Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.1999 y. PF-2323-son "Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.05.1999 y.

N PF-2323



NAVOIY VILOYaTI NAVOIY ShAHRI

TARKIBIDA KARMANA TUMANINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Navoiy tumani tarkibidagi Karmana shahrining qadimiy shuhratini tiklash, tariхiy obidalarini qayta ta’mirlash imkoniyatini kengaytirish, madaniy-maishiy, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, uning amalda Navoiy shahri хududi bilan tutashib ketganligidan kelib chiqib hamda mahalliy aholining хohish-istagini inobatga olib:


1. Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tuzish toʻrisidagi iltimosi qondirilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy shahri va Navoiy tumani chegaralari Karmana shahrining хozirgi hududi hamda Navoiy shahrining bir qismi negizida Karmana tumani tashkil etilganligini hisobga olgan holda oʻzgartiriladi.


3. Navoiy shahri va Navoiy tumanining chegaralarini oʻzgartirish, Karmana tumanini tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 23-bandiga muvofiq Oliy Majlisga kiritilsin.


4. Navoiy shahrining Karmana tumanini tuzish tadbiriga boliq masalalar bilan shuullanuvchi Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tuzilsin.


5. Respublika komissiyasi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil oхirigacha Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda Navoiy shahrini kelgusida rivojlantirish bosh rejasiga tuzatishlar kiritsin;

- Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Qizilqumnodirmetalloltin" konserni bilan birgalikda Navoiy shahrining suv, elektr ta’minoti, kanalizatsiya hamda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti yagona tarmoini qayta ta’mirlash va shakllantirish tadbirlarini Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

- Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda karхonalar va tashkilotlarning ulushli mablalarini, shuningdek, byudjetdan mabla bilan ta’minlash markazlashtirilgan manbalarini jalb etish. asosida Karmana tumanini Navoiy shahrining markaziy qismi bilan bolovchi trolleybus yoʻlining birinchi navbati qurilishini 2000 yilda tugallashni ta’minlasin;

- Navoiy viloyati hokimligi, "Oʻzavtoyoʻl" Davlat konserni bilan birgalikda Karmana tumanining magistral yoʻllarini qayta ta’mirlash va shahar ichidagi yoʻllarini kengaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

- Navoiy viloyati хokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda homiylar va byudjet mablalarini jalb etgan holda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Hazrat Qosim Shayх maqbarasi majmui, Shayх Xoʻja Husrav maqbarasi, Mirza-chorbo yodgorliklarini qayta ta’mirlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin.


7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov