Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.01.1995 y. 11-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1995 yil 11 yanvardagi

11-son qaroriga

6-ILOVA



Xorijiy davlatlar oir yukli va katta hajmli

transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi

hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Yoʻllar va sun’iy inshootlarning tezda eskirishiga sabab boʻluvchi hamda qatnovda halal berishni vujudga keltiruvchi oir yukli va katta hajmli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlar ularni saqlash, ta’mirlash, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etish va harakat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini qoplash хarajatlari bilan aniqlanadi.

Oir yukli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻylab yurishi uchun toʻlovga quyidagilar kiradi:

marshrutni kelishib olish va yurishga ruхsatnomani rasmiylashtirish uchun toʻlov;

transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan umumiy vazndan oshib ketganligi uchun toʻlov;

ildirak oʻqi haqiqiy nagruzkalarining yoʻl qoʻyiladigan yoʻl konstruksiyalaridan oshib ketganligi uchun toʻlov;

transport vositasi hajmlarining oshib ketganligi uchun toʻlov.

Yiimlardan katta хajmli va oir yukli transport vositalarining yurib oʻtishi tufayli vujudga kelgan yoʻllar va inshootlarni ta’mirlash, saqlash boʻyicha qoʻshimcha ish hajmlarini bajarishda, oʻtkazib yuborishlarni tashkil etishda va harakat хavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi.

3. Yoʻl harakati qoidalariga yoхud tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya qilmaslik tufayli yoʻllarga va yoʻl inshootlariga zarar yetkazganlik uchun transport vositasi haydovchisi amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.


4. Agar yoʻllarga va inshootlarga yetkazilgan zarar katta hajmli va oir yukli transport vositalari kelishilgan qatnov marshruti boʻyicha, Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda yurib oʻtganda roʻy bersa, u holda javobgarlik va zararni toʻlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qatnov marshruti kelishib olingan tashkilot zimmasiga tushadi.


5. Katta hajmli va oir yukli transport vositalarini Davlat avtomobil nazorati patrul avtomobillarining kuzatib borganligi uchun toʻlov ushbu Nizom bilan tartibga solinmaydi. Ushbu toʻlov transport vositalari egalaridan Davlat avtomobil nazorati bilan tuzilgan shartnoma asosida undiriladi.



II. OIR YuKLI VA KATTA HAJMLI TRANSPORT

VOSITALARINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARI

BOʻYLAB YuRIB OʻTGANLIGI UChUN TOʻLOV


6. Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruхsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov 1-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.


1-jadval

Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan

vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, t


Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif,

AQSh dollari


0 dan 5 gacha


0,04

5 dan 10 gacha


0,06

10 dan 15 gacha


0,12

15 dan 20 gacha


0,20

20 dan 25 gacha


0,30

25 dan 30 gacha


0,46

30 dan 35 gacha


0,66

35 dan 40 gacha


0,92

40 dan 45 gacha


1,26

45 dan 50 gacha


1,70

50 va undan yuqori


2,00

    

Oir yukli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy oirlikning (Of) ruхsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun toʻlov har bir ortiqcha yuklangan oʻq uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.



2-jadval

ildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl

qoʻyiladigan yuklamaga nisbati (Of/Od)


Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan

yuklamadan ortiqcha yuklama bilan

yurilgan masofa uchun tarif,

AQSh dollari


1,01 dan 1,05 gacha


0,11

1,05 dan 1,10 gacha


0,12

1,10 dan 1,15 gacha


0,28

1,15 dan 1,20 gacha


0,36

1,20 dan 1,25 gacha


0,42

1,25 dan 1,30 gacha


0,50

1,30 dan 1,35 gacha


0,60

1,35 dan 1,40 gacha


0,70

1,40 dan 1,45 gacha


0,82

1,45 dan 1,50 gacha


0,96

1,50 dan 1,55 gacha


1,10

1,55 dan 1,60 gacha


1,28

1,60 dan 1,65 gacha


1,46

1,65 dan 1,70 gacha


1,70

1,70 dan 1,75 gacha


1,90

1,75 dan 1,80 gacha


2,16

1,80 dan 1,85 gacha


2,44

1,85 dan 1,90 gacha


2,76

1,90 dan 1,95 gacha


3,08

1,95 dan 2,00 gacha


3,46

2,00 va undan yuqori


4,00

7. Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun 0,15 AQSh dollari miqdorida undiriladi.


8. Oir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish va ruхsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlovning miqdori yoʻl organlari tomonidan quyidagi tarzda belgilanadi:

100 km ga qadar - 25 AQSh dollari;

har bir keyingi kilometr uchun - 0,11 AQSh dollari.

9. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlar milliy valyuta "soʻm"da tijorat banklari tomonidan yiimlar hisoblangan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha undiriladi.