Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.1995 y. PF-1084-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida хotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.03.1995 y.

N PF-1084



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT VA IJTIMOIY QURILIShIDA

XOTIN-QIZLARNING ROLINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga хotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza etilganligini kuchaytirish, shuningdek vazirliklar, idoralar, хududiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari yangi lavozimi joriy etilsin, uning zimmasiga хotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan boliq masalalarni boshqarish yuklansin. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi ayni paytda Bosh vazirniig oʻrinbosari etib tayinlanadi.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, hokimlarning oʻrinbosarlari lavozimlarini joriy etsinlar. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur lavozimlarni tegishli хotin-qizlar qoʻmitalarining raislari egallaydilar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy etiladigan lavozimlarni va ishchi organlarni ta’minlash uchun zarur mablalar ajratsin.


5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                I. Karimov