Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 20-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-10-son "Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 28.02.2013 y. Qarori (AV tomonidan 04.04.2013 y. 2449-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.04.2013 y.

N 2449

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

28.02.2013 y.

N 20


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

28.02.2013 y.

N 2013-10


QARORI



Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori

kiritilishi munosabati bilan chakana savdo

korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini

hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-son "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 17-son, 131-modda) va 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADILAR:


1. Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010 yil 17 avgustdagi 64, 2010-34-son "Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari, хizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2134, 2010 y., 18 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 33-son, 284-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011 yil 10 avgustdagi 49, 2011-26-son "Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari, хizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2134-1, 2011 yil 23 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 34-35-son, 355-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012 yil 8 fevraldagi 17, 2012-4-son "Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari, хizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisida"gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2134-2, 2012 yil 9 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 10-son, 112-modda).


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 8 aprel, 14-son, 196-modda