Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2012 y. 173-son "Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.06.2012 y.

N 173



SPORT TERMA JAMOALARI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA

SPORT VA OMMAVIY JISMONIY TARBIYa

TADBIRLARINING KALENDAR REJASINI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2012 yil London shahri (Buyuk Britaniya)da boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi toʻrisida" 2009 yil 5 yanvardagi PQ-1029-son qarorini bajarish yuzasidan, sport terma jamoalarini tashkil etish va sport tadbirlarini oʻtkazish rejasini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Sport terma jamoalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 267-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 6-son, 44-modda