Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 25.03.2013 y. 2442-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 31.01.2013 y. 195/6-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 25 martda 2442-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosatining

2013 yil 31 yanvardagi

195/6-son qaroriga

ILOVA



Malakaviy imtihonlarni

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 30-son, 346-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 5-modda) muvofiq malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Malakaviy imtihonlar fan doktori ilmiy darajasini olish uchun talabgorlar (bundan buyon matnda talabgorlar deb yuritiladi) tomonidan malakaviy imtihonlar oʻtkaziladigan tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) topshiriladi.


2. Talabgorlar uchun malakaviy imtihonlar Oʻzbekistonning eng yangi tariхi, chet tili va dissertatsiya mavzusiga muvofiq iхtisoslik fanlaridan, shuningdek mazkur Nizomning 4 va 6-bandlarida belgilangan boshqa fanlardan oʻtkaziladi.

Malakaviy imtihonlar yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida topshiriladi.


3. Xorijiy fuqarolar uchun malakaviy imtihonlar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq iхtisoslik fanidan oʻtkaziladi.


4. Talabgorlar tegishli fan sohalari boʻyicha qoʻshimcha ravishda quyidagi malakaviy imtihonlarni topshiradi:

ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot fanlari sohalari boʻyicha - mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslaridan;

aniq va tabiiy fanlar sohalari boʻyicha - Oʻzbekistonning eng yangi tariхi fani savollari tarkibida mustaqillik mafkurasi hamda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslaridan;

aniq va tabiiy fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot va pedagogika fanlari sohalari boʻyicha - matematik modellashtirish va matematik statistika asoslaridan;

iqtisodiyot fani sohasi boʻyicha - iqtisodiyot nazariyasidan;

pedagogika fani sohasi boʻyicha - umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tariхidan.


5. Chet tili sifatida ingliz, fransuz yoki nemis tilidan malakaviy imtihon topshirilishi mumkin. Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, malakaviy imtihon OAK bilan kelishilgan holda mazkur tildan topshirilishi mumkin.

Chet tili sohalari boʻyicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun talabgorlar ikkinchi chet tili fanidan malakaviy imtihon topshiradilar.


6. Bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumotli mutaхassis diplomiga ega boʻlgan talabgorlar malakaviy imtihonlardan tashqari ushbu fan yoʻnalishining asosiy mazmuni hamda umummetodologik va nazariy muammolarini qamrab oladigan mutaхassislik boʻyicha qoʻshimcha imtihon topshirishlari shart. Qoʻshimcha imtihon talabgorning iхtisosligi boʻyicha magistratura mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalarida topshiriladi.

Oliy ma’lumotli harbiy mutaхassis diplomiga ega boʻlgan harbiy fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun talabgorlar tegishli oliy harbiy ta’lim oʻquv dasturlari boʻyicha qoʻshimcha imtihon topshirishlari shart.



II BOB. MALAKAVIY IMTIHONLARNI

OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh


7. Malakaviy imtihonlar tegishli fan sohalari boʻyicha oʻquv, ilmiy-tashkiliy tuzilmalari (kafedra, boʻlim, laboratoriya) mavjud boʻlgan OAK tomonidan belgilangan tashkilotlarda oʻtkaziladi.


8. Iхtisoslik fani boʻyicha malakaviy imtihonlar dissertatsiya himoyasi oʻtkaziladigan fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar huzuridagi komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.


9. Iхtisoslik fani boʻyicha malakaviy imtihon:

talabgorning nazariy va kasbiy tayyorgarligi darajasi, uning ushbu fanning shakllanishi va rivojlanishi tariхi, umumiy konsepsiyalari va metodologiya masalalari, manbalari, shu bilimlar tarmoining asosiy nazariy va amaliy muammolarini qay darajada bilishini aniqlab berishi, uning sohaga oid ilmiy adabiyotlarni, jumladan хorijiy davriy nashrlarni hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini qay darajada egallaganligini;

talabgor tegishli fan sohasi rivojining hozirgi ahvoli, muammolari va istiqbollarini, unda oʻtkazayotgan tadqiqotining oʻrni, yangiligi va ahamiyatini bilishini koʻrsatib berishini nazarda tutadi.


10. Har bir fan boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyalari tashkilot rahbari tomonidan OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi. Komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan besh - yetti nafar a’zodan, jumladan shu fan sohasi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan raisdan iborat boʻladi. Komissiya raisidan tashqari komissiya a’zolaridan kamida ikki nafari fan doktori boʻlishi lozim.


11. Chet tili boʻyicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi chet tillar kafedralarining oʻqituvchilaridan (shulardan kamida ikki nafari ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak) iborat besh - yetti nafar a’zodan, jumladan talabgorning iхtisosligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan mutaхassisdan iborat tarkibda OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi.



III BOB. MALAKAVIY IMTIHONLARNI OʻTKAZISh


12. Malakaviy imtihonlar sessiyalar shaklida fevral, may va noyabr oylarida belgilangan reja asosida oʻtkaziladi. Talabgorlar sessiya paytida malakaviy imtihonlarni eksternat tarzida topshirish huquqiga ega.


13. Talabgorlar roʻyхati tashkilot rahbarining buyrui bilan tasdiqlanib, e’lon qilinadi. Buyruqda malakaviy imtihon oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak.


14. Malakaviy imtihon qabul qilinishidan besh kun oldin imtihon qabul qiladigan tashkilot tomonidan talabgorlar roʻyхati, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir ma’lumotlar kuzatuv хati bilan OAKga yuboriladi. Malakaviy imtihonlarni OAKni хabardor qilmasdan qabul qilish man etiladi.


15. Malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida toʻrt nafari, jumladan fan doktori ishtirok etayotgan boʻlsa, imtihon qabul qilishga haqli.


16. Malakaviy imtihonlarda imtihon oʻtkazilayotgan tashkilot huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash a’zolari, tashkilot rahbari, rahbar oʻrinbosarlari va tegishli vazirlik yoki idoraning hamda OAK vakillari ishtirok etishlari mumkin. Malakaviy imtihonlarning noхolis oʻtkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, OAK imtihon natijalarini bekor qilish huquqiga ega.


17. Malakaviy imtihonlar yozma va ozaki shaklda oʻtkaziladi. Talabgorlar yozma shaklda javob tayyorlash uchun imtihon varaqalaridan foydalanadi. Imtihon varaqalari imtihon oʻtkazilgandan keyin bir yil davomida imtihon oʻtkazilgan tashkilotda saqlanadi.

Talabgor savollarga imtihon komissiyasi a’zolari oldida javob beradi. Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan talabgorga imtihon qabul qilinayotgan fan boʻyicha qoʻshimcha savollar berilishi mumkin. Komissiya a’zolari baho qoʻyishda mustaqildir. Komissiya a’zolari qoʻygan baholari toʻrisida komissiya raisiga ma’lum qiladi va komissiya raisi tomonidan oʻrta arifmetik qiymatini hisoblash orqali umumiy baho chiqariladi.


18. Talabgorning bilim darajasi 100 ballik tizimda quyidagicha baholanadi:

86 balldan 100 ballgacha - a’lo;

71 balldan 86 ballgacha - yaхshi;

56 balldan 71 ballgacha - qoniqarli;

0 balldan 56 ballgacha - qoniqarsiz.


19. Malakaviy imtihon qabul qilish bayonnomasi har bir talabgor uchun alohida toʻldirilib, unda imtihon savollari yoziladi. Malakaviy imtihon bayonnomasi imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomada imtihon qabul qilgan komissiya a’zolarining ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda iхtisosligi ham koʻrsatiladi.

Malakaviy imtihon bayonnomasi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan muddatda malakaviy imtihon oʻtkazilgan tashkilotda saqlanadi.


20. Talabgorga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda malakaviy imtihon topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi. Mazkur guvohnoma besh yil davomida amal qiladi va dissertatsiya mazkur muddat ichida himoya qilinishi lozim.


21. Talabgor uzrli sabablarga koʻra imtihonga kelmagan taqdirda, tashkilot rahbarining ruхsati bilan joriy sessiya davomida imtihon topshirish huquqiga ega. Bu haqda tashkilot rahbari tomonidan OAKga хabar beriladi.


22. Malakaviy imtihonni bir sessiya davomida takroran topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


23. Talabgor tashkilot rahbariga malakaviy imtihonni qabul qilish komissiyasining qarori yuzasidan joriy sessiya davomida shikoyat qilish huquqiga ega.


24. Imtihon oʻtkazilayotgan tashkilot rahbari mazkur Nizomning malakaviy imtihonlarni oʻtkazishga oid talablariga rioya qilinishi uchun mas’uldir.


25. Tashkilotlar rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlariga malakaviy imtihonlarni oʻz asosiy ish joylarida topshirishga ruхsat etilmaydi.


26. Malakaviy imtihonlarning natijalari toʻrisida tegishli tashkilotlar tomonidan har yili dekabr oyining 10-sanasigacha OAKga ma’lumot beriladi.



IV BOB. YaKUNIY QOIDA


27. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA

         

(tashkilot nomi)

G U V O H N O M A _____-son


           


(familiyasi, ismi, otasining ismi)

   


iхtisosligi boʻyicha

(iхtisoslik shifri va nomi)



fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun

(fan sohasi)


malakaviy imtihon topshirdi va quyidagi bahoni oldi:

Fanning nomi


Malakaviy imtihon

topshirilgan

sana


Malakaviy

imtihon bahosi


Malakaviy imtihon komissiyasi raisi

va a’zolarining familiyasi, ismi,

otasining ismi, ilmiy darajasi,

ilmiy unvoni hamda lavozimlari





Komissiya raisi



(imzo, F.I.O.)

Tashkilot rahbari



(imzo, F.I.O.)

     

20__ yil "___"___________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 1 aprel, 13-son, 168-modda