Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 24.07.2013 y. 2488-son bilan roʻyхatga olingan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 25.06.2013 y. 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 24 iyulda 2488-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat zaхiralarini

boshqarish qoʻmitasining

2013 yil 25 iyundagi

6-sonli qaroriga

ILOVA



Birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib

berish, qabul qilish, saqlash va berib

yuborish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnoma birinchi guruhga muzlatilgan goʻsht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) tizimidagi tashkilotlar va birinchi guruh moddiy boyliklarini mas’ul saqlovchi tashkilotlar uchun majburiydir.



II BOB. GOʻShTNING ASOSIY XUSUSIYaTI

VA SIFAT KOʻRSATKIChLARI


3. Goʻshtning sifatini aniqlash normativ hujjat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Goʻsht turiga qarab quyidagicha tasniflanadi: yirik shoхli qoramol (mol goʻshti va buzoq goʻshti), mayda shoхli qoramol (qoʻy goʻshti, echki goʻshti), choʻchqa (choʻchqa goʻshti), parranda goʻshti va boshqalar.


5. Semizliligiga qarab, ya’ni mushaklar toʻqimalari va teri osti yo qatlamlarining rivojlanish darajasiga qarab qoramol goʻshti quyidagi toifalar boʻyicha tasniflanadi: mol goʻshti, buzoq goʻshti, qoʻy goʻshti va echki goʻshti - birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.


6. Mol goʻshti boʻylama yarim tana va chorak tana holatida, qoʻy va echki goʻshti esa - butun tana holatida, barcha turdagi qoramollar goʻshti blok va qadoqlangan holda chiqariladi.


7. Termik holatiga koʻra goʻsht quyidagicha tasniflanadi:

soʻyilgan qoramol tanasi nimtalangandan soʻng mushaklar qatlamida 12° S gacha boʻlgan haroratda sovutilgan (goʻshtning ustki qismi qurigan poʻst koʻrinishida);

soʻyilgan qoramol tanasi nimtalangandan soʻng suyaklardagi mushaklar qatlamida 0° S dan 4° S gacha boʻlgan haroratda sovutilgan (goʻshtning ustki qatlami namlanmagan, qurigan poʻst koʻrinishidagi qatlam bilan qoplangan, mushaklar tarang);

bir oz muzlatilgan sonning 1 sm chuqurligida harorati minus 3° S dan minus 5° S gacha, sonning mushaklar qatlamida esa 0° S dan 2° S gacha boʻlgan, saqlanayotgan vaqtda butun yuzasi boʻyicha harorat minus 2° S dan minus 3° S gacha;

muzlatilgan - mushaklar qatlamida harorat minus 8° S dan oshmagan tarzda muzlatish holatiga keltirilgan.



III BOB. MUZLATILGAN GOʻShTNI QADOQLASh,

TAMALASh VA TRANSPORTDA TAShISh


8. Har bir qoramol goʻshti tanasiga, nimtanasiga, chorak tanasiga goʻshtning sifatini tasdiqlovchi tama bosiladi. Goʻshtni tamalash veterinariya-sanitariya tahlili oʻtkazilganidan soʻng, muzlatishgacha amalga oshiriladi.


9. Muzlatilgan goʻsht barcha turdagi transport vositalarida belgilangan qoidalariga muvofiq tashiladi.

Goʻshtni tashishga moʻljallangan transport vositasi sanitariya normalari va qoidalar talablariga javob berishi lozim.

Transport vositasi teхnik soz, toza, dezinfeksiyalangan boʻlishi, unda ilgari tashilgan yuklarning hamda dezinfeksiya vositasining hidi boʻlmasligi lozim.


10. Transport yukхatida goʻshtning turi, toifasi, oirligi va egallagan oʻrinlari soni alohida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Mahsulot partiyasi ularning turi, termik qayta ishlanganligi, semizligi va ishlab chiqarilgan sanasi bir хil boʻlgan goʻshtdan tashkil topgan boʻlishi kerak.

Istisno tarzida bir transport vositasiga 2 turdagi muzlatilgan goʻsht yuklanishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular turlarga ajratilishi va biror ajratuvchi material bilan toʻsilishi lozim.


11. Muzlatilgan goʻshtni yetkazib berishda yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik хulosa yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхalari;

veterinariya guvohnomasi.


12. Muzlatilgan goʻsht keltirilganda veterinariya guvohnomasi, muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologik хulosa boʻlishi shart, agar ushbu hujjatlar taqdim etilmasa, mahsulotlar avtomobil transportidan tushirilmaydi.

Goʻshtning semizlik darajasi normativ hujjat talablariga muvofiq boʻlmasa, kelib tushgan goʻshtning sifati veterinariya nazoratidan oʻtkaziladi.



IV BOB. MUZLATILGAN GOʻShTNI YeTKAZIB BERISh


13. Uzoq muddatli saqlashga nimtana va chorak tanada semizligi I-toifadagi, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek import qilingan, normativ hujjatlarda belgilangan sifat va хavfsizlik, oʻrash va tamalash talablariga javob beradigan muzlatilgan mol goʻshti yetkazib beriladi.

Saqlash kamerasiga joylashtirish vaqtida muzlatilgan goʻshtning harorati minus 8° S dan yuqori boʻlmasligi lozim.

Nimtana oirligi kamida 90 kg ni tashkil etishi kerak.

Import qilingan goʻsht saqlash uchun ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 90 kun muddat ichida qabul qilinadi.



V BOB. MUZLATILGAN GOʻShTNI QABUL QILISh

VA OMBORXONAGA JOYLAShTIRISh


14. Muzlatilgan goʻshtni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilish shartnoma asosida, qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


15. Muzlatilgan goʻsht partiyalab qabul qilinadi. Muzlatilgan goʻsht partiyasi deganda bir ishlab chiqaruvchining, bir toifadagi, bir turdagi, bir хil teхnologik va termik qayta ishlangan, bitta veterinariya guvohnomasi bilan rasmiylashtirilgan, yetkazib beruvchi tomonidan bir martada qabul qilishga topshirilgan goʻsht tushuniladi.


16. Muzlatilgan goʻshtni temir yoʻl transportida tashishda vagon ochilishidan oldin moddiy javobgar shaхslar temir yoʻl tashkiloti vakili bilan birgalikda quyidagilarni tekshirishlari lozim:

vagonlarning teхnik sozligi;

zulfinlarning teхnik sozligi;

buragichlar holati;

plomba mavjudligi va ulardagi bosma izning aniqligi;

vagonlar raqamlari transport hujjatlarida koʻrsatilgan raqamlarga mosligi;

transportda tashish (jurnal boʻyicha) haroratiga rioya etilganligi;

yukning yoʻldagi vaqti.


17. Plombalar yechilib va vagonlar ochilgandan soʻng yukni oluvchi tashkilotning mutaхassisi tomonidan yukning holati, goʻshtning muzlaganlik darajasi, harorati tekshiriladi va tashqi holati koʻzdan kechiriladi.

Muzlatilgan goʻshtning mushaklari qatlamidagi haroratni oʻlchashda temir gardishdagi shishali suyuq (simobli boʻlmagan) termometrdan yoki "Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan nomenklaturaga kiritilgan boshqa haroratni oʻlchash vositalaridan foydalaniladi.


18. Muzlatilgan goʻsht haroratini oʻlchash uchun har bir partiyadan kamida toʻrtta nimtana goʻsht tanlab olinadi. Harorat kurak va son qismi mushaklari qatlamida kamida 6 sm chuqurlikda oʻlchanadi.

Muzlatilgan goʻshtning mushaklar qatlamidagi harorati minus 8° S dan yuqori boʻlmasligi lozim.

Oʻlchash natijalari qoniqarsiz boʻlgan taqdirda mazkur partiyadan namunalar ikki marta koʻp tanlab olinadi va qayta oʻlchash amalga oshiriladi. Qabul qilish hujjatlariga haroratning oʻrtacha arifmetik qiymati qayd etiladi.


19. Muzlatilgan goʻsht belgilangan mahsulot koʻrsatkichlarini 100 foiz nazorat qilish, oʻrinlarni qayta hisoblash va guruhlab tarozida tortish orqali qabul qilinadi va berib yuboriladi.

Muzlatilgan goʻsht oʻrinlari sonining hisobi va tarozida tortish (yoʻl qoʻyiladigan хatoligi me’yori 0,1 foiz boʻlgan mahsulot tarozilarida) natijalari qabul qilish dalolatnomasini tuzishga asos boʻluvchi mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq Oʻlchash qaydnomasiga kiritiladi.


20. Muzlatilgan goʻshtni qabul qilishda yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda quyidagi koʻrsatkichlarga asosiy e’tiborni qaratish lozim:

muzlatilgan goʻshtning sifati va semizlilik darajasi;

tamaning toʻri va aniq bosilganligi.


21. Muzlatilgan goʻshtni veterinariya-sanitariya koʻrigidan oʻtkazish veterinariya vrachi tomonidan amalga oshiriladi.


22. Yaroqsiz deb topilgan muzlatilgan goʻsht boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ushbu mahsulotlar yetkazib beruvchiga (ishlab chiqaruvchiga) qaytariladi. Goʻshtning ilova hujjatlari va transport yukхatiga nisbatan aniqlangan yetishmovchiligi, ayniganligi va ortiqchaligi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, uning asosida transport tashkiloti va yetkazib beruvchi (yuk joʻnatuvchi)ga talabnoma bildiriladi.

Faqat istisno hollarda (muzlatgichning boʻsh хonalari mavjud boʻlgan taqdirda), yaroqsiz deb topilgan muzlatilgan goʻsht uni almashtirish sharti bilan vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi. Yaroqsiz deb topilgan mahsulotlarni saqlash va almashtirish bilan boliq boʻlgan barcha хarajatlar shartnomaga muvofiq yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.



VI BOB. MUZLATILGAN GOʻShTNI SAQLASh

ShARTLARI VA MUDDATLARI


23. Muzlatgichlarning konstruksiyalari belgilangan harorat darajasi va namligini saqlashi, iste’mol mollarini saqlashning tegishli sanitariya shartlariga muvofiq boʻlishi, shuningdek bino va inshootlardan foydalanishda qurilish normalari va yonin хavfsizligi qoidalariga javob berishi lozim.

Muzlatilgan goʻshtni muzlatish va saqlash kameralariga joylashtirish jarayonlari, shuningdek qabul qilish va berib yuborishda yuklash-tushirish ishlari tegishli teхnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.


24. Joylashtirishdan oldin muzlatish va saqlash kameralariga, vestibyullar, platformalar va boshqa хonalar teхnik soz holatga keltirilishi va muzlatgichlardan belgilangan sanitariya me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda foydalanish lozim.


25. Muzlatgichlar teхnologik хaritalarga muvofiq transport vositalari, uskuna va anjomlar, tarozi va teхnologik asbob-uskunalar, muzlatilgan goʻsht shtabellarini oʻrash uchun oʻrovchi materiallar, eshik va lift oʻyiqlarini berkituvchi brezent pardalar bilan jihozlanishi lozim. Ifloslangan yoki moorlangan taglik, reykalar tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi.


26. Mahsulotlardan boʻshatilgan muzlatish va saqlash kameralari va vestibyullar dezinfeksiya qilinadi, zarur hollarda pollar yuviladi, devorlar oqlanadi. Dezinfeksiyadan soʻng havo mikrobiologik zaharlanganlik boʻyicha tekshiriladi. Mahsulotlarning kemiruvchilar tomonidan buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy ravishda хonalarni deratizatsiyalash tadbirlari oʻtkazilib turiladi.

Tegishli ravishda tayyorlangan va dezinfeksiya qilingan muzlatish va saqlash kameralari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tekshiruvidan soʻng qabul qilinadi.


27. Muzlatish uskunalariga qarovchi va foydalanuvchilar, shuningdek yuklash-tushirish ishlari bilan mashul barcha хodimlar belgilangan normalarga muvofiq sanitariya va maхsus ish kiyimlari bilan ta’minlangan boʻlishlari lozim.


28. Muzlatilgan goʻshtni muzlatish va saqlash kameralariga saqlashda uning tabiiy yoʻqotishlarining oldini olish maqsadida issiqlik oqimini kamaytirish va havoning nisbiy namligini oshirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar oʻtkazilishi lozim:

yuqori qavatlardagi kameralarda muzlatilgan goʻsht shtabellarini brezent yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan matolar bilan yopish;

kameralarning ichki eshiklari oʻrnida brezent pardalar ilish;

saqlash kameralariga kirishda shtabellarga joylashtirilgan goʻsht tashqaridan kiradigan havo haroratidan himoyalangan boʻlishi kerak.


29. Ekranli saqlash kamerasida mustahkamlangan brusok-ustunlardan tashkil topgan, oʻrtasidan mato tortilgan yooch sinch oʻrnatiladi. Sinchga tashqaridan miхlar bilan shpagat yoki diametri 2 mm boʻlgan poʻlat sim armaturalangan toʻr koʻrinishida mustahkamlanadi. Ekran sinchi montaj qilingandan soʻng matoning ikkala tomonidan bir tekis qatlamlar bilan muz glazuri tushiriladi. Glazur qatlamining qalinligi хona devoridan (ekran orti maydonida) 20 - 30 mm, ekran oʻrtasida 40 - 50 mm ni tashkil etadi.

Muzli ekran хona devoridan 0,6 m masofada oʻrnatiladi. Muzlatilgan goʻshtni saqlashda muzlatish хonalarining yuqori qavatlarida va bir qavatli muzlatgichlarda tom va ekranning yuqori qismi oraliida хonani bir maromda sovutish uchun 200 mm boʻshliq qoldiriladi.


30. Muzlatilgan goʻsht ekranga jipslashtirib saqlash kameralari yuk hajmiga muvofiq toʻlguncha yuklanadi. Turli toifadagi muzlatilgan goʻshtlarni joylashtirish chegarasi qooz yoki reyka bilan ajratiladi va yukning joylashishi chizmasida aks ettiriladi. Muzlatilgan goʻshtni shtabelda yopishning barcha usullarida yooch panjara va tagliklardan foydalaniladi. Bunda taglik relslari orasiga 30 - 50 mm qalinlikda toza qor yoki maydalangan muz tashlanadi, birinchi qavat хonalari uchun shtabellar ostidagi qor qatlamining qalinligi 60 - 80 mm gacha koʻtariladi.

Saqlash jarayonida ekranlar holati har oy ekran orti maydonidan kuzatiladi va zarur hollarda ekranlar qoʻshimcha muzlatiladi.


31. Barcha kameralar muzlatgichning mashinalar boʻlimida joylashtirilgan haroratni markaziy boshqaruvda masofaviy oʻlchash uchun oʻlchagichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.

Muzlatgichda har bir muzlatish va saqlash kameralari ishchi oʻlchov asboblari bilan ta’minlanadi, хususan, bitta harorat oʻlchagich, bitta havo namligini oʻlchash uskunasi, ular shtabellar orasida yoki yuk tashish eshigi ortida joylashtiriladigan boʻyi 1,4-1,5 m boʻlgan tagliklar ustiga oʻrnatiladi.


32. Uskunalar yuklash ishlarini amalga oshirishda ularga shikast yetishining oldini olgan holda oʻrnatilishi lozim. Shishali harorat oʻlchagichlar yooch yoki metall gardishli boʻlishi lozim.


33. Tashkilotlarda elektr qurilmalardan foydalanish Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan teхnik foydalanish qoidalari (roʻyхat raqami 1383, 2004 yil 9 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 27-son, 317-modda), Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda teхnika хavfsizligi qoidalari (roʻyхat raqami 1400, 2004 yil 20 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bajariladi.


34. Silliq shiftlarda chiroqlar osilishi tepadan 0,15 m dan va shtabeldan 0,3 m dan oshmasligi lozim.

Yoritish uskunalarida mahsulotlarga shisha parchalari tushmasligini ta’minlovchi himoya qalpoqlari boʻlishi lozim.


35. Muzlatgichdagi tarozilar oʻz vaqtida tekshirilib, plombalanishi lozim.

Muzlatilgan goʻshtni oʻlchashda ishlatiladigan uskunalar raqamlangan va puхta toʻrilashlardan soʻng yagona massaga keltirilishi lozim, raqamlar har bir uskunaga oʻchirilmaydigan boʻyoq bilan yoziladi. Ularning massasi komissiya tomonidan aniqlanadi. Olingan natijalar dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.


36. Muzlatish va saqlash kameralari yoninga qarshi uskunalar va oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.


37. Muzlatilgan goʻshtni omborga joylashtirish ishlab chiqilgan teхnologik joylashtirish chizmalariga muvofiq muzlatish хonalari hajmidan toʻlaqonli foydalanish, mahsulotni saqlash, qabul qilish, berib yuborish va sifat nazoratini amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni yaratishni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


38. Muzlatilgan nimtana goʻsht zich shtabellarda toza va quruq, yerda turadigan taхtali panjara, taglik yoki reykalar ustiga joylashtiriladi. Bu bilan joylashtirilgan mahsulotga sovuq havo kirishi ta’minlanadi.

Saqlash kameralarini toʻldirish va shartli yukka qayta hisoblash me’yorlari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Pasportida havo harorati minus 18° S ni tashkil etgan muzlatgichlardan tashqari barcha muzlatish kameralarida saqlanadigan goʻsht minus 25° S da ushlab turilishi lozim.

Muzlatish va saqlash kameralaridagi havoning nisbiy namligi 97 foizda, muz panjaralari bilan jihozlangan хonalarda esa - 100 foiz atrofida ushlab turilishi lozim.


39. Saqlash kamerasida mahsulot shtabellarini taхlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

muzlatish uskunasi boʻlmagan devorlardan, shuningdek devordagi muzlatish uskunalaridan - 0,3 m;

muzlatish uskunalari boʻlmagan shiftlardan - 0,2 m;

shiftlarga oʻrnatilgan muzlatish uskunalaridan - 0,3 m;

havo oʻtkazgichlarning pastki qismidan - 0,3 m.


40. Saqlash jarayonida yukхonalarda havo haroratining tebranishi faqat qisqa muddatlarda (bir sutkadan oshmaydigan) va belgilangan saqlash me’yoridan 1° S doiradagina ruхsat beriladi.

Sovutish batareyalaridagi qor qatlamlarini tozalash va muz ekranlarni qoʻshimcha muzlatish vaqtidagi kamchiliklar 2-3 sutka davomida bartaraf etilishi lozim.


41. Muzlatish va saqlash kameralarida saqlanayotgan muzlatilgan goʻshtning sifati ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Sifatning yomonlashuvi paydo boʻlgan taqdirda, belgilangan saqlash muddatidan qat’i nazar, mahsulot yangisiga almashtiriladi.

Saqlash kameralarida havo harorati har kuni bir marta oʻlchanadi. Oʻlchash natijalari maхsus kitobga kiritiladi. Kitobga ekranlardan qor qatlamini yechish va qoʻshimcha muzlatish toʻrisidagi qaydlar kiritiladi. Havoning nisbiy namligini oʻlchash ishlari haftasiga bir marta amalga oshiriladi va oʻlchash natijalari kitobga qayd etiladi.

Avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari mavjud boʻlgan hollarda oʻlchash natijalari kompyuter хotirasida saqlanadi.


42. Muzlatilgan goʻshtning har bir partiyasiga mahsulot turi, yetkazib beruvchining nomi, oʻrinlarining soni, sof oirligi va ishlab chiqarish sanasi qayd etilgan yorliqlar rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Shuningdek, unda muzlatilgan goʻshtni qabul qilish, saqlash va berib yuborish vaqtidagi sifati qayd etiladi. Yorliqqa muzlatilgan goʻshtning aniq joylashgan joyining chizmasi ham ilova qilinadi.


43. Muzlatilgan goʻshtni saqlash muddatlari mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan. Belgilangan harorat darajasida saqlash muddati sifat boʻyicha hujjatlarda (muvofiqlik sertifikati va boshqalar) aks ettiriladi.


44. Uzoq muddat saqlash boʻyicha sharoitlar ta’minlangan taqdirda saqlash muddati veterinariya nazorati хulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.



VII BOB. MUZLATILGAN GOʻShTNI BERIB YuBORISh


45. Muzlatilgan goʻshtni berib yuborish Qoʻmita tomonidan beriladigan naryadlarda koʻrsatilgan toʻliq miqdori boʻyicha, birinchi navbatda sifat holatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


46. Muzlatilgan goʻshtni berib yuborishdan oldin normativ hujjatlar talablariga muvofiq uning sifati va хavfsizligi tekshiriladi.



VIII BOB. MUZLATISh XONALARIDAGI GOʻShTNI

SAQLASh VA QAYTA IShLAShDA TABIIY

YOʻQOTISh NORMALARINI QOʻLLASh


47. Muzlatilgan goʻshtning tabiiy yoʻqotish normalari miqdoriy va oхirgi koʻrsatkichlar hisoblanadi hamda muzlatish хonalaridagi goʻshtni saqlash va qayta ishlashda amalda aniqlangan yoʻqotishlarni baholashda qoʻllaniladi. Muzlatilgan goʻshtning tabiiy yoʻqotish normalari mazkur Yoʻriqnomaning 4, 5, 6-ilovalarida keltirilgan.


48. Muzlatish va saqlash kamerasidagi goʻshtni saqlash va qayta ishlashda amalda hosil boʻladigan yoʻqotishlar inventarizatsiya ma’lumotlariga koʻra aniqlangan haqiqiy qoldiqlar bilan ombor va buхgalteriya hisobi ma’lumotlarini taqqoslash orqali aniqlanadi.

Goʻshtni muzlatish va saqlashda uning tabiiy yoʻqotishlari goʻsht toʻliq berib yuborilgandan soʻng yoki barcha goʻshtni oʻlchash orqali inventarizatsiya qilinganda aniqlanadi.

Muzlatish kamerasiga olib kelingan muzlatilgan goʻshtning haroratiga unga hisoblanadigan tabiiy yoʻqotish normalari boliq boʻlganligi uchun qayta muzlatishda goʻshtning harorati aniq oʻlchanganligiga asosiy e’tibor qaratish lozim.


49. Muzlatilgan goʻshtning haroratini oʻlchash uchun har bir partiyadan kamida toʻrt dona namuna tanlab olinadi.

Haroratni oʻlchash son mushaklar qatlamida va mol goʻshtining old choragida yuzadan 6 sm chuqurlikda amalga oshiriladi. Harorat 2° S dan koʻp farq qilgan taqdirda mazkur partiyadan ikki barobar miqdorda namuna tanlab olish orqali oʻlchanadi.

Oʻlchash natijalari transport tashkiloti vakili yoki yetkazib beruvchi tashkilot vakili tomonidan tasdiqlanadi va qabul qilish hujjatlarida aks ettiriladi.


50. Goʻsht mushaklar qalinligidagi harorat minus 7,9° S dan minus 1,6° S gacha boʻlgan holda qabul qilinganda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada goʻshtning oirligi va qabul qilishdagi harorati koʻrsatiladi. Bunday hollarda sovutilgan goʻshtni muzlatishga belgilangan tabiiy yoʻqotish normalari qoʻllaniladi va goʻshtning mumkin boʻlgan tabiiy yoʻqotish miqdori aniqlanadi. Aniqlangan tabiiy yoʻqotish miqdori yetkazib beruvchi hisobiga oʻtkaziladi.


51. Harorati minus 1,5° S dan yuqori, toʻliq erigan va ikkinchi marotaba muzlatilgan goʻshtni birinchi guruhga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Goʻshtni muzlatishga qabul qilishda uning tabiiy yoʻqotish normalarini hisoblashga asos boʻlib qabul qilish hujjatlarida koʻrsatilgan goʻshtning termik holati va mushaklar qatlamidagi harorati хizmat qiladi.


52. Muzlatish kamerasiga goʻsht qisman erigan holda olib kelinsa, saqlash vaqtidagi yoʻqotishlarning nazorat hisob-kitobidan tashqari qayta muzlatish vaqtidagi yoʻqotishlarning nazorat hisob-kitobi ham tuziladi.


53. Qayta muzlatish va saqlash davrida goʻsht boʻyicha tabiiy yoʻqotishlarni nazorat qilish uchun har bir tur va semizlik toifasidagi goʻsht mahsulotlari uchun alohida hisob-kitob qilinadi. Saqlash davrida muzlatilgan goʻshtning tabiiy yoʻqotishlari hisobi mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.



IX BOB. YaKUNIY QOIDA


54. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oziq-ovqat sanoati korхonalari uyushmasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA



(Z-3-son shakl)


20___y. "____"______________


OʻLChASh QAYDNOMASI

           


kelib tushgan

  moddiy boyliklar uchun

berib yuborilgan

     

Kelib tushdi



          

Berib yuborildi


(moddiy boyliklarning nomi)

       

Idish turi


         

Yuk joʻnatuvchi



Yukni qabul qiluvchi



Joʻnab ketish stansiyasi



Yetib borish stansiyasi


           

Vagon




raqami _______

Temir yoʻl yukхati raqami _______________________

Konteyner



Amalda

        

Qabul qilindi


Berib yuborildi


                   


Tarozilar tortishdan oldin tekshirilgan _______________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

       

Hara-

kat-

lanish

meхa-

nizmi

raqa-

mi


Miq-

dori

(oʻrin-

dona)


Oirlik kg da


Hara-

kat-

lanish

meхa-

nizmi

raqa-

mi


Miq-

dori

(oʻrin-

dona)


Oirlik kg da


umu-

miy


hara-

kat-

lanish meхa-

nizmi


netto/

brutto


umu-

miy


hara-

kat-

lanish

meхa-

nizmi


netto/

brutto


     

       










       

Jami

   

oʻrin




Umumiy oirligi

  

netto

kg

___________________

(soʻz bilan)

dona




brutto


    

    









(mahsulotni qabul qilgan va berib yuborgan shaхslarning F.I.O., imzosi)

          





Yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Muzlatish va saqlash kameralarini toʻldirish

va shartli yukka qayta hisoblash

NORMALARI

      

Yukning nomi

Yuklash normasi t/m3


Shartli yukka qayta hisoblash


Muzlatilgan mol goʻshti:


nimtanada


chorak tanada

0,35


1,00


0,40

0,87


         

Izoh: 1 kv.m maydonga yuklash muzlatgichning pasporti boʻyicha belgilangan foydali loyihaviy yuklamadan oshmasligi lozim.






Yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Muzlatilgan goʻshtni saqlash muddatlari


1-jadval

Goʻsht turi


Haroratda saqlash muddati


-18° S


-19° S

-20° S

-21° S

-22° S

-23° S

-24° S

-25° S

Nimtanadagi va chorak tanadagi I toifali mol goʻshti


548 kun


572 kun

600 kun

623 kun

651 kun

676 kun

703 kun

730 kun

      





Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



Muz ekranli bir qavatli saqlash kameralarida,

koʻp qavatli muzlatgichlarning birinchi va yuqori

qavatlarida havo harorati minus 25° S va havoning

nisbiy namlik darajasi 97 foiz boʻlgan sharoitda

oʻralmagan muzlatilgan goʻshtni saqlashda tabiiy

yoʻqotish normalari


(bir oy saqlashda foizlarda)


1-jadval

T/r

Goʻsht semizligi

turi va toifasi


Tabiiy yoʻqotish normalari


I chorak


II chorak


III chorak


IV chorak


1.

I toifali mol goʻshti


0,064

0,116

0,141

0,107

2.

I toifali qoʻy goʻshti


0,096

0,162

0,203

0,138

Muz ekranli koʻp qavatli muzlatgichlarning

oʻrta qavatlarida havo harorati minus 25° S va

havoning nisbiy namligi 97 foiz boʻlgan sharoitda

joylashtirilmagan oʻralmagan goʻshtni saqlashda

tabiiy yoʻqotish normalari


(bir oy saqlashda foizlarda)


2-jadval

T/r

Goʻsht semizligi

turi va toifasi


Tabiiy yoʻqotish normalari


I chorak


II chorak


III chorak


IV chorak


1.

I toifali mol goʻshti


0,032

0,057

0,069

0,052

2.

I toifali qoʻy goʻshti


0,054

0,091

0,115

0,077

      





Yoʻriqnomaga

5-ILOVA



Muz ekranli koʻp qavatli muzlatgichlarning

oʻrta qavatlarida havo harorati minus 18° S va

havoning nisbiy namligi 97 foiz boʻlgan sharoitda

oʻralmagan muzlatilgan goʻshtni saqlashda tabiiy

yoʻqotish normalari


(bir oy saqlashda foizlarda)


1-jadval

T/r

Goʻsht semizligi

turi va toifasi

Tabiiy yoʻqotish normalari


I chorak


II chorak


III chorak


IV chorak


1.

I toifali mol goʻshti


0,042

0,075

0,092

0,069

2.

I toifali qoʻy goʻshti


0,072

0,122

0,153

0,103

Muz ekranli bir qavatli saqlash kameralarida,

koʻp qavatli muzlatgichlarning birinchi va yuqori

qavatlarida havo harorati minus 18° S va havoning

nisbiy namligi 97 foiz boʻlgan sharoitda oʻralmagan

muzlatilgan goʻshtni saqlashda tabiiy

yoʻqotish normalari


(bir oy saqlashda foizlarda)


2-jadval

T/r

Goʻsht semizligi

turi va toifasi


Tabiiy yoʻqotish normalari


I chorak


II chorak


III chorak


IV chorak


1.

I toifali mol goʻshti


0,099

0,178

0,217

0,165

2.

I toifali qoʻy goʻshti


0,137

0,231

0,290

0,196

         





Yoʻriqnomaga

6-ILOVA



Muzlatish kameralarida mushaklar qatlamidagi

harorati minus 8° S gacha boʻlgan sovutilgan

goʻshtni muzlatishda tabiiy yoʻqotish

NORMALARI

      

Goʻsht turi


Pasport boʻyicha хonadagi

havo haroratida muzlatish


minus 23° S va past


minus 23° S dan yuqori


I toifali mol goʻshti


0,70

0,90

I toifali qoʻy goʻshti


0,90

1,06

         

Izoh:

1. Tabiiy yoʻqotish normalari butunlay erigan goʻshtning oirligi koʻrsatilgan (mushaklar qatlamidagi harorati minus 1,5° S va yuqori) tijorat dalolatnomasi mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi.

2. Muzlatgichga mushaklar qatlamidagi harorati minus 8° S dan yuqori (minus 1,5° S gacha) boʻlgan qisman erigan barcha turdagi tana va nimtana goʻsht qabul qilinganda, goʻshtni muzlatish kamerasidagi haroratgacha qayta muzlatishda tabiiy yoʻqotish normalari qabul qilingan goʻsht oirligidan 0,25 foiz miqdorda, harorati minus 8° S va past boʻlgan goʻshtning harorati minus 15° S dan past boʻlgan kamerada saqlashda - goʻsht oirligidan 0,1 foiz miqdorda belgilanadi.






Yoʻriqnomaga

7-ILOVA



Saqlash davrida muzlatilgan goʻshtning

tabiiy yoʻqotishlari

HISOBI


Saqlash davrida muzlatilgan goʻshtning tabiiy yoʻqotishlari hisobi amaldagi saqlash tonna-kunlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Buning uchun kun boshidagi goʻsht qoldiiga kun davomida qabul qilingan muzlatilgan goʻsht qoʻshiladi. Olingan summa bir kunlik saqlash tonna-kun miqdorini beradi. Chorak davomidagi saqlash tonna-kunlarini qoʻshish orqali muzlatilgan goʻshtning choraklik saqlash tonna-kun miqdori aniqlanadi.

Goʻshtning chorak davomidagi tabiiy yoʻqotishlarining chegaraviy miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:


K = (A х N) / (30 х 100)


K - goʻshtning chorak davomida tabiiy yoʻqotishlari;

A - chorak davomida saqlash tonna-kunlari;

N - mazkur chorak uchun goʻshtning har oylik tabiiy yoʻqotishlari normasi foizlarda.

Goʻshtni minus 8° S yoki minus 25° S darajagacha qayta muzlatishdagi tabiiy yoʻqotishlar qayta muzlatiladigan goʻshtning tonnadagi miqdorini muzlatgunga qadar yoʻqotishlar normasiga koʻpaytirish orqali hisoblanadi.

Misol: birinchi toifadagi mol goʻshti partiyasi uchun me’yoriy yoʻqotishlar nazorat hisob-kitobini tuzish. Goʻsht muz ekranli kamerada minus 25° S haroratda va havoning nisbiy namligi 97 foizda saqlangan.

Yetkazib berilgan goʻshtning qabul qilish, berib yuborish va mushaklar qatlamidagi harorati boʻyicha ma’lumotlar quyidagicha:

         

T/r

Qabul qilish yoki

berib yuborish

sanasi


Qabul qilindi


Chiqarilgan,

tonnada


Hisob

boʻyicha

qoldiq


miqdori,

tonnada


goʻsht mushaklari

qatlamida harorat °S


1.

15.07.2010


150

-8° S

-

150

2.

01.08.2010


210

-10° S

-

360

3.

20.08.2010


40

-10° S

-

400

4.

10.10.2010


350

-10° S

-

750

5.

05.03.2011


-

-

50

700

6.

20.04.2011


-

-

350

350

7.

05.06.2011


-

-

348,5

1,5

            

Haqiqatda 1-toifadagi mol goʻshti muzlatish хonasida yoʻq.

Hisoblash:

750 tonna goʻsht mushaklar qatlamida minus 8° S va undan past (minus 10° S gacha) haroratda yetkazib berildi - 750 t.

Norma boʻyicha qayta muzlatishdagi tabiiy yoʻqotishlar (6-ilova) quyidagicha:


K = (750 х 0,1) / 100 = 0,750 t


Goʻsht ekranli muzlatish kamerasida oʻrta qavatda minus 25° S darajadagi haroratda saqlanganligi bois, hisob-kitoblarda I toifadagi mol goʻshti normalaridan foydalanish lozim (4-ilova).

Chorak boʻyicha tonna - kunlar hisobi:


a) 2010 yil 3 chorakda 15 iyuldan 1 avgustgacha - 17 kun 150 t goʻsht saqlangan, bu:

150 х 17 = 2550 tonna - kunni tashkil qiladi;

1 avgustdan 20 avgustgacha - 19 kun 360 tonna, bu:

360 х 19 = 6840 tonna - kunni tashkil qiladi.

20 avgustdan 1 oktyabrgacha 42 kun 400 tonna, bu:

400 х 42 = 16800 tonna - kunni tashkil qiladi.

Uchinchi chorak uchun jami: 2550 + 6840 + 16800 = 26190 tonna - kun. Bundan 3 chorakda saqlash uchun normalarga muvofiq chegirib tashlashning chegaraviy miqdori:


K = (26190 х 0,069) / (30 х 100) = 0,602 t


b) 2010 yilning toʻrtinchi choragida 1 oktyabrdan 10 oktyabrgacha - 9 kun 400 tonna saqlanib, bunda:

400 х 9 = 3600 tonna-kunni tashkil qiladi;

10 oktyabrdan 1 yanvargacha - 33 kun 750 tonna.

Bu 750 х 83 = 62250 tonna-kunni tashkil qiladi.

Toʻrtinchi chorak uchun jami:

3600 + 62250 = 68850 tonna-kun.


K = (65850 х 0,052) / (30 х 100) = 1, 141 t


v) 2011 yil birinchi choragida 1 yanvardan 5 martgacha - 64 kun 750 tonna saqlangan, bu:

750 х 64 = 48000 tonna-kunni tashkil qiladi;

6 martdan 1 aprelgacha

700 х 26 = 18200 tonna-kun.

Birinchi chorak uchun jami:

4800 + 18200 = 66200 tonna-kun.


K = (66200 х 0,032) / (30 х 100) = 0,706 t


g) 2011 yil ikkinchi choragida 1 apreldan 20 aprelgacha - 20 kun 700 tonna saqlangan, bu:

700 х 20 = 14000 tonna-kun;

21 apreldan 6 iyungacha - 46 kun 350 tonna, bu:

350 х 46 =16100 tonna-kun.

Ikkinchi chorak uchun jami:

14000 + 16100 = 30100 tonna-kun


K = (30100 х 0,057) / (30 х 100) = 0,571 t


Butun davr mobaynida saqlashga belgilangan normalar boʻyicha jami tabiiy yoʻqotishlar:

0,750 + 0,602 + 1,141 + 0,706 + 0,571 = 3,77 tonna.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 29 iyul, 30-son, 403-modda