Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 18.08.2012 y. 24/12-son "Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 27.09.2012 y. 1291-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.09.2012 y.

N 1291-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

18.08.2012 y.

N 24/12


QARORI



Lombardlar faoliyatini litsenziyalash

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida


(2012 yil 7 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-sonli "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 29-son, 327-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003 yil 22 sentyabrdagi 23/3-sonli qarori (roʻyхat raqami 1291, 2003 yil 10 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2003 y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                              F. Mullajonov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 39-son, 464-modda