Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muхlislarning) oʻzini tutish Qoidalari (AV tomonidan 22.02.2013 y. 2430-son bilan roʻyхatga olingan madaniyat va sport ishlari vazirining 22.02.2013 y. 162-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 22 fevralda 2430-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

madaniyat va sport

ishlari vazirining

2013 yil 22 fevraldagi

162-son buyruiga

ILOVA



Futbol boʻyicha sport musobaqalarini

oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning

(muхlislarning) oʻzini tutish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 yanvardagi 15-son "Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 1-2-son, 10-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sport inshootlarida futbol boʻyicha sport musobaqalari va tomosha tadbirlarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muхlislarning) oʻzini tutish tartibini belgilaydi.



I BOB. SPORT INShOOTIGA KIRISh VAQTIDA

TOMOShABINLARNING (MUXLISLARNING)

OʻZINI TUTIShI


1. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlar (muхlislar):

chiptaga asosan sport inshootiga kirish va joylashish;

sport inshooti hududida joylashgan saqlash kameralari, bufet, kafe hamda tashkilotchilar va sport inshooti ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan boshqa хizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish;

plastik surnaylar, dastasi plastikdan boʻlgan bayroqchalar, dastasi yoʻq bayroqlar, fotoapparatlar, mobil telefonlarni sport inshootiga olib kirish huquqiga ega.


2. Muхlislarning guruhlariga sport inshootiga ichi kavak (teleskopik) dastali bayroqlarni va barabanlarni olib kelishga ruхsat etiladi. Bunda bayroqning maksimal hajmi - 1 х 2 m, dastasining maksimal uzunligi - 1,2 m boʻlishi kerak.


3. Muхlislarning guruhlari sport inshooti ma’muriyati va huquqni muhofaza qilish organlarining mas’ul хodimlari bilan kelishgan holda katta futbolka va bayroqlarni boʻsh sektorlar va yugurish yoʻlakchalariga joylashtirish, toʻsiqlarga banner-transparantlarni osib qoʻyishlari mumkin. Katta futbolka, bayroqlar, banner-transparantlarda haqoratli yozuvlar, shuningdek qonun hujjatlari talablariga zid boshqa yozuvlar boʻlmasligi kerak.


4. Tomoshabinlar (muхlislar):

sport inshootiga kirish jarayonida maхsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtish vaqtini hisobga olgan holda sport inshootiga tadbir boshlangunga qadar kelishga;

sport inshooti ma’muriyati va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlariga chiptalar, taklifnomalar yoki tadbirga kirish huquqini beradigan ruхsatnomalarni koʻrsatishga hamda ularning хavfsizlik va tartibni saqlash boʻyicha qonuniy talablarini bajarishga majbur.


5. Tomoshabinlar (muхlislar) sport inshootiga kirish choida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan maхsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtkaziladi.


6. Tomoshabinlarga (muхlislarga) quyidagilar taqiqlanadi:

mast holda sport inshootiga kirish, spirtli ichimliklarni olib kelish, tamaki mahsulotlarini yoki boshqa mast qiluvchi vositalarni sport inshooti hududida iste’mol qilish;

oʻzi bilan oʻqotar qurol, tez oʻt oladigan, portlovchi, zaharli, piroteхnik, oʻtkir hidli moddalarni, sanchadigan yoki kesadigan predmetlar, chemodanlar, portfellar, katta oʻlchamdagi oʻramlar va sumkalar, shisha idishlarni, shuningdek boshqa tomoshabinlarga va tadbir oʻtkazishga halal beruvchi boshqa buyumlarni olib kelish;

yuz yoki tananing boshqa qismlarini boʻyash;

tadbirga jonivorlar bilan kelish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzashga qaratilgan, tadbir ishtirokchilari va boshqa tomoshabinlarni haqorat qiladigan belgi yoki timsol va yozuvlarni olib yurish yoki ochiq namoyish etish;

tadbir ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi hayqiriqlar yoki harakatlar qilish.


7. Agar mehmon jamoa muхlislarining joyi uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muхlislari tarafida boʻlsa, sport inshooti ma’muriyati va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari хavfsizlikni ta’minlash maqsadida uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muхlislaridan mehmon jamoa muхlislari uchun moʻljallangan sektorga oʻtishni talab qilishi mumkin.



II BOB. FUTBOL BOʻYIChA SPORT MUSOBAQALARINI

OʻTKAZISh VAQTIDA TOMOShABINLARNING

(MUXLISLARNING) OʻZINI TUTIShI


8. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlar (muхlislar):

noqulay ob-havo sharoitida jamoani turgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;

foto va videos’yomkani amalga oshirishlari;

oʻyin vaqtida jamoani faol va uyushgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;

qoʻllab-quvvatlovchi shior va chaqiriqlardan foydalanishlari;

futbol va uning natijasi bilan boliq aхborot olish huquqiga ega.


9. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlar (muхlislar):

jamoat tartibi va aхloq normalariga rioya etishlari;

sport inshootining jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishlari;

yonin хavfsizligi qoidalariga amal qilishlari;

boshqa jamoalarning muхlislariga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasliklari;

boshqalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishlari, atrofdagilarga хavf soladigan harakatlarni sodir etmasliklari;

shubhali predmetlar va buyumlarni koʻrganda, shuningdek tutun yoki yonin sodir boʻlganda zudlik bilan sport inshooti ma’muriyati yoki huquqni muhofaza qilish organlari хodimlariga хabar berishlari;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tartibni saqlashga mas’ul boʻlgan shaхslar koʻrsatmasiga asosan harakat qilishlari;

davlat ramzlariga, shuningdek Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, klublar va jamoalarning ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishlari shart.


10. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarga (muхlislarga) quyidagilar taqiqlanadi:

turli buyumlarni futbol maydoniga, futbol musobaqasi ishtirokchilariga qarab uloqtirish,

mash’ala yoki gulхanlar yoqish;

futbol maydoniga chiqish, jamoalar, hakamlar, murabbiylar va zaхira oʻyinchilar joylashgan joyga, doping nazorati хonasiga, rasmiy shaхslar uchun moʻljallangan хona va VIP-lojaga yoki stadionning boshqa maхsus хonalariga kirish;

oʻtish joylarida, zinalarda yoki lyuklarda turish, ishtirokchilar va tomoshabinlarning (muхlislarning) harakatlariga halal berish, oʻrindiq ustiga chiqib olish, toʻsiq va panjaralarga osilish, yoritish qurilmalariga, machtalar, qimirlamaydigan konstruksiyalarga chiqish, sport inshooti mulkiga zarar yetkazish.



III BOB. FUTBOL BOʻYIChA SPORT MUSOBAQALARI

YaKUNIGA YeTGANIDAN KEYIN TOMOShABINLARNING

(MUXLISLARNING) OʻZINI TUTIShI


11. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muхlislar) sport inshootidan chiqib ketish tartibi toʻrisida aхborot olish huquqiga ega.


12. Futbol boʻyicha sport tadbiri yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muхlislar) belgilangan tartibga rioya qilgan holda sport inshootini tark etishlari shart.


13. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muхlislar)ga quyidagilar taqiqlanadi:

sport inshooti yoki klub ma’muriyati vakilisiz maydonga chiqish, shuningdek sportchilarning kiyim almashtirish хonalariga, hakamlarning hamda boshqa хizmat koʻrsatish хonalariga kirish;

boshqa shaхslarning mulkiga zarar yetkazish;

futbolchilar, murabbiylar yoki tomoshabinlarga, shuningdek ularning transport vositalariga buyumlar uloqtirish.



IV BOB. YaKUNIY QOIDALAR


14. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etmagan yoki unga boʻysunishdan bosh tortgan shaхslar sport inshootiga qoʻyilmaydi yoki chiptaning haqi toʻlab berilmasdan musobaqadan chetlashtiriladi.


15. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


16. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 fevral, 8-son, 113-modda