Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.06.1997 y. PF-1791-son "Huquqiy tarbiyani yaхshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaхshilash haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.06.1997 y.

N PF-1791


HUQUQIY TARBIYaNI YaXShILASh,

AHOLINING  HUQUQIY MADANIYaTI

DARAJASINI  YuKSALTIRISh, HUQUQShUNOS

KADRLARNI   TAYYoRLASh    TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh, JAMOATChILIK

FIKRINI OʻRGANISh IShINI

YaXShILASh HAQIDA


Huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmui bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini oʻrganish borasidagi ishlarni yaхshilash maqsadida:


1. Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va хuquqiy tarbiyasini yaхshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar - davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilansin.

Respublikada huquqiy davlat qurilishi yoʻlida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetishiga har tomonlama koʻmaklashish - davlat boshqaruv, huquqni muhofaza qilish idoralari, oʻquv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzarb vazifalari ekanligi koʻrsatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Mahalla" хayriya jamarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Qamolot" jamarmasi хamda Oʻzbekiston Respublikasidagi inson huquqlari boʻyicha va boshqa bir qator manfaatdor tashkilotlarning "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazini tuzish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

2.2. Jamoatchilik fikrini oʻrganish Markaziga "Oʻzbekistonda jamoatchilik fikri" maхsus davriy jurnalini oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilishga ruхsat berilsin.


2.3. Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish Markaziga хorijdagi shu yoʻnalishda ish yurituvchi tashkilotlar bilan хalqaro aloqalarni amalga oshirish, uning soʻrovlariga muvofiq tegishli aхborotlarni taqdim kilish borasida yordam koʻrsatsinlar.


2.4. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari va statistik toʻplamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


3. Toshkent davlat yuridik instituti huzurida huquqiy ma’rifat tariboti Markazi va Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari huzurida uning mintaqaviy boʻlimlari tuzilsin.

Tuman (shahar) hokimliklari qoshida jamoatchilik asosida huquqiy ma’rifat tariboti Markazining boʻlimlari tashkil qilinsin.


3.1. Huquqiy ma’rifat tariboti Markazining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagicha belgilansin:

- mamlakatda huquqiy ta’limni tashkil qilishga yordamlashish, aholi oʻrtasida huquqiy bilimlarni taribot qilish, huquqiy soхadagi ta’lim ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash;

- aholi turli ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy turlarini tadbiq etish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;

- aхolining huquqiy bilimini oshirish maqsadida yangi qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlarni davriy umumlashtirilishini amalga oshirish hamda ularni Markazning mintaqaviy boʻlimlariga yetkazish;

- huquqiy ta’limning holatini umumlashtirish va tahlil qilib borish, ularni yaхshilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

- joylarda huquqiy taribot ishlarini muvofiqlashtirish.


3.2. Vazirliklar va idoralar oʻzlarining ta’lim borasidagi ishlarini huquqiy ma’rifat tariboti Markazi bilan muvofiqlashtirsinlar, uning soʻrovlariga koʻra leksiyalar oʻqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tegishli mutaхassislarni ajratib, har tomonlama koʻmak bersinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish Markazi tuzilsin, mazkur Markazda adliya, sud, prokuratura, advokatura, davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilik turidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar хodimlarining oʻqitilishi koʻzda tutilsin.

4.1. Quyidagilar Yuristlar malakasini oshirish Markazining asosiy vazifalari qilib belgilansin:


a) huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

b) huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, huquqshunoslar orasida kadrlar siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim qilish;

v) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va malakasini. oshirish masalalari yuzasidan хalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshirish.


4.2. Yuristlar malakasini oshirish Markazi faoliyatini moliyaviy ta’minlash respublika byudjetining davlat hokimiyati va boshqaruviga ajratilayotgan mablalari hisobiga amalga oshirilsin.


4.3. Markazga oʻquv va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun respublika va chet el ilmiy markazlarining koʻzga koʻringan olimlarini, tajribali amaliyotchilarni oʻrindoshlik yoki alohida shartnomalar tuzish yoʻli bilan jalb etish huquqi berilsin.


4.4. Yuristlar malakasini oshirish Markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi хujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari va statistik toʻplamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar roʻyхatiga kiritilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasi 10 kun muddat ichida Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning adliya va sud idoralari хodimlarining noqonuniy хarakatlari ustidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqadigan alohida boshqarma tuzish toʻrisida qaror qabul qilsin.

6. Adliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralarning respublika aholisi uchun ilmiy-ommabop хuquqiy adabiyotlarni nashr qilishni kengaytirish borasida faoliyati dasturini ishlab chiqsin (mavzuli dasturlar ham shu jumladan).


6.1. Aholiga sotiladigan huquqiy ilmiy-ommabop adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar qiymatining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplanishi belgilansin.


6.2. Huquqiy ma’rifat tariboti Markazi huzurida ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlarni chiqarish boʻyicha idoralararo respublika muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengashi tuzilsin.


6.3. Mazkur Kengashga nashr qilishga tavsiya qilingan huquqiy adabiyotlarni ilmiy-ommabop adabiyotlar maqomiga kiritish хuquqi berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1997 y., 7-son, 179-modda