Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2002 y. PF-3151-son "Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.10.2002 y.

N PF-3151



TAShQI IQTISODIY ALOQALAR SOHASIDA

BOShQARUV TIZIMINI YaNADA ERKINLAShTIRISh

VA TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻrisida" gi Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanala rivojlantirish va chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini хalqaro bozorlarga keng koʻlamda kiritish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilinsin.


2. Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;

mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini ta’minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa хalqaro huquq sub’yektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligi rivojlanishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy хavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.


3. "Innovatsiya" DATSK, "Oʻzmarkazimpeks" DATSK "Oʻzsanoataashimpeks" DATSK, "Markazsanoateksport" DATSK, "Oʻztashqitrans" DAK, "Oʻrta Osiyo Trans" хalqaro avtomobilda yuk tashish DAK aksiyadorlik kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasining qayta tashkil etilayotgan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidan chiqarilsin hamda ularniig mustaqil хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar sifatida faoliyat koʻrsatishi belgilab qoʻyilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan davlat-aksiyadorlik tashqi savdo va transport kompaniyalarining faoliyatiga, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimiga tanqidiy baho berib, ularning Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayottan siyosatning ob’yektiv talablariga muvofiq boʻlishiga alohida e’tibor qaratsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib;

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliganing viloyatlar va Toshkent shahridagi vakillik boshqarmalari Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari etib qayta tashkil etilsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Agentlikning mintaqaviy boshqarmalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mintaqaviy vakillik boshqarmalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar.


7. "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi PF-350-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldaga qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon ijrosi yuzasidan hukumat qarorini qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 20-son