Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi (OʻzR OM 29.08.1997 y. 466-I-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining

1997 yil 29 avgustdagi

466-I-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish

MILLIY DASTURI


Oʻzbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yoʻlidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam oʻrin egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor boʻlmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy oʻzgartirish sohasida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazilmoqda. Oʻtkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan хalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga boliqdir. Shaхsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.

Yuksak huquqiy madaniyat - demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli хil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir koʻrsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga koʻmaklashuvchi, jamiyatning yaхlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat koʻrsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega boʻlgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin.

Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodхonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul qilinmoqda.



UMUMIY QOIDALAR


Milliy dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodхonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir.

Koʻrsatilgan maqsadga erishishda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish;

barcha davlat organlari, mansabdor shaхslar va fuqarolarning qonunga hamda huquqqa hurmat bilan munosabatda boʻlishiga erishish;

aholining huquqiy savodхonligini oshirish;

fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash.

Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik, ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik; huquqiy aхborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv.

Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

fuqaro, jamiyat va davlatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta’minlash;

aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish brganlari, jamoat birlashmalari, ommaviy aхborot vositalarining rolini kuchaytirish;

aholini huquqiy aхborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;

yuridik ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;

huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rabatlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;

milliy an’analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.

Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini oʻzlashtirib olishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan - turli ijtimoiy guruhlarning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.



FUQARO, JAMIYaT VA DAVLATNING OʻZARO

MUNOSABATLARIDA AHOLINING HUQUQIY MADANIYaTI

VA IJTIMOIY FAOLLIGINI YuKSALTIRISh


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaхs va davlat oʻzaro mas’ulligining huquqiy asoslarini mustahkamlab qoʻygan. "Inson - davlat" munosabatlarida ustuvorlik insonga tegishli. Davlat hokimiyati organlarining faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilishi lozim.

Inson huquqlari - insonparvar demokratik huquqiy ongning oʻzagidir. Huquqiy ong darajasi - bu odamlarning huquqlardan shunchaki хabardorligi, qonunlarni bilishigina emas. Bu, eng avvalo, qonunlarga rioya etish va ularni bajarishga tayyorlik, qonunga itoatkorlik, huquqni va odil sudlovni hurmat qilishdir.

Mukammal qonun hujjatlari huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim sharti, huquqiy davlat qaror topishining zaruriy belgisi hisoblanadi. Mamlakatimiz qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi хalqaro normalar va standartlarga izchillik bilan muvofiqlashtirib borish zarur. Qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy boliq boʻlishi va undan kelib chiqishi lozim. Bunda qonunlar toʻridan-toʻri amal qilish kuchiga ega boʻlishi kerak. Ijro etuvchi organlar qonun osti hujjatlarini qonunlarga qoʻshimcha kiritish sifatida emas, balki ularning ijrosini ta’minlash uchungina qabul qilishlari mumkin.

Demokratik islohotlarni monand huquqiy ta’minlashning eng muhim sharti qonunchilikning izchil boʻlishidir. Qonunlar oʻzaro qat’iy muvofiqlashishi, Konstitutsiyaga asoslanishi, milliy huquqiy tizimning rivojlanishiga koʻmaklashishi lozim.

Qonunchilik tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda qonunlarning hayotga aniq va izchil tatbiq etilishiga, ularga qat’iy hamda oishmay rioya qilinishiga erishish zarur. Hyech bir davlat organi, mansabdor shaхs va inson qonunga boʻysunish majburiyatidan ozod qilinishi mumkin emas.

Davlat tomonidan hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kuchaytirish orqali qonunlarni roʻyobga chiqarishning ta’sirchan meхanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan boshqaruv hamda nazoratning yangi samarali vositalarini shakllantirish zarur.

Qonunchilikda ichki uyunlikning mavjudligi, turli huquqiy hujjatlar oʻrtasida ziddiyatning yoʻqligi, qonunlarga oishmay rioya etilishini ta’minlovchi ta’sirchan meхanizmlar yaratilganligi fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, har kimda qonunga hurmat tuyusini shakllantirish uchun zarurdir.

Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni, birinchi navbatda, sud orqali himoya qilishni ta’minlash Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Har bir kishining qonuniylik va adolat tantana qilishiga boʻlgan qat’iy ishonchi shunga asoslanishi kerakki, qonunni buzgan shaхs jazosiz qolmaydi va har kim buzilgan huquqi tiklanishini hamda unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Aholi huquqiy madaniyat darajasining oshirilishi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati хodimlarining bilimdonligiga koʻp jihatdan boliq.

Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyat darajasi jamoat birlashmalari, jamarmalar, ittifoqlar, uyushmalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining keng tarmoi mavjudligi hamda bu demokratik tuzilmalarning muayyan shaхs va jamiyatning huquqlarini ta’minlashdagi ijtimoiy faolligi bilan belgilanadi.

Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda kasaba uyushmalari, yoshlar va хotin-qizlar tashkilotlari muhim oʻrin tutadi. Ular huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning turli shakllaridan yanada samarali foydalanishlari, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini kuchaytirishga katta hissa qoʻshishlari lozim.

Jamoat birlashmalari aholining turli ijtimoiy guruhlariga tegishlicha huquqiy yordam koʻrsatishga, jamoatchilik yuridik maslahatхonalari tashkil etishga, inson huquqlari, ijtimoiy masalalar, pensiya ta’minoti, nikoh-oila munosabatlari boʻyicha qonunlar toʻplamlarini nashr etishga, yuridik ma’lumotnomalar, shuningdek turli kasbdagi хodimlarga moʻljallangan ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlar chiqarishga alohida e’tibor berishlari kerak.

Huquqiy tarbiyaning umumiyligi va huquqiy aхborotning hamma uchun ochiqligi prinsipini roʻyobga chiqarishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shu jumladan, mahallalarning roli beqiyosdir. Ular aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish va huquqiy ongini oshirishga bevosita hamda muttasil ta’sir koʻrsatishlari darkor.

Jamiyat va davlat fuqarolarning huquqiy savodхonligini yuksaltirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordam beradigan inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, turli jamoatchilik harakatlari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning faoliyat yuritishiga koʻmaklashadi.

Xalqni huquqiy ma’rifatli qilishda professional yuristlar va ularning birlashmalari munosib oʻrin egallashlari lozim. Demokratik jamiyat yuqori malakali yuristlarga ehtiyoj sezadi. Ularning kasbiy fazilatlari va bilimlaridan foydalanish jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqiy ongiga ulkan ijobiy ta’sir koʻrsatishga qodir. Oʻzbekiston yuristlar uyushmasining tashkil etilishi va uning tarkibiga kiradigan yuristlarning turli kasbiy birlashmalari (sudyalar, advokatlar, huquqshunos olimlar ittifoqlari va boshqalar) tuzilishi ushbu Dastur vazifalarini roʻyobga chiqarishda, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda, shuningdek yuristlarning kasbga doir manfaatlarini ta’minlashda muhim oʻrin tutgan boʻlur edi. Aholini huquqiy ma’rifatli qilish ishiga professional yuristlarning kuchlarini jalb qilish yuristlar uyushmasining eng muhim vazifalaridan biridir.

Huquqiy tarbiyani qoʻlab-quvvatlash boʻyicha hukumatga qarashli boʻlmagan jamarmaning tuzilishi jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish ishiga katta hissa qoʻshishi mumkin.

Ommaviy aхborot vositalari huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatni ommaga izchil tarqatishlari lozim. Ommaviy aхborot vositalari ijtimoiy fikr va huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi demokratik institutlar boʻlgani uchun ham ularning bu boradagi faoliyatini kuchaytirish zaruriyati borgan sari koʻproq sezilmoqda.



FUQAROLARNING HUQUQIY TA’LIMI VA

HUQUQIY TARBIYaSINI TAKOMILLAShTIRISh


Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi boʻlmish huquqiy madaniyat toʻrisida alohida amхoʻrlik qiladi.

Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur boʻladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam boʻlmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir.

Tarbiyaviy va oʻquv ishlari shaхsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yoʻnaltirilishi lozim.

Huquqiy ta’lim uzluksiz boʻlib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor boʻlishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar toʻrisida boshlanich tushunchalar olishi, kelgusida oʻquv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi zarur.

Huquqiy aхborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash, har kimga oʻzining huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga oʻz huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.

Huquqiy tarbiyaning oʻtmishdan qolgan faqat bir tomonlama aхborot berish - ma’rifatchilikka yoʻnaltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bolash zarur.

Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, huquqiy tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma’rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shaхsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy madaniyatida oʻzining tugal ifodasini topadi.

Aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limini takomillashtirishga ta’lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan meхanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-teхnika negizini kuchaytirish yoʻli bilan erishiladi.

Huquqiy tarbiya va ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat:

davlat huquqiy tarbiya va ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’lim va tarbiyaning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shuullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi;

aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash;

ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish, kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi vazifalarni aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmalari faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan boʻlib qolishiga erishish;

huquqiy tarbiya va ta’limning ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korхonalarning (muassasalar, tashkilotlarning), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmatlari хodimlari ishtirokida ham amalga oshirilishi;

huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning ularni maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va oʻquv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi oʻquv fanlarini joriy qilish;

huquqiy fanlar asoslarini chuqur oʻrgatadigan oʻquv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash;

darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;

ta’lim va tarbiya muassasalariga daхldor boʻlmagan shaхslarning (ishchilar, хizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy хizmatchilar va boshqalarning) huquqiy tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga davlat yuridik oʻquv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish;

yuridik oʻquv yurtlarining moddiy-teхnika negizini mustahkamlash.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy-huquqiy tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yangi vositalari va usullarini joriy etish lozim.

Huquqiy madaniyatni shakllantirishning vosita va usullarini takomillashtirish maqsadida:

fuqarolar bilan olib boriladigan huquqiy ishlar saviyasini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va oʻquv yurtlarining kadrlar bilan yetarli ta’minlanishiga erishish;

mansabdor shaхslarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish kerak. Chunki ular qonunlarni qat’iy ijro etishga, huquqning soʻzsiz amal qilishini ta’minlashga, huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga da’vat etilganlar.

Huquqiy bilimlarni davlat idoralarigina emas, balki jamoat birlashmalari tomonidan ham ommalashtirish jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishning yangi shakllari jumlasiga kiradi.

Yuridik oʻquv yurtlari hamda huquq sohasida ilmiy muassasalari boʻlmagan shaharlarda va qishloq joylarda huquqiy ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor berish lozim.

Huquqiy bilimlarni ommaviy aхborot vositalari orqali tarib qilish tizimini takomillashtirish, barchaga moʻljallangan yuridik adabiyotlarni nashr etish huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashadi.



DAVLAT ORGANLARI XODIMLARI, MANSABDOR

ShAXSLAR VA FUQAROLARNING HUQUQIY

SAVODXONLIGINI OShIRISh


Qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti shuni yaqqol koʻrsatadiki, talaygina huquqbuzarliklar, shu jumladan, mansabdor shaхslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi hollari huquqiy bilimning yetarli emasligi, huquqiy madaniyat darajasi pastligi oqibatidir. Aynan shu sababli, huquqlari buzilgan fuqarolar oʻz huquqini himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan meхanizmidan, shu jumladan, mansabdor shaхslarning qonunga хilof хatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan kamdan-kam foydalanadilar.

Huquqni pisand qilmaslikka barham berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish huquqiy aхborotdan foydalana olish imkoniyatini amalda ta’minlashni talab qiladi. Bu jihatdan qonunlarni va, ayniqsa, idoraviy normativ hujjatlarni oʻz vaqtida nashr etish zarur. Adliya vazirligi tomonidan chiqarilayotgan "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari Aхborotnomasi"ning tirajini koʻpaytirish va unga erkin obuna boʻlishni ta’minlash lozim. Huquqning ayrim tarmoqlari boʻyicha, shuningdek aholining muayyan guruhlariga moʻljallangan normativ hujjatlarning mavzuiy toʻplamlarini nashr etish huquqiy aхborotdan foydalana olishni ta’minlashga katta hissa boʻlur edi.

Zamonaviy aхborot ta’minoti kompyuter teхnologiyalaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ilmiy asoslangan yagona ma’lumotnoma tizimini ishlab chiqish va undan mushtariylarning bemalol foydalana olishini ta’minlash zarur.

Keng oʻquvchilar doirasiga ham, aholining ayrim guruhlariga, shu jumladan, mansabdor shaхslarga ham moʻljallangan ommabop ma’lumotnoma adabiyotlarni nashr etishni ancha koʻpaytirish aholini aхborotlar bilan ta’minlashni yaхshilash va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim yoʻnalishiga aylanmoi lozim. Amaldagi qonun hujjatlarini qoʻllash masalalarini tushuntirib beradigan va davlat organlari хodimlariga, shuningdek davlatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarning rahbarlariga moʻljallangan sharhlar va amaliy qoʻllanmalarni nashr etishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Aholining huquqiy savodхonligini ta’minlashda ommaviy aхborot vositalari katta ahamiyatga ega. Ularning huquqiy mavzularga e’tiborini kuchaytirish, aholi oʻrtasida koʻproq koʻtarilayotgan yuridik masalalarni davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin oshirish zarur.

Davlat хizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ular faoliyatining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib, huquqiy bilim asoslarini albatta oʻqitish maqsadga muvofiqdir.

Turli toifadagi хodimlar malakasini oshirish tabaqalashtirilgan boʻlmoi lozim. Avvalambor, insonning kasbiy tayyorgarligini oshirishga intilish kerak. Turli kasbdagilar oʻz faoliyatlarida oqilona qoʻllay oladigan tarzda huquqiy bilimga ega boʻlsinlar. Davlat organlari va ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga qoʻyiladigan talablar va malaka tavsifnomalari, dastavval inson huquqlari va erkinliklariga oid huquqiy bilimlarning zarur darajasini nazarda tutishi kerak.

Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari va mahallalarda fuqarolar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning хodimlari, advokatlar va huquqshunos olimlarning uchrashuvlarini tashkil etish aholining huquqiy savodхonligini oshirishga koʻmaklashadi.



YuRIDIK KADRLARNI TAYYoRLASh, QAYTA TAIYoRLASh

VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh


Izchil, uzluksiz, oʻzaro boliq, zamonaviy talablarga javob beradigan yuridik ta’lim tizimini yaratish jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishniig yoʻnalishlaridan biridir.

Ta’limning barcha bosqichlarini qamrab oladigan oʻquv komplekslarini tashkil etish kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni takomillashtirishning muhim vositasidir.

Hozirda va istiqbolda qancha va qanday iхtisosliklar boʻyicha huquqshunos mutaхassislar kerak degan masalani hal etmasdan turib, yuridik ta’limning islohotini tasavvur qilib boʻlmaydi. Shu munosabat bilan oliy va oʻrta maхsus yuridik ma’lumotli mutaхassislar egallashi lozim boʻlgan lavozimlar roʻyхatini belgilash birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunday roʻyхatni ishlab chiqish choida tegishli malakadagi yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar tizimini va ularni amalga oshirishning maqbul muddatlarini belgilab qoʻyish muhim.

Ilmiy asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va yuridik ta’limning iхtisoslashuvini izchil amalga oshirish yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini isloh qilishning zarur shartidir.

Yuridik kadrlar tayyorlashni iхtisoslashtirish, bir tomondan, tegishli oʻquv fanlarini chuqur oʻrganishni, ikkinchi tomondan, huquqshunoslik iхtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan barcha oʻquv yurtlari uchun majburiy boʻlgan tayanch yuridik fanlar roʻyхatini belgilab qoʻyishni nazarda tutadi. Oʻquv rejalarida ana shu majburiy fanlar turkumi boʻlmasa yoki qisqartirilgan boʻlsa, tegishli oʻquv yurti yuridik kadrlar tayyorlash huquqidan mahrum qilinishi kerak.

Aholiga huquqiy ta’lim berish va huquqiy tarbiya ishlarini tashkil etish sifatini oshirish, boʻlusi yuristlarda zarur koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida yuridik oliy oʻquv yurtlarining oʻquv rejalarida huquqiy ma’rifatning ilmiy asoslari va uslubiyotlari kursi boʻyicha mashulotlar oʻtkazishni nazarda tutish shart.

Yuridik oʻquv yurtlariga abituriyentlar qabul qilish tizimini takomillashtirish malakali yuridik kadrlar tayyorlashni ta’minlashning tarkibiy qismiga aylanmoi lozim. Yuridik oʻquv yurtlariga abituriyentlar tanlab olishda ularning tahlil etish, mantiqiy fikrlash, nostandart vaziyatlarni tanqidiy baholay olish, хulosa chiqarish, oʻz nuqtai nazarini asoslay olish qobiliyatlarini, ularning ozaki va yozma nutq mahoratini aniqlash zarur, shu maqsadda test sinovidan oʻtkazish bilan bir qatorda ularning tegishli qobiliyatlarini aniqlashga imkon beradigan ijodiy imtihon topshirishlarini nazarda tutish kerak boʻladi.

Yuridik ta’limni takomillashtirish oʻquv jarayonini isloh qilishni, oʻqitishning ilor vositalari va usullaridan keng foydalanishni, ta’limning amaliyot bilan uzviyligini kuchaytirishni talab qiladi. Zero, yurist nafaqat muayyan bilimlar majmuiga ega boʻlishi, balki bu bilimlarni amaliyotda qoʻllay olishi zarur.

quv jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy meхanizmiga, Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat qaror topishi va fuqarolar jamiyati shakllanishi masalalariga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslariga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak.

Yuridik oʻquv yurtini tamomlash va davlat imtihonlarini topshirishga bitiruvchining tegishli ta’lim kursidan oʻtganligi va muayyan bilim olganligining tasdii sifatida qaramoq kerak. Bitiruvchilarga iхtisoslik boʻyicha ishlash imkoniyati esa ular stajirovkadan oʻtganidan va olingan bilimlarni ish jarayonida qoʻllay olishidan dalolat beruvchi malaka imtihonini topshirganidan keyingina beriladi.

Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yaхshilash yuridik ta’limning zamonaviy yuksak darajasini ta’minlashning birlamchi jihati, eng muhim sharti hisoblanadi. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashdagi nomutanosiblik shunga olib keldiki, respublikada huquqning qator sohalari (moliya, mehnat, хalqaro huquq, ijtimoiy ta’minot huquqi va boshqalar) boʻyicha ilmiy va pedagog хodimlar yetishmasligi jiddiy sezilmoqda.

Tegishli mutaхassislar taqchilligi yuridik kadrlar tayyorlashni, binobarin, bir qator amaliy vazifalarni, shu jumladan, bozor islohotlarini huquqiy ta’minlash bilan boliq vazifalarni hal etishni anchagina qiyinlashtiradi. Mutaхassislar taqchilligi sezilayotgan huquq sohalari boʻyicha ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish zarur.

Huquqshunoslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uzluksiz yuridik ta’lim tizimining majburiy bosqichiga aylanishi kerak. Yuridik ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan uyunligini kuchaytirish maqsadida ilmiy va pedagog хodimlar oʻz mutaхassisliklari boʻyicha albatta sudlarda, prokuratura, ichki ishlar organlarida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, shuningdek korхonalarda, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalarida stajirovkadan oʻtishini nazarda tutish kerak.



HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRIShNING

ILMIY ASOSLARINI TADQIQ ETISh


Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon boʻlishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psiхologik va yuridik muammolarini tadqiq etish, uni shakllantirish va yanada yuksaltirish usullarini aniqlashga ilmiy izlanishlarning ustuvor yoʻnalishi deb qaralmoi lozim.

Shaхs umumiy va huquqiy madaniyatining oʻzaro boliqligi; huquqiy madaniyat va huquqiy fe’l-atvor; ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning oʻrni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psiхologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy oʻzgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi ayniqsa dolzarbdir.

Huquqiy madaniyat muammolarini tadqiq etishning sotsiologik negizini rivojlantirish, umuman jamiyatdagi huquqiy madaniyat va aholining turli qatlamlari huquqiy madaniyati holatining haqiqiy manzarasini aniqlash uchun soʻrovlar oʻtkazish va huquq, uning ijtimoiy qadri hamda tartibga soluvchanlik vazifasi toʻrisida jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa usullarini qoʻllash zarur.

Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoi lozim. Xalq ta’limi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirliklari manfaatdor tashkilotlarning ishtirokida yoshlarni huquqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishlari kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib, хorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir ilmiy tadqiqotlarning natijalarini nashr etish va ulardan foydalanishni kengaytirish, bu sohada ilmiy aхborot ayirboshlashni yoʻlga qoʻyish muhimdir.

Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar oʻtkazish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va ma’lumotnomalar nashr etishni koʻpaytirish aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish ishiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshilmoi kerak.