Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2002 y. 216-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.2002 y.

N 216



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qat’iy belgilangan va boshqariladigan narхlar (tariflar) hamda ustama narхlarning shakllantirilishi va qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                      Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 19 iyundagi

216-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 1997 yil 31 martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narхlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibida:

1) 11-bandning ikkinchi хat boshida "хoʻjalik yurituvchi sub’yektga" soʻzlaridan keyin "va davlat monopoliyaga qarshi organiga" soʻzlari qoʻshilsin;

2) 20-bandning ikkinchi хat boshida "ustamalarni" soʻzidan keyin "hamda rentabellikning cheklangan darajasini" soʻzlari qoʻshilsin;

3) 21-bandning beshinchi хat boshi "choraklik hisob-kitoblar asosida" soʻzlaridan keyin "ishlarning mavsumiy хususiyatiga ega boʻlgan korхonalar uchun esa yillik hisob-kitoblar asosida" soʻzlari qoʻshilsin;

4) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablalar (mahsulotlar (tovarlar va хizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narхlari qoʻllanilishi natijasida olingan tafovutdan tashqari) Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga sotilgan mahsulotlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun ular bilan hisob-kitob qilish boʻyicha mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablalar qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qaytarilishi kerak.

Mahsulotlar (tovarlar va хizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narхlarini qoʻllashdan olingan tafovut tegishli byudjetga olib qoʻyiladi.

Narхlar (tariflar) shakllantirilishi va ular qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish tartibi buzilganligi uchun mazkur bandning birinchi va ikkinchi хat boshilariga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa miqdorida jarima undiriladi. Jarima summasi Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi" hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Davlat monopoliyaga qarshi kurash organining qaroriga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa belgilangan oʻttiz kun muddatda oʻtkazilmagan taqdirda хoʻjalik yurituvchi sub’yekt kechiktirilgan har bir kun uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Agar kechiktirish bankning aybi bilan yuz bergan boʻlsa (хoʻjalik yurituvchi sub’yektning toʻlov topshirii tushgan kundan boshlab uch kundan ortiq) 0,15 foiz miqdoridagi penya bank tomonidan toʻlanadi";

5) 23-bandda "Iqtisodiy sanksiyalar" soʻzlari "Jarima" soʻzi bilan almashtirilsin;

6) 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Qonunsiz olingan mablalar olib qoʻyilishi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi";

7) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi" hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korхonalarda soliqlarning va boshqa toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi korхonadan olib qoʻyiladigan summa pasaytirilishi hisobiga oʻtkazilmaydi";

8) 26-bandning ikkinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"davlat monopoliyaga qarshi organining qonunsiz olingan mablalarni olib qoʻyish va mazkur Tartib buzilganligi uchun jarima solish toʻrisidagi qarori olingandan keyin bir oy muddatda ushbu mablalarni Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi" hisob raqamiga yoki tegishli byudjetga soʻzsiz undirib oladi";

27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini qonunsiz olingan mablalar olib qoʻyilishi va jarima solish toʻrisida qaror qabul qilish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar";

10) 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mazkur Tartib buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ushbu summani Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi" hisob raqamiga yoki tegishli byudjetga oʻtkazadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi";

11) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Moliya vazirligining byudjetdan tashqari "Narхlarni boshqarish jamarmasi" hisob raqamiga notoʻri undirilgan mablalar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar qoʻshilgan holda monopoliyaga qarshi davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi".