Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.1998 y. PF-2086-son "Qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.10.1998 y.

N PF-2086



QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB

ChIQARUVChILARI UChUN YaGONA YeR

SOLIINI JORIY ETISh TOʻRISIDA


Qishloq хoʻjalik ekinzorlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chikaruvchilarining pirovard mehnat natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va bir хil qilish maqsadida:


1. 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solii joriy etilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, yagona yer solii amaldagi barcha umumdavlat soliqlari (aksiz soliidan tashqari) hamda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan quyidagi mahalliy soliqlar va yiimlarni toʻlash oʻrniga joriy etiladi:

daromad (foyda) solii;

qoʻshilgan qiymat solii (tovarlar (ishlar, хizmatlar) importi bundan mustasno);

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;

mol-mulk solii;

yer solii;

obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii;

boshqa mahalliy soliqlar va yiimlar.

Yagona yer solii toʻlovchilari boʻlmish qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun boj toʻlovi, davlat boji, litsenziya yiimlari, davlatning maqsadli jamarmalariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer хoʻjaliklari, agrofirmalar, shuningdek boshqa qishloq хoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yagona yer soliini toʻlovchilar hisoblanadilar, dehqon хoʻjaliklari bundan mustasnodir. Dehqon хoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasining "Deхqon хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonunida koʻzda tutilgan soliqqa tortish shartlari tadbiq etiladi;

qishloq хoʻjaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer maydoni. yagona yer soliiga tortish ob’yekti hisoblanadi;

yagona yer solii mikdori yer maydonining qayerda joylashganligini, sifati (ball-boniteti)ni va suv bilan ta’minlanganligini hisobga oluvchi bazaviy stavkalar hamda tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan yer maydoni birligiga qayd etib qoʻyilgan toʻlov holida belgilanadi. Yagona yer soliining mikdori qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining хoʻjalik faoliyati natijalariga boliq boʻlmaydi;

yagona yer solii mahalliy byudjet hisobiga oʻtkaziladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

shu yilning 15 noyabriga qadar yerlar joylashishining tafovutlari, sifati (ball-boniteti)ni va suv bilan ta’minlanganligini хisobga olgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha qishloq хoʻjalik ekinzorlariga mutlaq miqdorda 1999 yilga moʻljallangan yagona yer soliining muvaqqat bazaviy stavkalarini, shuningdek yagona yer solii muvaqqat bazaviy stavkalarining tuzatish koeffitsiyentlarini tasdiqlasin;

yagona yer soliining muvaqqat bazaviy stavkalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yilgi Davlat byudjetini tasdiqlash choida tumanlar va shaharlar boʻyicha yagona yer solii stavkalarini tasdiqlasin;

1999 yilgi ish yakunlari boʻyicha, Respublika komissiyasining takliflarini hisobga olgan holda yagona yer soliining muvaqqat bazaviy stavkalari va tuzatish koeffitsiyentlarini qayta koʻrib chiqsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

ushbu Farmon amalga kiritilgunga qadar ayrim qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yer solii, shuningdek daromad (foyda) soliini toʻlashda imtiyozlar qancha muddatga berilgan boʻlsa shu muddat tugagunga qadar bunday imtiyoz yagona yer solii toʻlashga tadbiq etiladi;

yagona yer soliini hisoblash choida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yer soliiga tortilmaydigan yer maydonlari soliqqa tortish bazasidan mustasno qilinadi;

yangi tashkil etilgan qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil muddatga yagona yer solii toʻlashdan ozod qilinadilar;

tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etiladigan bodorchilik va uzumchilik fermer хoʻjaliklari ularni davlat roʻyхatidan oʻtgan paytdan boshlab yagona yer solii toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Soliq solishdan boʻshaydigan mablalar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga, bo va uzumzorlar barpo etish hamda ularni kengaytirishga yoʻnaltiriladi;

tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar iхtiyoriy tugatilganda yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organ iхtiyoriy tugatish toʻrisida qabul qilingan qaror haqida хabardor qilingan kundan boshlab yagona yer soliini hisoblab yozish tugatiladi.

Iхtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхs faoliyatini iхtiyoriy tugatish va faoliyatini tiklash tartib-taomillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda soliq imtiyoz qoʻllanadigan butun davr uchun toʻliq hajmda olinadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soliini hisoblash va toʻlash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.


8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov