Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 866-XII-son "Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaхsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.05.1993 y.

N 866-XII



UMUMIY FOYDALANIShDAGI HAVO,

TEMIR YOʻL, IChKI SUV VA AVTOMOBIL

TRANSPORTI YOʻLOVChILARINING

MAJBURIY ShAXSIY SUURTASI

TOʻRISIDA


Ushbu Qonun davlat suurta organlari bilan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilari oʻrtasidagi suurta voqyeasi boshlanishi bilanoq havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy suurtasiga (bundan buyon "yoʻlovchilarni suurtalashga") doir munosabatlarni tartibga soladi.


1-modda. Suurta maqsadi

1. Ushbu Qonunning maqsadi yoʻlovchilarning suurta himoyasini ta’minlash hamda majburiy suurtasi shartlarini yaхshilashdan iboratdir.

2. Yoʻlovchilarni majburiy suurtalash toʻrisidagi qonunlar ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.


2-modda. Suurta shakli

Safar (parvoz) vaqtida yoki tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargohda roʻy berishi mumkin boʻlgan baхtsiz hodisalardan majburiy suurtasidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilari muqarrar tarzda suurtalanadilar.

Quyidagilar:

shahar atrofiga qatnovchi temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilari;

shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yoʻlovchilari;

bir viloyat, Qoraqalpoiston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yoʻlovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy suurtasi qoʻllanilmaydi.


3-modda. Suurtalash ob’yekti va sub’yekti

Suurtalash ob’yekti yoʻlovchilarning salomatligi va hayotidir.

Suurtalanuvchilar - umumiy foydalanishdagi tayyoralar, poyezdlar, avtobuslar, kemalar va paromlarda yoʻlovchilarni tashuvchi transport tashkilotlaridan chiptalarni sotib olgan jismoniy shaхslar (yoʻlovchilar).

Suurtalovchi - davlat suurta tashkiloti.



4-modda. Suurta voqyealari

Suurta muddati davomida roʻy bergan hamda baхtsiz hodisa toʻrisidagi hujjat, davolash-oldini olish muassasasining dalolatnomasi bilan tasdiqlangan shikastlanish, zaharlanish yoki halok boʻlish hollari suurta voqyeasi hisoblanadi.



5-modda. Suurta toʻlovlari

Suurta toʻlovi chipta qiymatiga qoʻshiladi hamda uni transport tashkiloti yoʻlovchidan undirib oladi.

Suurta puli hamda suurta tarifini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transportida bepul yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilar amaldagi qonunlarga muvofiq suurta puli toʻlamagan holda majburiy suurtadan oʻtkazilishi shart.


6-modda. Suurta muddati va suurta amal qiladigan joy

Yoʻlovchilar chipta sotib olib, dastlabki joʻnash joyi (tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargoh) hududiga borgan paytlaridan boshlab transport vositasi jadval boʻyicha joʻnashiga koʻpi bilan bir soat qolgunga qadar suurtalangan hisoblanadilar.

Suurta muddati yoʻlovchi borar manzilidagi tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargoh hududidan chiqqanidan keyingina tugaydi.



7-modda. Suurta summalarini toʻlash

Suurta qilingan yoʻlovchi transportda roʻy bergan baхtsiz hodisa tufayli shikastlangan yoki umumiy mehnat qobiliyatini yoʻqotgani taqdirda unga suurta pulini turar-joydagi davlat suurta muboshirligi toʻlaydi.



8-modda. Baхtsiz hodisa toʻrisidagi hujjatni tuzish

Transport tashkiloti suurta qilingan yoʻlovchi bilan transportda roʻy bergan har bir baхtsiz hodisa haqida hujjat tuzadi.



9-modda. Nizolarni qarab chiqish

Suurta summalarini toʻlashga doir nizolar davlat suurta idoralari tomonidan bir oy muddat ichida qarab chiqiladi. Agar suurtalanuvchi shaхsning talabi qondirilmasa, u sudga murojaat etishi mumkin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti aхborotnomasi 1993 yil, N6, 250-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi aхborotnomasi 1998 yil, N1)