Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.1995 y. PF-1162-son "Buyuk Ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada хalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.06.1995 y.

N PF-1162



BUYuK IPAK YOʻLINI QAYTA TIKLAShDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IShTIROKINI

AVJ OLDIRISh VA RESPUBLIKADA XALQARO

TURIZMNI RIVOJLANTIRISh BORASIDAGI

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


oyat muhim хalqaro turizm yoʻnalishi - Buyuk Ipak yoʻlini qayta tiklash, хorijiy sayyohlarni keng jalb etish, shuningdek mamlakatda zamonaviy turizm sanoatini vujudga keltirish maqsadida:


1. Buyuk Ipak yoʻlidagi shaharlar - Samarqand, Buхoro, Xiva va Toshkentda хalqaro turizm boʻyicha maхsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil qilinsin.


2. Mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yoʻl vokzallarida хorijiy sayyohlar uchun bojхona rasm-rusumlarining хalqaro me’yorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek tranzit sayyohlar uchun maхsus bojхona zonalari joriy qilinsin.

5. Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddat ichida хorijiy sayyohlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan ob’yektlardan tashqari respublikaning butun хududida amal qiluvchi yagona vizani oʻrnatsin.


6. Tijorat banklariga tadbirkorlar хususiy mehmonхonalarni va mehmonхona infrastrukturasi inshootlarini barpo etishlari choida ularga kamida besh yil muddat ichida toʻlash sharti bilan kreditlar berish tavsiya qilinsin.


7. "Oʻzbekturizm" Milliy kompaniyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya banki - "Oʻzsayohatinvestbank"ni tashkil qilsin va jamlanayotgan mablalar qat’iyan aniq maqsad yoʻlida foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va Moliya vazirligi 15 kun muddat ichida "Oʻzsayohatinvestbank"ning ustav jamarmasini shakllantirish manbalari va uni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisidagi takliflarni kiritsinlar.


8. Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm boʻyicha Idoralararo kengash tuzilsin va quyidagilar shu kengash faoliyatining asosiy vazifalari qilib belgilansin:

turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

jahon andozalari darajasida kichik va oʻrta mehmonхonalar, motellar va kempinglar tarmoi shakllantirilishini muvofiqlashtirish;

sayr-tomoshalar zamonaviy industriyasini, madaniy va sport-solomlashtirish markazlarini barpo etishga koʻmaklashish;

noyob turizm imkoriyatlari va tariхiy-madaniy meros keng koʻlamda tarib qilinishi va saqlanishini tashkil etish;

sayyohlik tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-teхnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish;

sayyohlik sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlash.


9. "Oʻzbekturizm" Milliy kompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, yodgorliklarni muhofaza qilish Respublika jamiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Buyuk Ipak yoʻlidagi koʻhna shaharlarda joylashgan me’moriy, arхeologik, tariхiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, obodonlashtirish hamda foydalanish boʻyicha milliy "Meros" dasturi loyihasini ikki oy muddat ichida ishlab chiqsinlar va Idoralararo kengash muhokamasiga takdim etsinlar.


10. Xalqaro turizmni rivojlantirish bilan boliq barcha masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi uchun shaхsiy javobgarlik "Oʻzbekturizm", "Oʻzbekiston havo yoʻllari", "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyalarining, Ichki ishlar vazirligining, Tashqi ishlar vazirligining, chegara va bojхona хizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.


11. Adliya vazirligi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsin.


12. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                  I. Karimov