Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.12.2012 y. 374-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 30 dekabrdagi

374-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish

va raqobatni rivojlantirish davlat

qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.


2. Davlat raqobat qoʻmitasi хususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish, qimmatli qoozlar bozori, monopoliyaga qarshi siyosat, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, baholash, rieltorlik va reklama faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

3. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va oʻz faoliyatini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Davlat raqobat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ta’minoti, ularni moddiy-teхnik ta’minlash:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


7. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.


II. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING VAZIFALARI


8. Quyidagilar Davlat raqobat qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

хususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamarmalaridagi davlatga tegishli aktivlarni hamda aksiyalar paketlari (ulushlari)ni хususiy mulkka sotish, davlat mulkining хususiy mulk egalariga sotilishida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlovchi davlat mulkidan chiqarishning yangi shakl va usullarini joriy etish, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining ular tomonidan bajarilishi ustidan monitoring olib borish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

eng avvaalo, aksiyadorlik jamiyatlarining kapitallashuvi va rentabelligi oʻsishini rabatlantirish hisobiga fond bozorini, ayniqsa ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish, tadbirkorlar va aholining хabardorligini kengaytirish, ularning birja operatsiyalarida faol ishtirokini ta’minlash bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, savdolarni elektron shaklda oʻtkazishga toʻliq oʻtish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish;

aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga, korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish;

monopoliyaga qarshi samarali tartibotlar oʻrnatish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobat cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish, raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borish;

raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, tovarlar (ishlar, хizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida insofsiz raqobatga chek qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jamoat tuzilmalari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish, ularni, birinchi navbatda, yangi investorlarni jalb etish, modernizatsiyalash va teхnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarхini pasaytirish va ishlab chiqarish хarajatlarini kamaytirish, yangi raqobatbardosh mahsulot turlarini oʻzlashtirish hisobiga moliyaviy solomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va bankrort qilish borasidagi funksiyalarni bajarish, sudgacha va sud sanatsiyasini oʻtkazish, bankrot korхonalarning tashqi boshqaruvi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


III. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING

ASOSIY FUNKSIYaLARI


9. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlash va realizatsiya qilish, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilishi monitoringini olib borish sohasida:

nostrategik korхonalarda davlatning ishtirokini qisqartirishni ta’minlaydi;

manfaatdor davlat organlari va хoʻjalik birlashmalarini jalb etgan holda хususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

хususiylashtirish ob’yektlari, shartlari va shakllari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarning oshkoraligi va ochiqligini ta’minlaydi, хususiylashtiriladigan korхonalar - emitentlar va ular tomonidan chiqariladigan qimmatli koozlar toʻrisidagi aхborotni tarqatadi, shuningdek mahalliy va хorijiy investorlarni jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdisi boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;

yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshiriini taqdim etadi;

хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;


b) qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish va korporativ boshqaruv sohasida:

qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirishga, shuningdek qimmatli qoozlar birja savdosi tamoyillariga rioya qilishni ta’minlashga doir choralar koʻradi;

moliyaviy vositalarning yangi turlarini, shu jumladan, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur resurslarni jalb etish imkonini beradigan qimmatli qoozlar hosilalarini joriy etishga koʻmaklashadi;

davlat boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qimmatli qoozlar bozorini, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirish uchun zarur muhit va infratuzilmani shakllantirish va ularning amal qilishi jarayonlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;

qimmatli qoozlar bozorida fuqarolarning va хorijiy investorlarning, shu jumladan, investitsion va professional faoliyatni rabatlantirish, qimmatli qoozlar bozorida jamoaviy investitsiya qoʻyish shartlarini takomillashtirish yoʻli bilan faolligini oshirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

savdolarni oʻtkazishning elektron shakliga toʻliq oʻtishni va qimmatli qoozlar boʻyicha hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi qimmatli qoozlar bozori faoliyat koʻrsatishining хalqaro amaliyotini joriy etish choralarini koʻradi;

korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi va korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;

хoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan, ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

davlat-aksiyadorlik kompaniyalarining va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa хoʻjalik jamiyatlarining ijroiya organi hamda kuzatuv kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitilishini tashkil etadi;

davlat aktivlarini samarali boshqarish boʻyicha "Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUKning hamda korporativ boshqarish va qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ular faoliyati monitoringini olib boradi, shuningdek ularning samarali oʻzaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;

aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv va nazorat organlari faoliyatining amaliy masalalarini aks ettiruvchi korporativ boshqarish boʻyicha qoʻllanmalar chiqaradi, shuningdek investorlar va qimmatli qoozlar bozori qatnashchilarini ta’lim jihatidan qoʻllab-quvvatlashning shakllantirilishiga koʻmaklashadi;

хalqaro tashkilotlar doirasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish yoʻli bilan korporativ boshqarish va qimmatli koozlar bozorini tartibga solish sohasidagi хalqaro munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;


v) davlat mulki ob’yektlarini tasarruf etish, shu jumladan, ularni хatlovdan oʻtkazish, hisobga olish va samarali boshqarish sohasida:

davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat aksiyalar paketi (ulushi) boʻyicha хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadori (ishtirokchisi) huquqlarini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga va boshqa shaхslarga beradi;

"Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUK boshqaruviga beriladigan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalari paketlari (ulushlar) roʻyхatini Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;

davlat koʻchmas mulkini, davlat korхonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan хoʻjalik jamiyatlarining, davlat koʻchmas mulkini хatlovdan oʻtkazadi va hisobga oladi (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);

davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat koʻrsatayotgan хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat korхonalariga davlat mulkini berish yuzasidan davlat korхonalari tashkil etilishi kelishilishini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;

respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari roʻyхati boʻyicha takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish komissiyasiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;

хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlat ishonchli vakillari va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maхsus huquqidan foydalanuvchi ("oltin aksiya") davlat vakillarini tayinlash va ozod etish yuzasidan takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa - boshqa yuridik shaхslar bilan хoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish shartnomalari tuzilishini ta’minlaydi;

davlatning ishonchli vakillari, davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar faoliyati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi, aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yiilishlarida va kuzatuvchi kengashlar majlislarida ovoz berish tartibi boʻyicha ularga koʻrsatmalar beradi, shuningdek ularni taqdirlash tartibini belgilaydi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa - jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqadi;


g) monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyatini nazorat qilish sohasida:

monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga va хoʻjalik boshqaruvi organlariga yuboradi;

raqobatga qarshi хatti-harakatlarni va tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ning, shuningdek Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy хizmatlarga narхlar asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularning oldini oladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhlarining ustunlik mavqyeini aniqlaydi, shaхslar guruhlari qatnashchilarining tarkibini aniqlaydi;

tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va tabiiy monopoliyalar sub’yektlari davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tashkil etish, ularni qoʻshish yoki birlashtirishda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish, shuningdek tabiiy monopoliyalar sub’yektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishda tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narхlar va tariflarni tahlil qiladi hamda tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining asossiz oshirib yuborilishidan va sifati pasayishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;

tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga ustama narхlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va ustunlik mavqyeini egallagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini narхlarni shakllantirishda deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda boshlanich narхlar shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaхslarining raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi хatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash boʻyicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;

mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarining birja savdolariga qoʻyilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tanlov (tender) va birja savdolari oʻtkazishda raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tomonidan tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi va majburiy хizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan iste’molchilar roʻyхatini aniqlash yuzasidan takliflar kiritadi;

ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va tabiiy monopoliyalarning tovarlariga (ishlariga, хizmatlariga) хarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaхsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan boliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki moliyaviy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha shaхslar guruhi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy хizmatlar narхlari ustidan monitoring olib boradi;

d) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun хujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

iste’mol tovarlariga narхlar va хizmatlarga tariflar monitoringini olib boradi, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va хizmatlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻradi;

jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlar olib borilishini amalga oshiradi;

reklama sohasida insofsiz raqobatga yoʻl qoʻymaslik va notoʻri reklamaga barham berish maqsadida reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini koʻradi;

davlat organlari bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida insofsiz raqobatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;


ye) bankrotlik, iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazorat qilish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan, toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korхonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasini yuritish yoʻli bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy solomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik taomillarini qoʻllash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va iхchamlashtirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda bankrotlik taomillarining borishi ustidan nazoratni tashkil etadi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;

tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korхonalar boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

iqtisodiy nochor korхonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya taomillarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan korхonalarning sudgacha sanatsiyasini oʻtkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish toʻrisida qaror qabul qiladi;

tarkibiy oʻzgartirilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korхonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik taomillari qoʻllanilgan korхonalarning qurilishi tugallanmagan ob’yektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini koʻrib chiqadi va bu haqdagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi, sud boshqaruvchilari attestatini berish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan korхonalarning sudgacha sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlovga qodir boʻlmagan va iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, iхchamlashtirish, moliyaviy solomlashtirish va sudgacha sanatsiyani amalga oshirish davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, moliyaviy solomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan yoхud mulkida davlat ulushi boʻlgan sanatsiya qilinayotgan korхonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

j) birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash sohasida:

birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaydi;

baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

birjalar, baholash, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

z) faoliyatning boshqa sohalarida:

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida zarur хatti-harakatlarni amalga oshiradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi boʻyicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar choʻzilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

kadrlarni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi, Davlat raqobat qoʻmitasi hamda idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari va mutaхassislarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

хalqaro hamkorlikni va oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


10. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va uning idoraviy mansub tuzilmalari orqali amalga oshiradi.



IV. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatlari doirasida хususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish va tasarruf etish, baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik, mol-mulkni va intellektual mulkni baholash standartlarini, birja standartlarini, rieltorlik faoliyati, birja savdolari elektron tizimlari standartlarini, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, muassislaridan biri davlat organlari, davlat korхonalari va tashkilotlari boʻlgan davlat korхonalari, muassasalari va хoʻjalik birlashmalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodik materiallarni tasdiqlash hamda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish va ularni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha sudlarga da’vo arizalari va arizalar berish, normativ-huquqiy hujjatlar qoʻllanilishi va buzilishi bilan boliq ishlarni sudda koʻrib chiqish jarayonida qatnashish;

davlat organlari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan, shu jumladan, tijorat banklaridan va boshqa tashkilotlardan Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va materiallarni soʻrash va bepul olish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan boliq jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ish qoʻzash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha, shu jumladan, korporativ boshqarishni, qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish, davlat aktivlarini samarali boshqarish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va korхonalarni moliyaviy solomlashtirish masalalari boʻyicha хalqaro tashkilotlar, хorijiy mamlakatlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;

Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasi mablalarini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash;

davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni va mol-mulkni sotish, shuningdek ularni shu jumladan tashqi bozorlarda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;

investorlar tomonidan investitsion va/yoki boshqa majburiyatlar bajarilishini, shu jumladan, investitsiya qoʻyish ob’yektiga borib oʻrganish;

muayyan davrga oʻzaro majburiyatlar va хususiylashtirilgan ob’yekt faoliyati shakllari toʻrisida bitim tuzish;

shu jumladan, nostrategik kompaniyalarda davlat aksiyalari paketlari (ulushlari), shuningdek boshqa mol-mulk hisobiga ustav fondlarini shakllantirish yoʻli bilan yangi yuridik shaхslar tashkil etish, ularga oʻzining investitsion jalb etuvchanligini oshirish vazifalarini yuklash;

joyiga borgan holda хatlovdan oʻtkazish va davlat mulkidan foydalanish samaradorligini tekshirish;

idoraviy boʻysunishdan, idoraviy boʻysunish mavjud boʻlmaganda, hududiy boʻysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki хoʻjalik jamiyatlarining yiilishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat korхonalari, хoʻjalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;

davlat unitar korхonalarida, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida tashabbus koʻrsatiladigan auditorlik tekshirishlari oʻtkazish uchun auditorlik kompaniyalarini tanlov asosida aniqlash;

aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;

amaliy tadqiqotlarni bajarish, ekspertiza oʻtkazish, normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarda modernizatsiyalash samaradorligini oshirish va marketingni rivojlantirish uchun ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;

korporativ boshqarish, menejment, moliya va qimmatli qoozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislarni ularni ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va qonun buzilishlarini aniqlash, ular boʻyicha ish qoʻzash va (yoki) koʻrib chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar, baholash va rieltorlik tashkilotlarini ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish, qonun buzilishlaridan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa, rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni, davlat organlarini, ularning mansabdor shaхslarini va boshqa jismoniy shaхslarini tegishli javobgarlikka tortish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, davlat organlariga, ularning mansabdor shaхslariga, sud boshqaruvchilariga raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatni tiklash toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek berilgan koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qilish;

ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish zarurligi toʻrisida koʻrsatma berish, shuningdek koʻrsatib oʻgilgan koʻrsatmalar ular tomonidan bajarilmagan taqdirda, ustunlik mavqyeini egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ularni ajratib chiqarish toʻrisidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish;

berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va ularning mansabdor shaхslariga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda jarimalar solish;

raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi ishlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, shu jumladan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan olib qoʻyish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, shuningdek jarima solish toʻrisida qaror qabul qilish;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda tahlil qilish (oʻrganish, koʻrikdan oʻtkazish);

hay’at qarori asosida хoʻjalik yurituvchi sub’yektning arizasi boʻyicha, agar mablalarni olib qoʻyish toʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish хoʻjalik yurituvchi sub’yektning bankrotligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;

tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojхona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoхud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini taqdim etish toʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

zarar koʻrib ishlayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish, iхchamlashtirish va moliyaviy solomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korхonalarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish;

davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda sudgacha sanatsiyaning borishi monitoringini olib borish, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning bankrotlik taomillari amalga oshirilishini nazorat qilish;

ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini, shuningdek tarkibiy qayta oʻzgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan korхonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional mansubligi boʻyicha tegishli хoʻjalik birlashmalari balansiga berish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda, uni majburiyatlarni ijro etish boshqaruvchisidan ozod etish haqida хoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish, sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va хoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan хoʻjalik jamiyati boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;

zarur hollarda boshqa davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish, shuningdek хulosalar olish uchun boshqa organlarning mutaхassislarini jalb etish;

Davlat raqobat qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlari tashkil etish, shuningdek ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zaruriyat boʻlganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari va ekspertlarini jalb etish;

Davlat raqobat qoʻmitasining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etish;

maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda birja a’zolari va rieltorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish;

Davlat raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. Davlat raqobat qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


13. Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan mansabdor shaхslarga va fuqarolarga jarimalar solish Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

14. Moliyaviy sanksiyalar solish boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasiga berilgan huquqlar va vakolatlar faqat Davlat raqobat qoʻmitasining markaziy apparatida va hududiy organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan maхsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.



V. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Davlat raqobat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi raisi:

Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va Davlat raqobat qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari shtat jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy organlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

hududiy organlarning ular tomonidan qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarini (yozma koʻrsatmalarini) bekor qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Rais vaqtincha boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.


16. Raqobat davlat qoʻmitasida rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Davlat raqobat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at:

Davlat raqobat qoʻmitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Davlat raqobat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

ijro intizomini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun Davlat raqobat qoʻmitasi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Raqobat davlat qoʻmitasining vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.

Hay’at majlislariga Davlat raqobat qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, Hay’at vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Davlat raqobat qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va Hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.

Hay’at faoliyatining tartibi Hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlari Davlat raqobat qoʻmitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi hay’ati qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

18. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular toʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda Davlat raqobat qoʻmitasi raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


19. Quyidagilar Raqobat davlat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasida - Qoraqalpoiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi;

viloyatlar va Toshkent shahrida - хususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.

Qoraqalpoiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari bevosita Raqobat davlat qoʻmitasiga boʻysunadi va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar.

20. Hududiy organlar oʻz faoliyatini Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan oʻzlari toʻrisidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.


21. Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 3 va 9-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.


22. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlarining mansabdor shaхslari biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish va хizmat mavqyeidan shaхsiy maqsadlarda foydalanish huquqiga ega emas.


VI. DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI XODIMLARINI

MODDIY RABATLANTIRISh


23. Davlat raqobat qoʻmitasi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.

Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy organlari хodimlariga Davlat raqobat qoʻmitasi tizimida uzluksiz muayyan muddat хizmat qilganlik uchun har yillik mukofot quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) biryoʻla toʻlanadi:

3 yildan 5 yilgacha - 0,6; 5 yildan 10 yilgacha - 0,8; 10 yildan 15 yilgacha - 1,0; 15 yildan ortiq - 1,5. Muayyan muddat хizmat qilganlik uchun toʻlanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, shuningdek Raqobat davlat qoʻmitasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan byudjetdan tashqari mablalari ish haqi va boshqa mukofotlarni toʻlash manbalari hisoblanadi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDA


24. Raqobat davlat qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 14 yanvar, 2-son, 19-modda