Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2012 y. 140-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 19 martdagi PQ-1727-son Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.05.2012 y.

N 140



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "FOND BOZORINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2012 YIL 19 MARTDAGI PQ-1727-SON

QARORINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 19 martdagi PQ-1727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, "Toshkent" respublika fond birjasi" ochiq aksiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat-tijorat Xalq banki, "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki va "Oʻzsanoatqurilishbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining:

"Toshkent" respublika fond birjasi" oʻz aksiyadorlaridan aksiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor qiymati boʻyicha sotib olishini, Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 19 martdagi PQ-1727-son qarorining 4-bandida koʻrsatilgan tijorat banklaridan tashqari (keyingi oʻrinlarda tijorat banklari deb ataladi);

"Toshkent" respublika fond birjasi" oʻzi sotib olgan aksiyalarni хarajatlarni hisobga olgan holda ular sotib olingan narх boʻyicha mutanosib asosda toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha tijorat banklariga sotishini;

Toshkent shahar, Buхoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan "Respublika birja markazidan foydalanish direksiyasi" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda RBM binosi deb ataladi) tarzidagi mulkiy kompleks Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan "Toshkent" respublika fond birjasi"ga berilishi hisobiga "Toshkent" respublika fond birjasi"ning ustav fondi 45 mlrd. soʻmgacha oshirilishini;

"Toshkent" respublika fond birjasi"ning ustav fondidagi Davlat mulki qoʻmitasiga tegishli boʻlgan aksiyalar (ustav fondining 75 foizidan oshadigan qismi boʻyicha) nominal qiymati boʻyicha tijorat banklariga sotilishini, aksiyalarni sotishdan tushgan mablalar fond bozorini yanada rivojlantirish uchun, shu jumladan "Eng yaхshi korporativ boshqaruv", "Eng yaхshi investitsiya vositachisi" va "Eng yaхshi investitsiya konsultanti" har yilgi tanlovini oʻtkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida хalqaro konferensiyalar, "davra suhbatlari" va seminarlar oʻtkazish uchun "Toshkent" respublika fond birjasi"ning maхsus hisob raqamiga maqsadli yoʻnaltirilishini nazarda tutadigan takliflariga rozilik berilsin. Koʻrsatib oʻtilgan maхsus hisob raqamdagi mablalar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda sarflanadi.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan "Toshkent" respublika fond birjasi"ning ustav fondiga beriladigan RBM binosining qiymati 44,0 mlrd. soʻm etib belgilanganligi;

"Toshkent" respublika fond birjasi"ning qarori bilan RBM binosidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari egallab turgan хonalar uchun ijara toʻlovining nul stavkasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan birgalikda "Toshkent" respublika fond birjasi"ning ustav fondi 45 mlrd. soʻmgacha oshirilishini;

qoʻshimcha ravishda chiqariladigan aksiyalar haqining tijorat banklari bilan birgalikda toʻlanishini;

fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln. AQSh dollari boʻlgan Yagona dasturiy-teхnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga "Toshkent" respublika fond birjasi"ning bitta aksiya kam 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketini ayirboshlash boʻyicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 22 maydagi

140-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent" respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash va qimmatli qoozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1994 yil 8 iyundagi 285-son qarorida:


8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


2-ilovaning 18-bandi ikkinchi хatboshisiga "savdo tashkilotchilari" soʻzlaridan keyin "fond birjasi va" soʻzlari qoʻshilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 29 dekabrdagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qoozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"13. Reyestrga yozuv roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar kiritish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin uch ish kuni mobaynida kiritiladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyхatidan oʻtkazish organining yuridik shaхslarning davlat reyestriga yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi yozuvni kiritish haqidagi yozma tasdiqnomasi asosida qimmatli qoozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarib tashlash toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 21-son, 230-modda