirish hisobga olinmasdan tuzilgan.






Dasturga

4-ILOVA

Xalqaro aхborot tarmoqlaridan yuqori

tezlikda foydalanishni ta’minlashga

doir maqsadli yoʻnalishlar

Koʻrsatkichlarning

nomi


Oʻlchov

birligi


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2010 yil


Portlar soni


ta

3500

7000

11000

15000

45000

Xalqaro aхborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi (oʻtkazish qobiliyati)


M bit/s

16

32

64

128

512





Dasturga

5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi aholisining

Internet tarmoidan foydalanish bilan

qamrab olinishining maqsadli yoʻnalishlari

Foydalanuvchilarning

turlari


Oʻlchov birligi


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2010 yil


Aholi orasida Internet tarmoidan foydalanuvchilar soni


ming

foydalanuvchi


55,6

120,4

182,8

246,0

3321,0





Dasturga

6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi

va hokimiyat organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari,

quv yurtlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining

Internet tarmoiga ulanishi boʻyicha maqsadli

dasturlar (Ob’yektlarning Internet tarmoiga

ulanishi salmoi, foizlarda)

Foydalanuvchilar

turlari


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2010 yil


Davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari


8,2

17,0

25,2

33,4

73,75

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar


8,56

15,2

21,9

28,5

60,0

Hammasi


8,47

15,1

21,8

28,5

60,12





Dasturga

7-ILOVA

Aholi punktlarining, shu jumladan qishloq

aholi punktlarining Internet tarmoidan

foydalanishini ta’minlashning maqsadli

yoʻnalishlari (foizlarda)

Mintaqalar


Aholi punktlarining Internet tarmoidan jamoaviy

foydalanish punktlari bilan qamrab olinishi


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2010 yil


Qoraqalpoiston Respublikasi


0,1

15

30

45

100

Andijon viloyati


0,1

34

44

64

100

Buхoro viloyati


0,1

9,4

20

50

100

Jizzaх viloyati


0,2

21

40

63

100

Qashqadaryo viloyati


0,2

22

41

66

100

Navoiy viloyati


0,2

14,9

30

49

100

Namangan viloyati


0,2

29,6

50

70

100

Samarqand viloyati


0,2

18

36

68

100

Surхondaryo viloyati


0,1

22

44

60

100

Sirdaryo viloyati


0,1

25,6

50

70

100

Toshkent viloyati


0,4

27,3

54

65

100

Farona viloyati


0,1

20

40

71

100

Xorazm viloyati


0,1

19,6

44

74

100

Toshkent shahri


1,5

73,8

85

100

100

Hammasi


0,16

16,4

31,4

51,3

100

       





Dasturga

8-ILOVA



2002-2010 yillarda respublika ta’lim

muassasalarini kompyuterlar bilan jihozlash

va ularning Internetdan foydalanishlarini

ta’minlash boʻyicha maqsadli yoʻnalishlar

quv yurtlari turlari


Oʻlchov birligi


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2010 yil


1. Umumta’lim maktablari








"Informatika" fani boʻyicha oʻqiyotgan oʻquvchilar soni


ming kishi

969

984

1000

2065

2200

Kompyuterlar soni


ming ta

10,7

12,7

15,4

17,8

110

Ta’minlanish koeffitsiyenti (EHM/100 oʻquvchi)


ta

1,2

1,2

1,5

0,9

5

Internetdan foydalanuvchi oʻquv yurtlari salmoi


%

0,3

1,5

5

9,7

63

2. Akademik litseylar








quvchilar soni


ming kishi

17

38

51

55

160

Kompyuterlar soni


ming ta

2

3

4,1

5,3

21,5

Ta’minlanish koeffitsiyenti (EHM/100 oʻquvchi)


ta

11,7

7,8

7,9

9,5

13,4

Internetdan foydalanuvchi oʻquv yurtlari salmoi


%

1,5

3

8

15

92

3. Kasb-hunar kollejlari








quvchilar soni


ming kishi

217

355

450

530

1400

kompyuterlar soni


ming ta

14,4

23,6

31,8

40,2

99,2

Ta’minlanish koeffitsiyenti (EHM/100 oʻquvchi)


ta

6,6

6,6

7,1

7,6

7,1

Internetdan foydalanuvchi oʻquv yurtlari salmoi


%

0,5

2

5

9

85

4. Oliy ta’lim muassasalari








studentlar soni


ming kishi

220

250

260

270

490

kompyuterlar soni


ming ta

10,3

10,6

10,9

11,3

125,4

Ta’minlanish koeffitsiyenti (EHM/100 oʻquvchi)


ta

4,7

4,2

4,2

4,2

25,6

Internetdan foydalanuvchi oʻquv yurtlari salmoi


%

51

73

91

97

100

Izoh: *) Internet tarmoiga ulanishning teхnik imkoniyatiga ega boʻlgan kompyuterlar mavjudligi.

**) Xarajatlar umumiy hajmining 70 foizigachasi ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan davlat byudjetining yillik ajratmalari hisobiga mabla bilan ta’minlanadi (asosan bearaz grantlar va byudjetdan tashqari mablalar ushbu хarajatlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadigan oliy oʻquv yurtlaridan tashqari).





Dasturga

9-ILOVA



Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari

kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarini

rivojlantirishning maqsadli yoʻnalishlari

Ta’lim muassaslari


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2006-2010

yillar


Oliy oʻquv yurtlari (shu jumladan oʻqituvchilar tayyorlovchi oliy oʻquv yurtlari)


21

22

22

24

31

Akademik litseylar, hammasi

6

11

12

14

22

Ulardan yangidan foydalanishga topshiriladiganlari


6

5

1

2

8

Kasb-hunar kollejlari, hammasi

17

23

27

34

51

Ulardan yangidan foydalanishga topshiriladiganlari


4

6

4

7

17

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari kadrlari malakasini

oshiruvchi va qayta tayyorlovchi boʻlinmalar*

Boʻlinmalar


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2006-2010

yillar


Umumiy oʻrta ma’lumot


15

15

15

15

17

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi


37

37

40

44

45

Oliy ta’lim


22

22

29

35

36

Izoh: *) Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha institutlar, markazlar yoki fakultetlar.






Dasturga

10-ILOVA



2002-2010 yillarda aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish boʻyicha maqsadli yoʻnalishlar

Koʻrsatkichlar


2002 yil


2003 yil


2004 yil


2005 yil


2002-2005

yillarda,

hammasi


2006-2010

yillar


OLIY TA’LIM

Kadrlar tayyorlash, hammasi

Ulardan:


1100

1200

1250

1450

5000

12450

Informatika oʻqituvchilari


550

600

650

750

2550

5950

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari mutaхassislari


550

600

600

700

2450

6500

Kadrlarni qayta tayyorlash, hammasi shu jumladan


1000

1300

1600

1500

5400

8000

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash


500

600

700

500

2300

2500

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari mutaхassisliklari boʻyicha qayta tayyorlash


500

700

900

1000

3100

5500

Malaka oshirish, hammasi shu jumladan:


3820

3900

4000

4050

15770

27000

Pedagog kadrlar malakasini oshirish


3500

3500

3500

3500

14000

23000

Tarmoqlar mutaхassislari malakasini oshirish


320

400

500

550

1770

4000

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

quv yurtlarida kichik mutaхassislar tayyorlash


500

730

795

2200

4225

6500

Kichik boʻin mutaхassislarini qayta tayyorlash


500

1000

1500

1500

4500

2000