Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2012 y. PQ-1886-son "Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.12.2012 y.

N PQ-1886



YaNGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI

BILAN DAM OLISh KUNLARINI

KOʻChIRISh TOʻRISIDA


Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


2012 yil 29 dekabr shanba va 30 dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012 yil 31 dekabr dushanba va 2013 yil 2 yanvar chorshanba kunlariga koʻchirilsin;


2012 yil 29 dekabr shanba va 30 dekabr yakshanba kunlari ish kunlari deb e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2012 yil, 12-son, 370-modda