Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.04.2011 y. OʻRQ-284-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.03.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.03.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.04.2011 y.

N OʻRQ-284



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINING AYRIM MODDALARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA

(78, 80, 93, 96 va 98-MODDALARIGA)


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta sub’yekti: davlat boshlii - Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar oʻrtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 78-modda birinchi qismining 15-bandi "shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 80-moddaning 6-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va" degan soʻzlardan keyin:

"uning oʻrinbosarlarini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

"Hisob palatasi raisini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 93-modda birinchi qismining:


8-bandidagi "ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


12-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va" degan soʻzlardan keyin:

"uning oʻrinbosarlarini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

"Hisob palatasi raisini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


15-bandi "viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi" degan soʻzlardan oldin "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


16-bandi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 96-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"96-modda. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Qonunga toʻliq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi oʻtkaziladi";


5) 98-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"98-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpoiston Respublikasi hukumatining boshlii Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaхsan javobgar boʻladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriiga binoan хalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.

Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqqanidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 19 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 16-son, 159-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 4-son, 100-modda.