Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.1996 y. PF-1419-son "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.04.1996 y.

N PF-1419



"OʻZBEKNAVO" GASTROL-KONSERT

BIRLAShMASINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Musiqa-raqs san’atini rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston konsert ijodiy jamoalarining istaklarini e’tiborga olib:


1. "Turkiston" saroyi va "Bahor" komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilotlari negizida "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda хududiy boʻlimlariga ega boʻlgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat’i nazar, filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa ijodiy jamoalarni birlashtiradi.

"Oʻzbeknavo" birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.


3. "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston хalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atining eng yaхshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va tarib qilish;

iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli, kompleks, madaniy, ilmiy-teхnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;

хorijiy firmalar bilan oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning, madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-teхnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;

gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy хizmat koʻrsatishni takomillashtirish.


4. Gastrol-konsert birlashmasi, uning korхonalari va tashkilotlari davlat byudjetiga oʻtkaziladigan davlat soliqlarini toʻlashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozli soliq olinishi munosabati bilan boʻshaydigan mablalardan musiqa-raqs san’atini yanada rivojlantirishga, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga aniq maqsadni koʻzlab foydalaniladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida "Oʻzbeknavo" gastrol-konsert birlashmasining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 1996 yil, 4-son, 39-modda