Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.07.1996 y. 256-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz markalarini joriy etishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.07.1996 y.

N 256



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDA AKSIZ MARKALARINI

JORIY ETIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh

BOʻYIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

TOʻFRISIDA


Aksiz solii toʻlovlarining toʻliqligini ta’minlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning noqonuniy keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash joriy etilsin va ularni aksiz markalarisiz sotish taqiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

"Goznak" davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar  uchun aksiz markalari namunalarini ishlab chiqsin hamda ularning nominal qiymatini belgilasin va tasdiqlash uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmmtasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga aksiz solii stavkalari miqdorlari boʻyicha taklifni hamda 15 kun muddatda zbekiston Respublikasi aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi Nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz markalarini joriy etishga tayyorgarlik koʻrishning tashkiliy-teхnik masalalarini oʻz vaqtida hal etish maqsadida:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1996 yil 10 avgustgacha "Goznak" davlat ishlab chiqarish birlashmasi fabrikasida Davlat soliq qoʻmitasi taqdim etgan buyurtmanomalar hajmlarida aksiz markalari tayyorlashni tashkil etsin;

"Agrobank" ATB" aksiz markalarini saqlash va berish uchun vakolatli bank etib belgilansin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ikki hafta muddatda aksiz markalarini saqlash va belgilangan tartibda berish uchun "Paхta-bank" bilan shartnoma tuzsin;

"Oʻzdavstandart" markazi bir hafta muddatda tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar standartlariga ularni aksiz markalari bilan markalashga oid oʻzgartirishlar kiritsin;

"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi, "OʻzBAT" aksionerlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996 yil 1 sentyabrgacha tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar taiyerlash korхonalarida, shuningdek, bojхona omborlarda aksiz markalarini yelimlovchi maхsus asbob-uskuna sotib olsinlar va oʻrnatsinlar. Pul-kredit siyosati byicha respublika komissiyasi ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan mablalarni konvertatsiya qilish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va hal qilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

respublika byudjetida bojхona хizmatlarini tegishli asbob uskunalar bilan jiхozlash uchun zarur mablalarni nazarda tutsin;

Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka va aksizlarni hisoblash va toʻlash tartibi trisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.


6. Qoraqalpoiston Respubpikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni vaqtincha saqlash hamda markalash uchun bojхona omborlari tarmoini kengaytirsinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar MahkamasiningRaisi                                     I. Karimov