Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.01.2013 y. 195/6-son "Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 25.03.2013 y. 2442-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.03.2013 y.

N 2442




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

31.01.2013 y.

N 195/6


QARORI



Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 5-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2004 yil 25 martdagi 103/5-son "Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1356, 2004 yil 18 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 20-son, 238-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010 yil 25 martdagi 163/13-son "Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1356-1, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 117-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                                 G. Baхadirov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 1 aprel, 13-son, 168-modda