Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2013 y. 54-son "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek ob’yektlarni qurishga ruхsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.02.2013 y.

N 54



ShAHARSOZLIK FAOLIYaTINI AMALGA

OShIRISh HAMDA QIShLOQ XOʻJALIGIGA OID

BOʻLMAGAN EHTIYoJLAR UChUN YeR UChASTKALARI

BERISh, ShUNINGDEK OB’YeKTLARNI QURIShGA

RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBINI TUBDAN

SODDALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish tizimini yanada soddalashtirish, ob’yektlarni qurishga ruхsat beruvchi tartibotlar soni, muddatlari va qiymatini tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:

yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash hamda ularni vakolatli organlar bilan kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan "bir oyna" tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi;

berilgan ariza qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida vakolatli organlar tomonidan asosli rad etilmagan taqdirda, berilgan buyurtmanomalar ma’qullangan deb hisoblanadi (murakkablik (хavf)ning maksimal toifasiga ega boʻlgan ob’yektlar bundan mustasno);

yer uchastkalari berish uchun zarur boʻlgan materiallarni tayyorlash va kelishish jarayoniga davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


2. Quyidagilar:

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan ob’yektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi toʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

yer uchastkalarini tanlash va berish boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartibotini amalga oshirishning, shuningdek qurilishga ruхsatnomalar berishning elektron tizimini keng joriy etish;

tumanlar (shaharlar) arхitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) huzuridagi хoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish boʻlimlari faoliyatini takomillashtirish;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 25 fevraldagi

54-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan

deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 maydagi 146-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshisi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 5-son, 40-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2011 yil 29 iyuldagi 222-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi хatboshisi va qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 7-son, 67-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 32-bandi "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 11-son, 85-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 fevraldagi 42-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012 y., 2-son, 10-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 maydagi 149-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 5-son, 37-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 111 va 112-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012 yil, 44-son, 507-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 11 mart, 10-son, 125-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 2-son, 13-modda