Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 85-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2012-37-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 06.12.2012 y. Qarori (AV tomonidan 12.12.2012 y. 2404-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.12.2012 y.

N 2404

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

06.12.2012 y.

N 85


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

06.12.2012 y.

N 2012-37


QARORI



Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida


(2013 yil 1 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 52-son, 569-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 81, 2011-39-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2301, 2011 yil 16 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 50-son, 540-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror 2013 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

       





Qarorga

ILOVA



Alkogolli mahsulotlar*

uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana

NARXLAR

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam

chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


2750

3350

Konyak, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


6250

7600

      

*) Pivodan tashqari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 50-son, 572-modda