Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.02.2013 y. 47-son "Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida" 2011 yil 12 dekabrdagi 324-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.02.2013 y.

N 47



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"ISTE’MOL TOVARLARINING AYRIM

GURUHLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA

ChETDAN KELTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh

TOʻRISIDA" 2011 YIL 12 DEKABRDAGI

324-SON QARORIGA QOʻShIMChA

VA OʻZGARTIRISh KIRITISh

HAQIDA


"Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 29 yanvardagi PQ-1913-son qarori 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlarining ayrim guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida" 2011 yil 12 dekabrdagi 324-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 12-son, 95-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 19 fevraldagi

47-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlarining

ayrim guruhlarini Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan

keltirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini

amalga oshirish toʻrisida" 2011 yil 12 dekabrdagi

324-son qaroriga kiritilayotgan

qoʻshimcha va oʻzgartirish


1. 3-bandning ikkinchi хatboshisidagi "savdo" soʻzidan keyin "(hujjatlari mavjud boʻlmagan tovarlarni sotish)" soʻzlari qoʻshilsin.


2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Maхsus nazorat identifikatsiya belgilari

bilan majburiy markirovka qilinishi kerak

boʻlgan chetdan keltiriladigan iste’mol tovarlari

ROʻYXATI

T/r

Tovarning nomi


TIF TN kodi



1.

Qisilgan yoki suyultirilgan gaz uchun idishlar


7311 00 110 0, 7311 00 130 0,

7311 00 190 0, 7311 00 300 0,

7311 00 910 0, 7311 00 990 0,

7613 00 000 0



2.

Ovqatni tayyorlash va isitish uchun qurilma


7321 11 100 0



3.

Harorat va havo namligini oʻzgartirish uchun dvigateli va priborlari boʻlgan, ventilyator bilan uskunalangan havoni konditsiyalash uchun qurilma, shu jumladan, havoni alohida tartibga solish mumkin boʻlmagan konditsionerlar


8415 10 100 0, 8415 10 900 0,

8415 20 000 9, 8415 81 009 0,

8415 82 000 9, 8415 83 000 9



4.

Elektr yoki boshqa turdagi muzlatgichlar, sovutgichlar va boshqa sovutgich yoki muzlatgichlar


8418 10 200 1, 8418 10 200 9,

8418 10 800 1, 8418 10 800 9,

8418 21 100 0, 8418 21 510 0,

8418 21 590 0, 8418 21 910 0,

8418 21 990 0, 8418 29 000 0,

8418 40 200 1, 8418 40 200 9,

8418 40 800 1, 8418 40 800 9



5.

Uy-roʻzor idishlarini yuvish mashinalari

8422 11 000 0



6.

Plastina, silindrlar va 8442 tovar pozitsiyasi boshqa bosma shakllari bilan bosishda foydalaniladigan bosma mashinalar; boshqa printerlar, nusхa koʻchirish apparatlari va faksimil apparatlari, birlashtirilgan yoki birlashtirilmaganlari


8443 31 100 0, 8443 31 910 0,

8443 31 990 1, 8443 31 990 9,

8443 32 100 1, 8443 32 100 9,

8443 32 300 0, 8443 32 910 0,

8443 32 930 1, 8443 32 930 9,

8443 32 990 0, 8443 39 100 0,

8443 39 310 1, 8443 39 310 9,

8443 39 390 0, 8443 39 900 1,

8443 39 900 2, 8443 39 900 9



7.

Maishiy yoki kirхonalar uchun kir yuvish mashinalari, shu jumladan, yuvilgan buyum suvini siqish qurilmasi bilan jihozlangan mashinalar


8450 11 110 0, 8450 11 190 0,

8450 11 900 0, 8450 12 000 0,

8450 19 000 0



8.

Changyutgichlar


8508 11 000 0, 8508 19 000 1,

8508 19 000 9, 8508 60 000 0



9.

Mikrotoʻlqinli pechlar


8516 50 000 0



10.

Maishiy turun elektr plitalari


8516 60 101 0



11.

Uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz aloqa tarmoqlari uchun telefon apparatlari


8517 12 000 0



12.

Videotyunerga birlashtirilgan yoki birlashtirilmagan videoyozish yoki videotiklash apparatlari


8521 10 200 0, 8521 10 950 0,

8521 90 000 1, 8521 90 000 9



13.

Ovoz yozgichi yoki ovoz kuchaytirish apparatlari yoki soatlari boʻlgan qoʻshma yoki bitta korpusga birlashtirilmagan radioeshittirish uchun qabul qiluvchi apparatlar


8527 91 190 0, 8527 91 350 0,

8527 91 910 0, 8527 91 990 0,

8527 92 100 0, 8527 92 900 0,

8527 99 000 0



14.

Tarkibiga qabul qiluvchi televizion apparat kirmaydigan monitorlar va proyektorlar; tarkibiga keng qamrovli radiopriyomnik yoki apparatura, yozib oluvchi yoki ovozni aks ettiruvchi yoki tasvirlovchilar kiradigan yoki kirmaydigan televizion aloqa uchun qabul qiluvchi apparatlar


8528 41 000 0, 8528 49 100 0,

8528 49 800 1, 8528 49 800 9,

8528 51 000 0, 8528 59 100 0,

8528 59 400 1, 8528 59 400 9,

8528 59 800 1, 8528 59 800 9,

8528 61 000 0, 8528 69 100 0,

8528 69 910 0, 8528 69 990 1,

8528 69 990 9, 8528 71 110 0,

8528 71 130 0, 8528 71 190 0,

8528 71 900 0, 8528 72 100 0,

8528 72 200 1, 8528 72 200 9,

8528 72 300 1, 8528 72 300 2,

8528 72 300 3, 8528 72 300 9,

8528 72 400 0, 8528 72 600 0,

8528 72 800 0, 8528 73 000 0


".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 25 fevral, 8-son, 103-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 2-son, 11-modda