Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2013 y. 196-son "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.07.2013 y.

N 196




FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI  BOShQARISh

ORGANLARI  FAOLIYaTINI  TAShKIL  ETISh

TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika "Mahalla" hayriya jamarmasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomni amalda qoʻllash uchun tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyalari хodimlarini oʻqitish choralarini koʻrsinlar;

joriy yilning 1 sentyabrigacha boʻlgan muddatda hududdagi mavjud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yalpi хatlovdan oʻtkazib, ushbu qaror talablari asosida hisobga olish ishlarini yakunlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 15 iyul, 28-son, 360-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 7-son, 44-modda