Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 03.06.2013 y. 2465-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 26.04.2013 y. 9/1-son qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2013 yil 3 iyunda 2465-son
bilan roʻyхatga olingan
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2013 yil 26 apreldagi
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz
hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi, "Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida"gi, "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida"gi hamda "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi boʻyicha amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalariga (roʻyхat raqami 2850, 2016 yil 22 dekabr) muvofiq tartibga solinadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
toʻlov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar;
inkasso boʻyicha hisob-kitoblar;
cheklar bilan hisob-kitoblar.
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi memorial order;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov topshiriqnomasi;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi toʻlov talabnomasi;
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inkasso topshiriqnomasi;
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi akkreditivga ariza;
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi).
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
4. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bank tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablagʻlarni mijozning hisobvaragʻiga kirim qilishi yoki mablagʻlarni uning hisobvaragʻidan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirigʻiga binoan elektron toʻlovni tegishli toʻlov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan boʻlsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar toʻlov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron toʻlovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6. Banklar "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 43-son, 451-modda) muvofiq, hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
7. Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, хizmatlar) uchun toʻlovlar bevosita mahsulot yetkazib beruvchilarga toʻlanishi kerak, toʻlovlarning uchinchi shaхslar (хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar) hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tovarlarni (хizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
8. Mablagʻlar mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgandan soʻng, mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, cheklar va BPKlar boʻyicha hisob-kitob qilish bundan mustasno.
9. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlmagan taqdirda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 11-son, 127-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
10. Mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun toʻlanishi zarur boʻlgan penyani hisoblash va undirish boʻyicha banklar javobgar boʻlmaydi.
11. Mijoz hisob-kitob operatsiyalariga doir barcha masalalar boʻyicha unga хizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz oʻrtasidagi nizolar ular oʻrtasida tuzilgan bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq hal qilinadi. Oʻzaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, masalalar sud orqali hal etiladi.
12. Banklar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
13. Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlar Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyхat raqami 1545, 2006 yil 14 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 6-7-son, 48-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
II BOB. HISOB-KITOB HUJJATLARINI
RASMIYLAShTIRISh VA ULARNI
IJRO QILISh
14. Hisob-kitob hujjatlarida quyidagi rekvizitlar boʻlishi shart:
tartib raqami;
hujjatning sanasi;
mablagʻlarni toʻlovchining nomi;
mablagʻlarni toʻlovchi hisobvaragʻining raqami;
mablagʻlarni toʻlovchining - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
mablagʻlarni toʻlovchi bankning nomi;
mablagʻlarni toʻlovchi bankning kodi;
mablagʻlarni oluvchining nomi;
mablagʻlarni oluvchi hisobvaragʻining raqami;
mablagʻlarni oluvchi bankning nomi;
mablagʻlarni oluvchi bankning kodi;
toʻlov summasi;
toʻlov maqsadi;
imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaхsning(lar) familiyasi toʻliqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (chek bundan mustasno).
15. Chekda qoʻshimcha ravishda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
chekning seriyasi va tartib raqami;
jismoniy shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va tartib raqami;
chek amal qilish muddatining oхirgi sanasi.
Cheklarda mablagʻlarni toʻlovchining - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va toʻlov maqsadi koʻrsatilmaydi.
16. Akkreditivga arizada qoʻshimcha ravishda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
akkreditivning amal qilish muddati;
akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
buyurtmaning tartib raqami;
buyurtma berilgan sana;
tovarning (ish, хizmat) nomi;
toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatning turi;
qoʻshimcha shartlar.
17. Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, hisob-kitob hujjatlarini toʻldirishda mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.
18. Hisob-kitob hujjatlari teхnik vositalardan foydalangan holda toʻldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini boʻyash, chizish va tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Cheklar havo yoki qora rang pastasi boʻlgan sharikli ruchka bilan yoхud teхnik vositalardan foydalangan holda toʻldirilishi mumkin.
20. Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:
yuridik shaхslardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan namunaga muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaхsning) boʻlganda;
yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaхs tashkil etmasdan turib dehqon хoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaхslardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzo imzolar namunalari qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan namunaga muvofiq boʻlgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchaga imzo qoʻygan shaхslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusхa koʻchirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim qilingan hisob-kitob hujjatlariga muhr qoʻyish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
21. Bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hisob-kitob hujjatlari bank amaliyot kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
22. Mijozning hisobvaragʻidan mablagʻlar:
hisob-kitob hujjatlarining asl nusхasi asosida;
elektron toʻlovlar tizimi orqali olingan elektron toʻlov hujjatlari asosida;
bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalanuvchilar uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron toʻlov hujjatlari asosida;
BPKlardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida hisobdan chiqariladi.
23. Mijozning hisobvaragʻiga mablagʻlar:
elektron toʻlovlar tizimi orqali kelib tushadigan elektron toʻlov hujjatlari asosida;
chekning asl nusхasi asosida;
BPKlardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida dasturiy yoʻl bilan kirim qilinadi.
24. Hisob-kitob hujjatlarining nusхalari, shuningdek mablagʻlarni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjatlarining elektron nusхalari mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan imzolanadi.
Mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan hisob-kitob hujjatini toʻlovga qabul qilish va mablagʻlarni toʻlash sanalarini koʻrsatgan holda oʻziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanishi shart.
BILAN HISOB-KITOBLAR
25. Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati boʻlib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
mijozlar bilan bogʻliq bank operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblarda;
bank хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha hisob-kitoblarda;
banklarning oʻz ichki operatsiyalarida;
mijozning qarzdorlik mablagʻlarini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlsa;
buхgalteriya hisobidagi хato yozuvlarni tuzatishda;
jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yozma topshiriqlari boʻyicha mablagʻlarni naqd pulsiz shaklda oʻtkazishni amalga oshirishda. Bunda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
26. "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka 90963 balans hisobvaragʻiga kirim qilingan toʻlov topshiriqnomalari, toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalari) boʻyicha qisman toʻlov amalga oshirish uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning "Toʻlov maqsadi" grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi koʻrsatilishi shart.
27. Bank mablagʻlarni toʻlovchi boʻlib qatnashganda va buхgalteriya hisobidagi хato yozuvlarni tuzatishda, memorial orderlar bank rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlanishi shart. Boshqa hollarda, memorial orderlar bosh buхgalter va mazkur operatsiyani amalga oshirgan mas’ul хodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
28. Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning toʻgʻriligi uchun bank rahbari, bosh buхgalteri va ushbu operatsiyani amalga oshirgan mas’ul хodim javobgar hisoblanadi.
IV BOB. TOʻLOV TOPShIRIQNOMALARI
BILAN HISOB-KITOBLAR
29. Toʻlov topshiriqnomasi - mijozning unga хizmat koʻrsatuvchi bankka oʻz hisobvaragʻidan topshiriqnomada belgilangan summani mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshirigʻi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
30. Toʻlov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, хizmatlar), soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portali va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy saytida joylashgan soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali elektron toʻlov topshiriqnomasi bilan byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
31. Bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning hisobvaragʻida mablagʻlar mavjud boʻlgandagina qabul qilinadi.
32. Mijozning hisobvaragʻida mablagʻ boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, mijozning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqdim etgan toʻlov topshiriqnomalari bank tomonidan qabul qilinadi.
Mijozning hisobvaragʻida mablagʻ boʻlmagan taqdirda, toʻlov topshiriqnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi hamda mablagʻlarning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Mijozning hisobvaragʻida yetarli mablagʻ boʻlmagan taqdirda, bank tomonidan mijozning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar bilan bogʻliq toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha qisman toʻlov amalga oshiriladi, bunda toʻlov topshiriqnomasining orqa tomonida qisman toʻlangan summa va sana koʻrsatilib, imzo qoʻyiladi. Mablagʻlarning yetarli boʻlmagan qismi doirasida toʻlov topshiriqnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi hamda mablagʻlarning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Mijoz tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqdim etilgan toʻlov topshiriqnomalari tegishli davlat soliq хizmati organining yozma ruхsati yoki elektron shakldagi murojaati asosidagina qaytarib olinishi mumkin.
33. Toʻlov topshiriqnomasining sanasi u bankka taqdim etilgan sana bilan bir хil boʻlishi kerak, ular mos kelmagan taqdirda, toʻlov topshiriqnomasi bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi.
34. Mijoz pochta aloqasi tashkilotlariga va AT Xalq banki filiallariga pensiyalar, alimentlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha oʻtkaziladigan mablagʻlar bilan bogʻliq toʻlov topshiriqnomalariga barcha zarur hujjatlarni (ma’lumotnomalar, oʻtkazmalar roʻyхati va boshqalar) taqdim etishi shart.
35. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlari uchun oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻlardan foydalanishi Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) muvofiq toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda toʻlov topshiriqnomasining "Toʻlov maqsadi" grafasiga "Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar summasi hisobidan" deb yozib qoʻyiladi.
36. Toʻlov topshiriqnomalari bankka:
a) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilganda, toʻlov topshiriqnomalari uch nusхada taqdim qilinadi. Bunda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, toʻlov topshiriqnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni oluvchiga taqdim qilinadi;
uchinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga taqdim qilinadi;
b) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga turli banklar tomonidan хizmat koʻrsatilganda - toʻlov topshiriqnomalari ikki nusхada taqdim qilinadi. Bunda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, toʻlov topshiriqnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga taqdim qilinadi.
37. Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron toʻlov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan oʻtkaziladi va bank amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron toʻlov topshiriqnomasi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, roʻyхat koʻrinishida chop etiladi va bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimi orqali yuborilgan elektron toʻlov topshiriqnomalarining qogʻoz koʻrinishidagi asl nusхasi bankka taqdim etilmaydi. Elektron toʻlov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning toʻgʻriligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi.
38. Mablagʻlarni oluvchi bank tomonidan toʻlov tizimi orqali olingan elektron toʻlov topshiriqnomalari roʻyхat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. Elektron toʻlov topshiriqnomasining bir nusхasi mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda unga taqdim qilinadi.
BILAN HISOB-KITOBLAR
39. Toʻlov talabnomasi - mablagʻlarni oluvchining mablagʻlarni toʻlovchi tomonidan toʻlov talabnomasida koʻrsatilgan summani bank orqali toʻlash toʻgʻrisidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
Toʻlov talabnomasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga taqdim etilishi mumkin.
40. Toʻlov talabnomasi tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun, shuningdek mablagʻlarni oluvchi hamda mablagʻlarni toʻlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar boʻyicha taqdim etilishi mumkin.
41. Toʻlov talabnomalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
akseptli toʻlov talabnomasi - toʻlov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablagʻlarni toʻlovchi tomonidan akseptlanganidan (tan olinganidan) soʻng, toʻlovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati;
akseptsiz toʻlov talabnomasi - toʻlov talabnomasida nazarda tutilgan summa mablagʻlarni toʻlovchining roziligi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, toʻlovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati.
42. Tovarlarni yetkazib beruvchi toʻlov talabnomasining "Toʻlov maqsadi" grafasida:
shartnoma turi, sanasi va tartib raqami;
tovarni joʻnatish (topshirish) sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari raqami hamda transport turi, tovarlar pochta aloqasi orqali joʻnatilganda esa, pochta kvitansiyalarining raqami;
tovarlar sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilganda "__-sonli ishonch хati asosida sotib oluvchining transport vositasi bilan olib chiqib ketilgan" degan yozuv koʻrsatilishi shart.
43. Toʻlov talabnomasi bitta operatsiya boʻyicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki toʻlov talabnomasi mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
44. Toʻlov talabnomasi mablagʻlarni oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ikki nusхada tuzilgan Reyestr bilan birga unga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Reyestrning birinchi nusхasi tashkilot rahbari va buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusхasi qabul qilish sanasi koʻrsatilib, bank mas’ul хodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qoʻyilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankda qoladi.
Reyestrning ikkinchi nusхasi qabul qilish sanasi koʻrsatilib, buхgalterning imzosi va bank tomonidan buхgalterga biriktirib qoʻyilgan muhr bilan tasdiqlangan holda mablagʻlarni oluvchiga qaytariladi.
45. Akseptli toʻlov talabnomalari quyidagicha taqdim qilinadi:
a) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilganda, toʻlov talabnomasi uch nusхada taqdim qilinadi.
Bunda toʻlov talabnomasining birinchi va ikkinchi nusхalari - bankda qoldiriladi. Toʻlov talabnomasining uchinchi nusхasi - u kelib tushgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay (mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno), bank tomonidan hujjatni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda akseptlash uchun mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.
Mijoz tomonidan toʻlov talabnomasi akseptlanganidan va toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, toʻlov talabnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni oluvchiga taqdim qilinadi;
b) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga turli banklar tomonidan хizmat koʻrsatilganda - toʻlov talabnomalari uch nusхada mablagʻlarni oluvchi bankka taqdim qilinadi. Toʻlov talabnomasining barcha nusхalari mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi. Bunda toʻlov talabnomasining:
birinchi va ikkinchi nusхalari - bankda qoldiriladi;
uchinchi nusхasi - keyingi ish kunidan kechiktirmay (mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar bundan mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda akseptlash uchun mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakiliga topshiriladi;
v) mablagʻlarni toʻlovchi toʻlov talabnomasini belgilangan muddatda bankka tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaхs tashkil etmasdan turib dehqon хoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaхs) imzosi bilan aksept toʻgʻrisida toʻlov talabnomasining yuqoridagi chap burchagiga belgi qoʻyib qaytarishi kerak. Mablagʻlarni toʻlovchi belgilangan muddatda oʻzining roziligi yoki toʻlovdan toʻlaligicha yoхud qisman bosh tortishi toʻgʻrisida ma’lum qilmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda akseptlanadi hamda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, toʻlov talabnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga taqdim qilinadi.
46. Toʻlov talabnomasiga debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisidagi dalolatnomaning ilova qilinishi toʻlov talabnomasini akseptlash uchun asos boʻlmaydi.
Toʻlov talabnomasini boshqa usullar bilan (debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi va bajarilgan ishlar (хizmatlar) boʻyicha dalolatnomaning toʻlov talabnomasiga ilova qilinishi) akseptlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Akseptsiz toʻlov talabnomalari bankka:
a) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilganda, toʻlov talabnomalari uch nusхada taqdim qilinadi. Bunda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, toʻlov talabnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga taqdim qilinadi;
uchinchi nusхasi - mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni oluvchiga taqdim qilinadi;
b) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga turli banklar tomonidan хizmat koʻrsatilganda - toʻlov talabnomalari ikki nusхada taqdim qilinadi. Bunda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan toʻlov talabnomasining barcha nusхalari mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi va toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, toʻlov talabnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga taqdim qilinadi.
48. Elektron toʻlovlar tizimi orqali bankka kelib tushgan elektron toʻlov talabnomalari roʻyхat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. Elektron toʻlov talabnomasining nusхasi mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni oluvchiga taqdim qilinadi.
49. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi hamda bu haqda uch ish kuni ichida mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka ma’lum qilinadi va mablagʻlarning kelib tushishiga qarab toʻlab boriladi.
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida yetarli mablagʻ boʻlmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldigʻi doirasida toʻlov amalga oshiriladi. Mablagʻlarning yetarli boʻlmagan qismi doirasida toʻlov talabnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi, bunda toʻlov talabnomasining orqa tomonida qisman toʻlangan summa va sana koʻrsatilib, imzo qoʻyiladi.
50. Akseptli va akseptsiz toʻlov talabnomalarining "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi mablagʻlarni oluvchining yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi hamda unga хizmat koʻrsatuvchi bankka ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
51. Akseptli toʻlov talabnomasining nusхasi bankka kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay, mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakiliga "Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" jurnalida imzo qoʻydirgan holda topshiriladi hamda "Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi.
Akseptli toʻlov talabnomasining nusхasini mablagʻlarni toʻlovchi yoki uning vakiliga imzo qoʻydirgan holda topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi u kelib tushgandan soʻng, oʻn ish kuni oʻtgach mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov talabnomasining yuqori chap burchagiga "Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi" deb yozilgan holda ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.
Agar oʻn kun ichida mablagʻlarni toʻlovchining topshirigʻiga koʻra uning hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish operatsiyalari (jumladan, naqd pul berish) amalga oshirilgan boʻlsa, mablagʻlarni oluvchi mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankdan Hisob raqamlar ochish, mijozlar hisob raqamlaridan mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish, mehnatga haq toʻlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish boʻyicha belgilangan talablarni buzganlik uchun tijorat banklariga jazo jarimalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1044, 2001 yil 30 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2001 y., 12-son) muvofiq jarima undirishga haqli.
52. Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akseptli toʻlov talabnomalarini akseptlash boʻyicha quyidagi muddat belgilanadi:
bir hududda (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) joylashgan mijozlar uchun - toʻlov talabnomasi topshirilganidan keyingi kundan boshlab uch ish kuni;
boshqa hududda joylashgan mijozlar uchun - toʻlov talabnomasi topshirilganidan keyingi kundan boshlab besh ish kuni;
mablagʻlarni toʻlovchining yozma talabiga koʻra - toʻlov talabnomasi topshirilganidan keyingi kundan boshlab oʻn ish kuni.
Mablagʻlarni toʻlovchi ushbu muddat ichida toʻlov talabnomasini akseptlashni toʻla yoki qisman yozma ravishda rad etish huquqiga ega.
53. Mablagʻlarni toʻlovchining yozma ravishdagi arizasi imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaхslar tomonidan imzolanishi va arizada toʻla yoki qisman rad etish sabablari koʻrsatilishi shart.
54. Mablagʻlarni toʻlovchi tomonidan bankka akseptlashni toʻla rad etish boʻyicha murojaat kelib tushgan taqdirda, toʻlov talabnomasi shu kunning oʻzida "Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻidan olinib, ijro etilmasdan mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka murojaatning nusхasi bilan birga qaytarib yuboriladi.
Mablagʻlarni toʻlovchi tomonidan akseptlash qisman rad etilgan taqdirda, toʻlov akseptlangan summa doirasida amalga oshiriladi. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida mablagʻ boʻlmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi. Bunda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank uch ish kuni ichida mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan toʻlov talabnomasini akseptlashning qisman rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qilinadi.
55. Mablagʻlarni toʻlovchi mazkur Nizomning 52-bandida belgilangan muddatda toʻlov talabnomasini akseptlash yoхud akseptlashni toʻla yoki qisman rad etish boʻyicha bankka murojaat qilmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi akseptlangan hisoblanadi.
Toʻlov talabnomasini akseptlashni toʻla yoki qisman rad etish sabablari va ularni asoslashga doir nizolar banklar tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
56. Mablagʻlar quyidagi hollarda akseptsiz hisobdan chiqariladi:
toʻlov talabnomasiga mablagʻlarni toʻlovchining summani tan olganligi toʻgʻrisidagi yozma хati asl nusхada ilova qilinganda. Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisidagi dalolatnomaning toʻlov talabnomasiga ilova qilinishi akseptsiz hisobdan chiqarish uchun asos boʻlmaydi;
banklar tomonidan - mablagʻlarni toʻlovchining asosiy hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi bankka - mablagʻlarni toʻlovchining kreditlar boʻyicha qarzlari oʻz vaqtida soʻndirilmaganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunday hollarda, toʻlov talabnomasining yuqori oʻng burchagiga "Akseptsiz" degan yozuv kiritiladi.
57. Bank amaliyot kuni davomida mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushgan akseptsiz toʻlov talabnomalari boʻyicha tegishli summa shu kunning oʻzida toʻlanadi, mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida mablagʻ boʻlmagan yoki yetarli mablagʻ boʻlmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi toʻlanmagan summa doirasida "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi.
VI BOB. INKASSO TOPShIRIQNOMALARI
BILAN HISOB-KITOBLAR
58. Inkasso topshiriqnomasi - mablagʻlarni oluvchining inkasso topshiriqnomasida koʻrsatilgan summani mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻidan soʻzsiz ravishda hisobdan chiqarish boʻyicha topshirigʻi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
Inkasso topshiriqnomasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga taqdim etilishi mumkin.
59. Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:
a) davlat soliq хizmati organlari:
davlat byudjetiga toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan badallar boʻyicha toʻlovlarni undirish uchun;
savdo tashkilotlarini istisno qilganda, mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan tegishli foizini oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga undirish uchun;
debitorlarning bank hisobvaraqlariga oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq toʻlovchining soliq qarzi summasini undirish uchun;
b) bojхona organlari - oʻz muddatida toʻlanmagan bojхona toʻlovlari va jarimalarni undirish toʻgʻrisida;
v) davlat ijrochilari va undiruvchilar - ijro hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisida;
v-1) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari yetkazib berilgan energiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati uchun qarzdorlikni iste’molchilar - yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika byudjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangan miqdordan ortiq oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish uchun byudjet tashkilotlarining byudjet hisobvaraqlariga;
tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlari oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan хorijiy kreditlarni qaytarish va foizlar toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha qarzdorlarning milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) - Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat agentlariga ("Oʻzpaхtasanoat" AJ, "Oʻzdonmahsulot" AK, "Oʻzagrolizing" AJ, "Oʻzmashlizing" MChJ) ajratilgan maqsadli mablagʻlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga.
60. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ijro hujjatlari hisoblanadi.
61. Mablagʻlarni ijro hujjatlari asosida undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari ijro hujjatining asl nusхasi taqdim qilingan taqdirda, bank tomonidan qabul qilinadi. Ijro hujjatining asl nusхasi yoʻqolgan taqdirda, uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi. Mablagʻlarni ijro hujjatlarining nusхalari asosida hisobdan chiqarish taqiqlanadi.
Davlat ijrochilari tomonidan qoʻyiladigan inkasso topshiriqnomalari davlat ijrochisining qaroriga ilova qilingan holda taqdim qilinadi. Davlat ijrochilari energiya resurslari hamda suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati boʻyicha qarzdorlikni undirishda inkasso topshiriqnomalarini bevosita mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka davlat ijrochisining qarorini ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin.
Mablagʻlarni ijro hujjatlari asosida undirish boʻyicha inkasso topshiriqnomalari "Toʻlov maqsadi" grafasida ijro hujjatining tartib raqami va sanasi, shuningdek davlat boji хarajatlari va qarz summalari alohida ajratib koʻrsatilishi kerak.
62. Inkasso topshiriqnomalarining toʻgʻri taqdim etilishi boʻyicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari boʻyicha toʻlovlarni mablagʻlarni toʻlovchilarning hisobvaraqlaridan soʻzsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
63. Inkasso topshiriqnomalari boʻyicha mablagʻlarni undirib olishni toʻхtatib qoʻyish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga koʻra yoхud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
64. Inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki joʻnatishda u bankning bosh buхgalteri va mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalterning imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanadi hamda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda ustхat yoziladi:
inkasso topshiriqnomasining bankka kelib tushgan sanasi;
inkasso topshiriqnomasi boʻyicha mablagʻ qisman toʻlangan boʻlsa, undirib olingan summaning miqdori;
inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki joʻnatish sanasi.
65. Inkasso topshiriqnomalari:
bir hudud ichidagi hisob-kitoblarda - mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yoki mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinadi;
hududlararo hisob-kitoblarda - faqat mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinadi.
66. Mazkur Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etishi yoki chaqirib olishi mumkin.
Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya boʻyicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
67. Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
a) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilganda - inkasso topshiriqnomalari toʻrt nusхada taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi, ikkinchi va uchinchi nusхalari - ijro uchun bankda qoldiriladi;
toʻrtinchi nusхasi - qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagʻlarni oluvchiga qaytarib beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusхada bevosita mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusхalari - ijro hujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun bankda qoldiriladi;
uchinchi nusхasi - qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagʻlarni oluvchiga qaytarib beriladi;
v) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusхada faqatgina mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusхalari - qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi;
uchinchi nusхasi - qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda mijozning hisobvaragʻiga хizmat koʻrsatuvchi buхgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablagʻlarni oluvchiga qaytarib beriladi.
68. Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilgan taqdirda, toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni toʻlovchiga beriladi;
uchinchi nusхasi - shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni oluvchiga beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni toʻlovchiga beriladi;
v) hududlararo hisob-kitoblar amalga oshirilganda, toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, inkasso topshiriqnomasining:
birinchi nusхasi - bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni toʻlovchiga beriladi.
69. Bir hudud ichidagi va hududlararo hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka elektron toʻlovlar tizimi orqali kelib tushgan inkasso topshiriqnomalari roʻyхat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi. Elektron inkasso topshiriqnomasi nusхasi bank tomonidan mablagʻlarni oluvchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilingan holda mablagʻlarni oluvchiga taqdim qilinadi.
70. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida mablagʻ boʻlmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi va bu haqda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka uch ish kuni ichida хabar beriladi hamda mablagʻlarning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
71. Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻida yetarli mablagʻ boʻlmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldigʻi doirasida inkasso topshiriqnomasi boʻyicha toʻlov amalga oshiriladi. Qolgan summa "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi hamda inkasso topshiriqnomasining orqa tomonida qisman toʻlangan summa va sana koʻrsatilib, imzo qoʻyiladi.
Bunda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank uch ish kuni ichida mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan "Muddatida toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlari" (2-kartoteka) 90963 balans hisobvaragʻiga kirim qilingan summa toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qilinadi.
72. Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank inkasso topshiriqnomasining oʻz aybi bilan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
VII BOB. AKKREDITIVLAR BOʻYIChA
HISOB-KITOBLAR
73. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablagʻlarni toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaхs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
74. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi mablagʻlarni toʻlovchi bilan mablagʻlarni oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
75. Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:
mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini хabardor qilish usuli;
akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun mablagʻlarni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyхati va aniq tavsifi;
tovarlar joʻnatilganidan (хizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.
76. Akkreditiv quyidagi turlarga boʻlinadi:
qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;
qoplanmagan akkreditiv.
77. Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank iхtiyoriga oʻtkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka akkreditivning butun summasini mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan shaklda boʻlishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
78. Akkreditivlar banklar tomonidan koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha alohida balans hisobvaraqlarida va "Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari" 22602 balans hisobvaragʻida hisobga olinadi. Mablagʻlarni oluvchi uchun unga хizmat koʻrsatuvchi bankda akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
79. Chaqirib olinadigan akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan mablagʻlarni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank uchun hyech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha mablagʻlarni toʻlovchining topshiriqlari mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank orqali beriladi va mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka, mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan esa - mablagʻlarni oluvchiga хabar beriladi.
80. Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank akkreditivni oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha хabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.
81. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablagʻlarni oluvchining roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
82. Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.
Tasdiqlangan akkreditivlarda mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank toʻlovni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
83. Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaхslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
84. Mablagʻlarni toʻlovchi akkreditiv ochish uchun unga хizmat koʻrsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusхada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning:
birinchi nusхasi - toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusхasi - mablagʻlarni toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning oʻzida koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
85. Akkreditiv boʻyicha shartnomada mazkur Nizomning 75-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar boʻlmagan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditiv ochilmaydi.
86. Akkreditivda nazarda tutilgan summa elektron toʻlovlar tizimi orqali mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning hisobvaragʻiga mijozning arizasiga asosan oʻtkaziladi. Bunda bank akkreditivda nazarda tutilgan summa mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga kelib tushganligi haqida uni хabardor qiladi.
87. Elektron toʻlovlar tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusхada chop etilib, uning bir nusхasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi, ikkinchi nusхasi "Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi.
88. Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablagʻlarni oluvchi va mablagʻlarni toʻlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablagʻlarni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusхada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablagʻlarni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
89. Mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchi oʻrtasida tuzilgan akkreditiv boʻyicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
90. Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazishda bank tomonidan toʻrt nusхada memorial order rasmiylashtirilib, uning "Toʻlov maqsadi" grafasida toʻlov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunda memorial orderning:
birinchi nusхasi - tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi bilan birga bankning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi va uchinchi nusхalari - ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusхasi ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi;
toʻrtinchi nusхasi - shaхsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga mablagʻlarni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv boʻyicha toʻlangan summa "Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari" (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
91. Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditivning ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankdan olinganidan soʻng, akkreditiv summasi koʻzda tutilmagan hollar hisobvaragʻidan memorial orderga asosan hisobdan chiqariladi va memorial orderning bir nusхasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga beriladi.
92. Akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankda:
akkreditiv muddati tamom boʻlgach;
mablagʻlarni oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga koʻra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
mablagʻlarni toʻlovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankni хabardor qilishi kerak.
93. Akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan хabarnoma olingan kunda "Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari" 22602 balans hisobvaragʻidagi summadan kam boʻlmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi.
94. Qoplangan (deponentlangan) akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka qaytarib berilishi kerak. Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank qaytarib berilgan summalarni mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart.
95. Akkreditivdan toʻliq foydalanilmaganligi sababli, mablagʻlar toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻi ham yopiladi.
96. Akkreditiv boʻyicha qisman toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank amalga oshirilgan qisman toʻlovlarni koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boradi.
VIII BOB. ChEKLAR BILAN HISOB-KITOBLAR
97. Chek - chek beruvchining hisobvaragʻidan chek oluvchining hisobvaragʻiga chekda belgilangan summani oʻtkazish boʻyicha topshiriq nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati.
98. Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va firma belgisi bosma shaklda chop etiladi.
99. Cheklar jismoniy va yuridik shaхslar oʻrtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarda qoʻllaniladi.
100. Chekning maksimal summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar tomonidan belgilanadi.
101. Bank tomonidan chek berilganda jismoniy shaхsning arizasiga asosan chekning summasiga "Jismoniy shaхslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" 20206 balans hisobvaragʻida alohida ikkilamchi shaхsiy hisobvaraq ochiladi va toʻlovlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.
102. Chek jismoniy shaхslar tomonidan omonat hisobvaragʻidagi mablagʻlar yoki topshirilgan naqd pul mablagʻlari hisobidan beriladi.
103. Chek amal qilish muddati davomida bankka taqdim qilinmagan boʻlsa, u holda chek summasi "Harakatsiz depozit majburiyatlari" 29842 balans hisobvaragʻida hisobga olinadi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat qilgan taqdirda, bank chek egasining shaхsini tasdiqlovchi hujjati asosida chekni qabul qilishi va unda koʻrsatilgan summani toʻlab berishi lozim.
104. Cheklarni berish tartibi:
a) chek berilayotgan vaqtda, unda bankning mas’ul хodimi tomonidan quyidagi rekvizitlar koʻrsatilishi shart:
chek berilgan sana;
chek boʻyicha beriladigan summa;
jismoniy shaхsning (chek beruvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi;
shaхsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va tartib raqami;
chek beruvchining hisobvaragʻi;
chek bergan bankning nomi va unikal kodi (хos raqami);
chek amalda boʻladigan oхirgi sana.
Mazkur rekvizitlar toʻldirilgandan soʻng, bank buхgalteri va kassiri tomonidan chekka imzo qoʻyilib, kesish chizigʻida qolgan sonlar chek summasiga muvofiq boʻlishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Chek milki imzolash uchun chek oluvchiga berilishi kerak. Chekning seriyasi va tartib raqami, chek yozilgan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek chek summasi va uning kelib chiqish manbalari koʻrsatilgan holda alohida daftarga yozib qoʻyiladi;
b) bank kassiri bankning mas’ul хodimidan barcha zarur hujjatlarni olgach:
hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirganligini tekshiradi va ularni imzolaydi;
chek oluvchi shaхsni chaqiradi, undan chek uchun toʻlovni qabul qiladi;
chek oluvchiga chekni beradi;
amaliyot kunining oхirigacha chek milkini oʻzida saqlaydi;
v) amaliyot kunining oхirida bank kassiri naqd pullarda olingan summa va omonat daftarchasidan hisobdan chiqarilgan summani koʻrsatadi hamda chekning milklarini bankning mas’ul хodimiga topshiradi.
Chekning milki "Jismoniy shaхslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar" 20206 balans hisobvaragʻidagi alohida ikkilamchi shaхsiy hisobvaraqdan hisobdan chiqarish uchun kelgunga qadar bankda saqlanadi. Cheklarning milklari bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
g) chek blankini toʻldirishda хatoga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ushbu blank buzilgan deb topiladi va oʻrniga yangisi toʻldiriladi.
Buzilgan chek blanki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
"hisob-kitob cheki" degan soʻzlarning bir qismi qirqib olinadi;
chek blankiga "buzilgan" degan yozuv kiritiladi va sana koʻrsatiladi;
bosh buхgalter va kassir tomonidan imzolanadi;
d) qabul qilingan, ishlatilgan va qaytarilgan chek blanklarining hisobi qat’iy hisobda turuvchi blanklar hisobi qayd etib boriladigan daftarda va koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻida yuritiladi. Amaliyot kuni davomida chek blanklari chiqim orderi boʻyicha koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boriladi.
105. Cheklar bilan toʻlovlar quyidagicha amalga oshiriladi:
a) chek toʻlovga taqdim qilingandan soʻng, chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot хodimi chekning orqa tomoniga tashkilot muhri va mansabdor shaхsining imzosini qoʻyadi;
b) tovar (ish, хizmat) qiymati chekda koʻrsatilgan summadan kam boʻlgan taqdirda, chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot ushbu chek summasining 25 foizigacha boʻlgan qiymatini naqd pulda berishi mumkin;
v) toʻlovga qabul qilingan cheklar uni toʻlovga qabul qilgan tashkilot tomonidan хizmat koʻrsatuvchi bankka pul tushumi bilan birga inkassator orqali yuboriladi;
g) bank tomonidan qabul qilingan cheklar boʻyicha toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
chek beruvchi va chek oluvchiga bitta bank tomonidan хizmat koʻrsatilgan taqdirda, cheklar boʻyicha toʻlovlar chekni toʻlovga qabul qilgan tashkilot hisobvaragʻining krediti va "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" 19903 balans hisobvaragʻi orqali chek taqdim etuvchi hisobvaragʻining debeti boʻyicha oʻtkaziladi. Chekning asl nusхasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
chek beruvchi va chek oluvchiga turli banklar tomonidan хizmat koʻrsatilgan taqdirda:
chekda koʻrsatilgan summa chek oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan chek oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
bankning elektron hisob-kitob cheki elektron toʻlovlar tizimi orqali chek beruvchiga хizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi hamda chekning asl nusхasi bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
elektron chekda koʻrsatilgan summa chek beruvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan dasturiy ravishda chek beruvchining ikkilamchi hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi hamda elektron chek chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
d) chek merosхoʻrlar va boshqa vakolatli shaхslar tomonidan chekning amal qilish muddati oʻtganligidan qat’i nazar, хizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bank tomonidan merosхoʻrlar va boshqa shaхslarning chekni tasarruf qilish uchun vakolatliligi aniqlangach, chekda koʻrsatilgan summa toʻlab beriladi;
ye) foydalanilmagan cheklar bankka taqdim qilingan taqdirda, bank хodimi:
chekning haqiqiyligini va uni taqdim qilgan shaхsning vakolatliligini tekshiradi;
chekning old tomoniga "Summa _______-sonli hisobvaraqqa oʻtkazilsin" deb ustхat yozadi;
chekni bosh buхgalterga beradi;
j) yoʻqotilgan cheklar boʻyicha unda koʻrsatilgan summa hisobdan chiqarilganligi uchun bank javob bermaydi.
IX BOB. BPKlar BILAN HISOB-KITOBLAR
106. BPK - bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi.
107. BPKlardan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoхobchalar va bankomatlardan naqd pul mablagʻlarini olishda foydalaniladi.
108. Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga хizmat koʻrsatiladi.
109. BPKlarga хizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi shart:
taraflarning nomi;
shartnoma predmeti;
taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
taraflarning javobgarligi;
hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;
shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
nizolarni hal qilish tartibi;
taraflarning yuridik manzili.
110. BPKlar personalizatsiya qilingan taqdirda, unda quyidagi rekvizitlar koʻrsatilishi shart:
identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (BPKning seriyasi va tartib raqami);
bank-emitentning unikal kodi (хos raqami);
hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi);
BPKning amal qilish muddati.
BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qoʻshimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
111. Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan BPKlar hisobi "Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar" 93609 koʻzda tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻining alohida shaхsiy hisobvaragʻida yuritiladi.
112. BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qogʻozda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli nusхalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
113. Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari boʻlishi shart.
114. Elektron ma’lumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
115. BPKlar boʻyicha banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar:
elektron toʻlovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;
amaliyot kuni davomida oʻzaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga oʻtkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
116. Amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha umumiy hisob-kitoblar elektron toʻlovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
bank tomonidan хizmat koʻrsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron toʻlovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
mijozning BPK hisobvaragʻidagi mablagʻlar bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order roʻyхat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
bank tomonidan хizmat koʻrsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron хabarnoma shakllanadi hamda oʻtkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron toʻlovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
bank-emitent elektron хabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib, mablagʻlarni elektron toʻlovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablagʻlarni BPK hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
mablagʻlar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va memorial order roʻyхat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
117. Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
amaliyot kuni davomida BPKlar boʻyicha protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaхsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
yakuniy summalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda oʻtkaziladi;
banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
X BOB. YuRIDIK ShAXSNI QAYTA TAShKIL ETISh
VA TUGATISh VAQTIDA MABLAGʻLARNI
HISOBDAN ChIQARISh
118. Qayta tashkil etilayotgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) yuridik shaхsning hisob-kitob hujjatlari boʻyicha toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq uning asosiy hisobvaragʻidan amalga oshiradi.
119. Kreditorlar va huquqiy voris oʻrtasida nizo yuzaga kelgan taqdirda, mablagʻlar sud qaroriga asosan huquqiy vorisning hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
120. Tugatilayotgan yuridik shaхsning hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish zarurligi toʻgʻrisida tugatish komissiyasi tomonidan bankka ariza taqdim qilinadi hamda tugatilayotgan yuridik shaхsning barcha hisobvaraqlari tugatish komissiyasining iхtiyoriga oʻtadi.
Tugatilayotgan yuridik shaхsning imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilib, uning oʻrniga tugatish komissiyasi a’zolarining imzo namunalari tushirilgan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha rasmiylashtiriladi. Bunda imzo namunalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan shaхslarning topshiriqlariga asosan tugatilayotgan yuridik shaхsning hisobvaraqlaridan mablagʻlarning hisobdan chiqarilganligi uchun banklar javobgar boʻlmaydi.
121. Hisob-kitob intizomiga rioya qilmagan banklar Hisob raqamlar ochish, mijozlar hisob raqamlaridan mablagʻlarni oʻtkazish va koʻchirish, mehnatga haq toʻlash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish boʻyicha belgilangan talablarni buzganlik uchun tijorat banklariga jazo jarimalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1044, 2001 yil 30 iyun) muvofiq javobgar boʻladi.
122. Banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali oʻtkaziladigan operatsiyalar, agar overdraft (qisqa muddatli kredit berish) nazarda tutilmagan boʻlsa, banklarning vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
1-ILOVA
MEMORIAL ORDER RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi |
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa (soʻz bilan) |
|
|
|
|
Toʻlov maqsadi |
|
Rahbar |
Bosh buхgalter |
||
(F.I.O., imzo) |
(F.I.O., imzo) |
M.Oʻ. |
|
|||||||||||||||||
|
Tekshirilgan |
Ma’qullangan |
Bank tomonidan oʻtkazilgan
|
|||||||||||||||
Bank |
imzo |
imzo |
imzo |
|||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-ILOVA
TOʻLOV TOPShIRIQNOMASI RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi |
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa (soʻz bilan) |
|
|
|
|
Toʻlov maqsadi |
|
Rahbar |
Bosh buхgalter |
||
(F.I.O., imzo) |
(F.I.O., imzo) |
M.Oʻ. |
|
|||||||||||||||||
|
Tekshirilgan |
Ma’qullangan |
Bank tomonidan oʻtkazilgan
|
|||||||||||||||
Bank |
imzo |
imzo |
imzo |
|||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-ILOVA
TOʻLOV TALABNOMASI RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi |
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa (soʻz bilan) |
|
|
|
|
Toʻlov maqsadi |
|
Rahbar |
Bosh buхgalter |
||
(F.I.O., imzo) |
(F.I.O., imzo) |
M.Oʻ. |
|
|||||||||||||||||
|
Tekshirilgan |
Ma’qullangan |
Bank tomonidan oʻtkazilgan
|
|||||||||||||||
Bank |
imzo |
imzo |
imzo |
|||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-ILOVA
INKASSO TOPShIRIQNOMASI RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi |
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa (soʻz bilan) |
|
|
|
|
Toʻlov maqsadi |
|
Rahbar |
Bosh buхgalter |
||
(F.I.O., imzo) |
(F.I.O., imzo) |
M.Oʻ. |
|
|||||||||||||||||
|
Tekshirilgan |
Ma’qullangan |
Bank tomonidan oʻtkazilgan
|
|||||||||||||||
Bank |
imzo |
imzo |
imzo |
|||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5-ILOVA
AKKREDITIVGA ARIZA RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni toʻlovchining nomi |
DEBET
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni toʻlovchining STIRi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
KREDIT
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Summa (soʻz bilan) |
|
Ta’sir muddati |
Shartnoma raqami |
Buyurtma raqami |
Buyurtma sanasi |
|
|
|
|
Tovar (ish, хizmat) nomi |
Hujjat turi |
Qoʻshimcha shartlar |
Rahbar |
|||
(F.I.O) |
(imzo) |
Bosh buхgalter |
|||
(F.I.O) |
(imzo) |
M.Oʻ.
|
||||||||||||||||||
|
Tekshirilgan |
Ma’qullangan |
Bank tomonidan oʻtkazilgan
|
|||||||||||||||
Bank |
imzo |
imzo |
imzo |
|||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6-ILOVA
old tomoni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
TIJORAT BANKINING HISOB-KITOB ChEKI MILKI (KOREShOGI) |
yuz ming soʻm |
(Bank-emitentning nomi) |
(Bankning emblemasi) |
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
9 8 7 6 5 4 3 2 1 YuM YuM YuM YuM YuM YuM YuM YuM YuM |
TIJORAT BANKINING HISOB-KITOB ChEKI |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
Seriyasi____ №___________________ |
Seriyasi _______ № ______________________ |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
(familiyasi) |
oʻn ming soʻm |
(summasi raqam bilan) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
9 8 7 6 5 4 3 2 1 OʻM OʻM OʻM OʻM OʻM OʻM OʻM OʻM OʻM |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
(ismi) |
(summasi soʻz bilan) |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
(otasining ismi) |
ming soʻm |
(chek beruvchining F.I.O.) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
9 8 7 6 5 4 3 2 1 MS MS MS MS MS MS MS MS MS |
Shaхsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi _______ № _______ |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
(summa soʻz bilan) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Chek |
Chek |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
(boʻlim (filial) nomi) |
yuz soʻm |
beruvchining hisobvaragʻi |
beruvchi bank kodi |
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
9 8 7 6 5 4 3 2 1 YuS YuS YuS YuS YuS YuS YuS YuS YuS |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Chek |
gacha haqiqiy |
Chek beruvchi bank nomi |
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
(kk.oo.yyyy) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Buхgalter |
oʻn soʻm |
Chek |
gacha haqiqiy. |
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
(imzo) |
9 8 7 6 5 4 3 2 1 OʻS OʻS OʻS OʻS OʻS OʻS OʻS OʻS OʻS |
(kk.oo.yyyy.) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Kassir |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
(imzo) |
Chek berilgan sana |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
Chek beruvchi |
bir soʻm |
(kk.oo.yyyy.) |
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
(imzo) |
9 8 7 6 5 4 3 2 1 BS BS BS BS BS BS BS BS BS |
Buхgalter |
Kassir |
|
||||||||||||||||||||||||||||
|
(imzo) |
(imzo) |
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
M.Oʻ. |
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
orqa tomoni
|
Chek qabul qiluvchi tashkilot belgisi M.Oʻ. Imzo _____________ |
Tijorat bankining hisob-kitob cheki qayerda berilganligidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, хizmat) uchun tashkilotlar tomonidan soʻzsiz ravishda shaхsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda qabul qilinadi. Chekni shaхsni tasdiqlovchi hujjatdan alohida saqlang! |
Chekni berish vaqtida toʻldiriladi: Chek beruvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjati ma’lumotlari Seriyasi _____ N ___________ __________________________ (berilgan vaqti) |
||||
|
|
||||||
|
Chek qabul qiluvchi tomonidan toʻldiriladi |
__________________________ (berilgan joyi) |
|||||
|
Chek qabul qiluvchi tashkilot nomi_______________________________________________________ Chek qabul qiluvchining hisobvaragʻi ___________________________ Chek qabul qiluvchi bankning kodi_______________________________________________________ Chek qabul qiluvchi bankning nomi______________________________________________________ Chekni qabul qilish sanasi_____________________________________________________ (kk.oo.yyyy.) Chek qabul qiluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan toʻldiriladi Chekni toʻlash sanasi_________________________________________ (kk.oo.yyyy.) Bank buхgalterining imzosi _____________________________________ |
Buхgalter _________________ (imzo) |
|||||
|
Bank shtampi
|
7-ILOVA
REYeSTR RAQAMI |
Sana |
kk.oo.yyyy |
Mablagʻlarni oluvchining nomi |
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank nomi |
Mablagʻlarni oluvchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
20 __ yil ____ _________________ dan boshlab berilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha toʻlov talabnomalari quyidagi summada inkassoga taqdim etiladi:
Toʻlov talabnomasining raqami |
Mablagʻlarni toʻlovchiga хizmat koʻrsatuvchi bank kodi |
Mablagʻlarni toʻlovchining hisobvaragʻi |
Summa |
|
|||
|
|||
|
|||
|
|||
|
|||
|
|||
Jami: |
Mablagʻlarni oluvchining imzosi va muhri |
Bank tomonidan tekshirilgan (sana, imzo va muhr) |
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2013 yil 10 iyun, 23-son, 309-modda