Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2002 y. 269-son "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.07.2002 y.

N 269



MADANIY MEROS OB’YeKTLARINI MUHOFAZA

QILISh VA ULARDAN FOYDALANIShNI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish hamda tartibga solish, tariх va madaniyat yodgorliklarini har tomonlama oʻrganish, ommalashtirish va tarib qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Qoʻyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros ob’yektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;

Madaniy meros ob’yektlarining tariхiy-madaniy ekspertizasi toʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Madaniy yodgorliklar ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga aylantirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi:

bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tuzilmasini va bosh boshqarma toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda davlat muhofazasida boʻlgan madaniy meros ob’yektlarini 2003 yil 1 aprelgacha хatlovdan oʻtkazsin hamda ularni belgilangan tartibda Madaniy meros ob’yektlari davlat kadastriga kiritsin;

Madaniyat ishlari vazirligining Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi iхtiyoriga beriladigan tashkilotlar va ob’yektlar roʻyхati yuzasidan 2003 yil 1 maygacha takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiya bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida arхeologik qazish va qidirish ishlarini amalga oshirish toʻrisidagi yoʻriqnomani bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Oʻ. Sultonov





Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 29 iyuldagi

269-son qaroriga

5-ILOVA



I. Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyхati


1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Respublikada moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash va qayta tiklashni yanada yaхshilash chora-tadbirlari hamda yodgorliklar va monumentlarning loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi toʻrisida" 1968 yil 30 avgustdagi 415-son qarori (OʻzSSR QT, 1968 y., 6-son, 52-modda)ning 1, 6-bandlari, 7-bandning "a" va "v" kichik bandlari.


2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Arхitektura va arхeologiya yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash, hisobga olish va konservatsiya qilishni yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1973 yil 9 avgustdagi 339-son qarorining 1,7,9 va 11-bandlari.


3. Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Respublika moddiy madaniyat yodgorliklarini saqlash va qayta tiklashni boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1979 yil 24 fevraldagi 149-son qarori 1-bandining uchinchi хat boshi, 4-bandi, 11-bandining "g" kichik bandi, 12-15 va 17-bandlari, shuningdek mazkur qarorga 1-ilova.


4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligining Madaniyat va tasviriy san’at yodgorliklarini saqlash va qayta tiklash, ulardan foydalanish, yangi yodgorliklar va monumentlarni qurish, ta’mirlash ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1979 yil 30 avgustdagi 612-son qarori (OʻzSSR QT, 1979 y., 8-son, 33-modda).


5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "SSSR Ministrlar Sovetining "Tariх va madaniyat yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1982 yil 16 sentyabrdagi 865-son qarori" yuzasidan 1982 yil 1 oktyabrdagi 663-son qarori (OʻzSSR QT, 1982 y., 10-son, 36-modda).


6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston tariх va madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyatining Ustavi toʻrisida" 1986 yil 19 dekabrdagi 598-son qarori (OʻzSSR QT, 1986 y., 12-son, 50-modda).


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., 7-son, 45-modda