Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 1-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-1-son "Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida"gi 07.01.2013 y. Qarori (AV tomonidan 16.01.2013 y. 2412-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.01.2013 y.

N 2412

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

07.01.2013 y.

N 1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

07.01.2013 y.

N 2013-1


QARORI



Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati

tomonidan undirib olinadigan bir martalik yiimlar,

ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining

minimal miqdorlarini belgilash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-sonli "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 17-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yiimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012 yil 24 fevraldagi 22, 2012-13-sonli "Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yiimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2336, 2012 yil 6 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 10-son, 111-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 21 yanvar, 3-son, 37-modda