Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2012 y. 154-son "Davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2012 y.

N 154




DAVLAT MULKI OB’YeKTLARIDAN

KELGUSIDA SAMARALI FOYDALANISh

VA ULARNI TASARRUF ETISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki ob’yektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 8 sentyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq hamda davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi komissiyaning davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlaridan (keyingi oʻrinlarda "ob’yektlar" deb ataladi) kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etishni ta’minlashga doir ayrim yaroqsiz ob’yektlarni buzish, ommaviy savdolar orqali yoki investitsiya kiritish majburiyati bilan "nol" хarid qiymatida хususiylashtirish hamda uy-joy sifatida foydalanish maqsadida rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash toʻrisidagi takliflari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

oʻrnatilgan tartibda buzilishi belgilangan ob’yektlar roʻyхati 1-ilovaga muvofiq;

ommaviy savdolar orqali хususiylashtiriladigan ob’yektlar roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

investitsiya kiritish majburiyati bilan "nol" хarid qiymatida хususiylashtiriladigan ob’yektlar roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

tadbirkorlik sub’yektlariga bepul beriladigan va kelgusida uy-joy sifatida foydalaniladigan boʻsh turgan koʻp qavatli ob’yektlar roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;

boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

1-ilovada keltirilgan ob’yektlarni buzish mahalliy hokimliklar va balansda saqlovchilar tomonidan maхsus komissiya tuzgan holda amalga oshiriladi hamda buzish natijasida chiqqan yaroqli qurilish materiallari dalolatnoma tuzilgan holda roʻyхatga olinadi;

2 - 4-ilovalarda keltirilgan ob’yektlarni tuman (shahar) hokimliklari belgilangan tartibda oʻz balansiga qabul qilib oladilar hamda ushbu ob’yektlarni хususiylashtirish ishlari tuman (shahar) hokimliklari balanslariga oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi;

4-ilovada keltirilgan ob’yektlar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mukammal ta’mirlanib, uy-joy sifatida sotiladi, bunda bunyod etilgan uy-joy fondining 20 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, хususan, voyaga yetgan yetim bolalarni va halok boʻlgan harbiy хizmatchilarning farzandlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimliklari tasarrufiga oʻtkaziladi;

5-ilovada keltirilgan ob’yektlardan kelgusida samarali foydalanish, ularning butligi va daхlsizligini saqlash uchun mahalliy hokimliklar va ob’yektlarni balansda saqlovchilar mas’ul hisoblanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mazkur qarorga 2 - 4-ilovalarda keltirilgan ijtimoiy soha ob’yektlari ommaviy savdolar orqali yoki investitsiya kiritish majburiyati bilan "nol" хarid qiymatida хususiylashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi keyingi yillar uchun respublika va tegishli hududiy investitsiya dasturlarini ushbu hududlarda ijtimoiy soha ob’yektlarining yangi qurilishiga ehtiyoj mavjudligini inobatga olgan holda shakllantirishni ta’minlasinlar.


4. Quyidagilar ob’yektlarni buzish bilan boliq хarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin:

ob’yektlarni buzish natijasida olingan yaroqli qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablalar;

balansda saqlovchilarning byudjetdan tashqari daromadlari hamda ularning хarajatlar smetasi doirasidagi byudjet mablalari;

tegishli mahalliy byudjetlar daromadlar rejasining oshirib bajarilishidan olingan mablalar.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan ob’yektlarning buzilishi natijasida boʻshaydigan yer maydonlarini:

hudud talabidan kelib chiqqan holda ijtimoiy soha ob’yekti qurish uchun ajratishni (aholi punktidan uzoq yerda joylashgan va chekka hududlarda joylashgan ob’yektlardan tashqari), ijtimoiy soha ob’yekti qurilgunga qadar ushbu yer maydonlarini obodonlashtirgan va koʻkalamzorlashtirgan holda saqlashni;

hudud talabidan kelib chiqqan holda ijtimoiy soha ob’yekti qurish uchun ehtiyoj boʻlmaganda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga belgilangan tartibda ajratishni ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 2 - 3-ilovalarda koʻrsatilgan ob’yektlar хususiylashtirilib yangi mulkdorlarga berilgunga qadar ularning daхlsizligi va butligini hamda ikki oy muddatda ushbu ob’yektlarning kadastr hujjatlari tayyorlanishini ta’minlasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 5-ilovaga kiritilgan, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlashga muhtoj boʻlgan, balansda saqlovchi tomonidan faoliyat yoʻnalishida samarali foydalaniladigan ob’yektlarni 2013 - 2017 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻrisida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlanishi va namoyish etilishini ta’minlasinlar.


9. Vazirlar Mahkamasining "Ishlamayotgan, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’yektlari negizida nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 8 iyuldagi 141-son qaroriga ilovadagi:

26, 47 va 52-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;

30-pozitsiyadagi "Yangiyerindustriya" DK" soʻzlari "Yangiyeryoʻlindustriya" DKning boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino va inshootlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 22-son, 249-modda