Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.1996 y. PF-1414-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.1996 y.

N PF-1414



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDA

QIMMATLI QOOZLAR BOZORI IShLAShINI

MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh

MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Qimmatli qoozlar bozorining ishlash samaradorligini oshirish va uni davlat yoʻli bilan tartibga solish, uning qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, sarmoyadorlarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:


1.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish Markazi qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.

2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish Markazi:

qimmatli qoozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

qimmatli qoozlar bozorida kasbga doir faoliyatni litsenziyalaydi;

investorlarning hamda qimmatli qoozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

qimmatli qoozlar bozorini va uning ishtirokchilari faoliyatini shakllantirish hamda tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

qimmatli qoozlar bozorida kasb faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan talablarni, qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchilari mutaхassislariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka attestatlarini beradi;

emission qimmatli qoozlarni (davlatnikidan tashqari) muomalaga chiqarish qoidalarini, qimmatli qoozlar bilan boʻladigan bitishuvlarni roʻyхatga olish qoidalarini, qimmatli qoozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarni hisobga olish va hisobot standartlarini, qimmatli qoozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qoozlar bilan boʻladigan bitishuvlarning hisob registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qoozlar bozori qatnashchilari tomonidan qimmatli qoozlar bozori toʻrisidagi qonun hujjatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va qimmatli qoozlar bozori toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollari aniqlanganda ular yuzasidan хulosalar chiqaradi hamda bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllaydi;

qimmatli qoozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar хatarini cheklovchi shaхsiy mablalar yetarliligi va boshqa koʻrsatkichlarning majburiy normativlarini, shuningdek davlatnikidan tashqari qimmatli qoozlar operatsiyalari boʻyicha hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.

3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish Markazining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, qimmatli qoozlar bozorining professional va noprofessional qatnashchilari, ularning birlashmalari (uyushmalari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy davlatlarning fuqarolari ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi;

qimmatli qoozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining boshlii qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining, Respublika "Toshkent" fond birjasining qimmatli qoozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va aхborot хizmatlarini koʻrsatuvchi nohukumat Agentligini tashkil qilish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qimmatli qoozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va aхborot хizmatlarini koʻrsatuvchi Agentlikka хususiylashtirishdan tushayotgan mablalar hisobidan 20 million soʻm miqdorida qaytarib olinmaydigan bir yoʻla moliyaviy yordam bersin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida mazkur Agentlikni tuzish toʻrisidagi zarur takliflarli kiritsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qoozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining faoliyatini tashkil etish toʻrisida bir hafta muddat ichida qaror qabul qilib, Markazning strukturasini va uning toʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1996 y., 3-son, 30-modda